O’simliklar hayotiga jiddiy xavf tug’diradigan hol degidratasiya — suvsirashdir. Shuning uchun ham o’simliklarning po’stloqdan boshqa barcha qismlari suv sarfini kamaytiradigan yog’och qatlami bilan qoplangan bo’ladi. Tana, shoxchalar va shoxlarni suvsirashdan po’stloq himoya qiladi. Yaproqlarning tashqi yuzasi ko’pincha mum qatlami, o’ziga xos momiq bilan qoplangan bo’ladi. Mum qatlami, ayniqsa, yaproqlarini qishda ham to’kmaydigan nayzabargli hamda dafna daraxtlarida zich bo’ladi. Ko’pgina o’t-o’lanlar va bargli daraxtlarning suvsizlikdan unchalik himoyalanmagan yaproqlari ham bor. Shuning uchun qishda hamma narsa muzlab, qurib qolgach, bunday o’simliklar yoki daraxtlar ko’pchilik hollarda nobud bo’lishi ham mumkin. Daraxtlar nobud bo’lmaslik uchun sovuq tushishidan oldin yaproqlarini to’kadi va qishki uyquga ketadi. Natijada ularning energiya sarfi kamayadi va qishki sovuqlardan omon qoladi. Shuning uchun ham kuzda o’rmonlar arg’uvon, sariq va qizil ranglarga bo’yaladi. O’tlar ham kuzda quvrab qoladi, bahor kelishi bilan esa yer ostida sovuqdan omon qolgan ildizidan ko’karib chiqadi.

Ortiqcha o’ylar — depressiyaning asosiy sababi hisoblanadi

Bodiring qondagi qand miqdorini pasaytirishga yordam beradi

Inson organizmidagi mikroflora juda katta sirlarni o’zida saqlaydi

Kvas tarkibida B guruhi vitaminlari asab tizimini mustahkamlaydi, charchoqni kamaytiradi va energiya beradi

Gilos mevalar ichida eng kam kaloriyali ne’matlardan biri hisoblanadi

Inson tanasidagi qon tomirlarining umumiy uzunligi taxminan to’qson olti ming kilometrni tashkil qiladi

Uy hayvonlari ham odamlar kabi depressiyaga tushishi mumkin

Yer yong’oq — teringiz uchun tabiiy doridir

Ko’p yig’laydiganlarning ko’zlari sog’lomroq bo’ladi
