BO’LISH

BO’LISH — ko’paytirish amaliga teskari amal; ko’paytma va ko’paytuvchilardan biri ma’lum bo’lganda ikkinchi ko’paytuvchi Bo’lish orqali topiladi. a ni b ga bo’lish bx=a tenglamani qanoatlantiruvchi x ni topish demakdir. Bu yerda: a — bo’linuvchi, b — bo’luvchi, x — bo’linma deb ataladi. a ni b ga bo’lish aamali a:b yoki — timsollari bilan belgilanadi.