Kuz kelishi bilan qushlarning uyalarini tark etib, gala-gala bo’lib, uzoq o’lkalarga qishlovga uchib ketishini ko’pchilik biladi. Bahorda, yerlar endi-endi eriy boshlab, daraxtlarda kurtaklar nish ota boshlashi bilan qushlar ham qaytib keladi. Boshqa qushlar galasi bilan birga uzundumli qutb krachkasi ham qaytib keladi. U chiroyli qora shapkachali, qizil tumshuqli va qizil panjali mitti qush. Krachka boshqa qushlar singari o’rta mintaqalarda qolmaydi, aksincha shimol qushlari kabi uzoqlarga uchib ketadi. U o’z uyasini chekka shimol rayonlari — Alyaska, Kanadaning Arktika tomonidagi orollari, Grenlandiyada qo’yishni yaxshi ko’radi. Uzun dumli krachka Sibir shimolida ham uchraydi. Eng qiziq tomoni bunda emas. Kuzda sovuq tundrani tashlab ketgan krachka janub sari yo’l oladi, ammo yana abadiy muzlik va qorliklarga keladi. U qishni Antarktidada o’tkazadi. Shu tariqa Sibir krachkalari 32 ming kilometr masofa bosib, yana o’zlari xush ko’radigan muzliklarga keladi. Ular yo’lda issiq mamlakatlarni chetlab o’tadi, ayrim galalari bir necha kilometr nari aylanib o’tadilar, maqsad faqat sovuq mintaqalardan uchish. Olimlar krachkalarning bunchalik sovuqni yaxshi ko’rishiga javob topishgan. Uzundumli qutb krachkalari kichik baliq va chig’anoqlar bilan ovqatlanadi, ular esa issiq suvdan ko’ra sovuq suvda ko’p bo’ladi. Albatta, boshqa sabablari ham bo’lishi mumkin, ammo u bizga jumboqligicha qolmoqda.

Amir Temur maslahatlari: Mahalliy hokimlarga quyidagi vazifalar yuklatilgan

Amir Temur maslahatlari: Amirlar qanday bo’lishi kerak?

Amir Temur maslahatlari: Vazir va maslahatchi qanday bo’lishi kerak?

Amir Temur maslahatlari: Podshoh qanday bo’lishi kerak?

Amir Temur tanbehlari

Amir Temur maslahatlari

Amir Temur vasiyatlari

AMIR TEMUR O’G’LINING O’LIMI HAQIDA RIVOYAT-QISSA

Inson terisi har 27 kunda to’liq yangilanadi
