Agar siz dengizda olti yuz metr quyiga sho’ng’isangiz, suvosti qoyalarida nautilusning chiroyli bejirim burama chig’anoqlari yoki sadafdor kemachalarni ko’rasiz. Ular olimlar diqqatini nafaqat chiroyi, balki shakli bilan ham qiziqtirib keladi. Nautilus chiganog’i yelkasi tomonga buralgan va ko’ndalang to’siqlar bilan bir nechta hujralarga ajralgan. Mollyuskaning o’zi eng katta hujayraga joylashadi, qolgan hujralar esa gaz bilan to’ldiriladi. Nautilus ulg’ayib borarkan, chig’anoq og’zi tomonidan o’sib boradigan yana ham kattaroq yangi hujraga ko’chib o’tadi. Chig’anoqning ichki tarafi sirti sadaf bilan, tashqi tarafi esa yaltiroq, oq, chinnisimon, egik qo’ng’ir chiziqchalar bilan bejalgan. Nautiluslar gazga to’ldirilgan chig’anoq hujralari tufayli suza oladi. Ularga joylangan suyuqlik asta sekin Nautilus tanasiga birikkan sifon-nay orqali hujradan hujraga o’tib, chiqib ketadi. Nautilus rivojlangan sayin uning sof og’irligi oshib, chig’anog’i esa kattarib boraveradi. Dengizda muvozanat saqlab turishi uchun kemacha hujralaridagi suyuqlikdan xalos bo’lib turadi. Bu tartib nautilusning og’irligini saqlagan holda chig’anog’i o’lchamining kattarib borishiga imkon yaratadi. Kemachalar hayotining asosiy qismini qorong’ilikda o’tkazishadi. Agar unga chiroq qaratsangiz, darrov ko’zdan g’oyib bo’ladi. Nautiluslar «o’laksaxo’r» bo’lib, dengiz tubidagi hayvonlar jasadi va nimtalari bilan oziqlanadi. Sadafdor kemachalar tinch okeanining g’arbiy qismida va Hind okeanining ba’zi mintaqalarida hayot kechiradi.
Ona tili 6 sinf uchun test savollari
Ona tilidan 5 sinf testlar
Avtomobil haydovchiligi uchun testlar to’plami
Avtomobil haydovchiligi uchun test savollari
Haydovchilik yo’nalishida testlar
YouTube monetizatsiyasi O’zbekistonda: qachon ishga tushadi va hozir qanday pul topish mumkin?
Sun’iy yo’ldosh interneti nima? Qanday ishlaydi va O’zbekistonda qachon bo’ladi?
NFC nima? Kontaktsiz to’lov qanday ishlaydi?
Google Pay O’zbekistonda: qanday ishlaydi va qanday ulanadi?

