Haqiqiy qalampir ilmiy nomi Piper Nigrum o’simlikdan olinadi. Ammo garmdorining boshqa ko’pgina turlari turli oilalarga mansub o’simliklardan olinadi. Masalan, qizil qo’zoqli qalampir bor. Ular qo’zoqlilar turiga mansub. Shuningdek, Kayen va Tabasko garmdorilari ham mavjud. Garmdorining yana bir turi pimiyentosni yog’da qovurib konservalash mumkin. «Pimiyentos» garmdori o’simligining ispancha nomidir. Va nihoyat, paprika — qizil qalampir bor. Pishgan paprika qizil, juda achchiq, ammo garmdorining boshqa turlariga nisbatan yumshoq bo’ladi. Shuning uchun paprika boshqa turlarga nisbatan ko’proq ovqatga ishlatiladi. Qalampir dunyoda eng muhim ziravor hisoblanadi. U tuzdan keyin ovqatga eng ko’p ishlatiladigan qo’shimchadir. Qadim zamonlar va o’rta asrlarda faqat boy-badavlat kishilargina qalampirni o’z ovqatiga ishlata olgan. Karvonlar qalampirni uzoq sharqdan Yevropaga olib kelgan, bir kilogramm qalampir shoxona tortiq etiladigan in’om hisoblangan. Boshqacha aytganda, qalampir tilloga teng ne’mat bo’lgan. Odamlar qalampirni soliq o’rnida to’lashgan, hukmdorlarga hadya sifatida berishgan. Qo’shinlar zafar qozonganda, jangchilarga o’lja ulashilgan, qalampir esa ular olishi mumkin bo’lgan eng zo’r mukofot edi. Portugallar qalampirni arzonroq bahoda sotib olish mahsadida Hindistonga dengiz orqali boriladigan yo’l axtarishgan. Ular yaxshi niyat burni orqali Hindistonga yo’l ochgach, qalampirning narxi keskin tushib ketdi. Ayni paytda u shunchalik arzonki, sotib olayotganda narxini surishtirib ham o’tirmaymiz. Qalampir chirmashib o’sadigan butaning mevasi yoki urug’idan olinadi. Murch esa pishmay turib terib olingan va qoraytirib quritilgan mevalardir. Oq garmdori esa garmdorining maydalashdan oldin, po’stlog’ini archish vaqtida olinadi.

Inson terisi har 27 kunda to’liq yangilanadi

Lasos balig’i miya faoliyati uchun o’ta foydalidir

Bodring og’izdagi hidni ketkazishda katta yordamchi hisoblanadi

Kola va Pepsi tanaga suv emas, balki kislota bo’lib kiradi

Bir kechaning o’zidayoq burun bitishini yo’q qilishning oddiy usul bor

Nonushta vaznni nazorat qilishga yordam beradi

Olimlarning aytishicha, qahvaga qo’shilgan shakar miya faoliyati uchun kuchli rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi

Agar urg’ochi tulki vafot etsa, erkak tulki o’ziga boshqa juft qidirmaydi

Agar organizimingizga bir oy davomida shakar kirmasa nima bo’ladi?
