Biz Injilda saranchalar odamlarga hujum qilgani va katta talofat yetkazgani haqidagi satrlarni o’qishimiz mumkin. Tabiiyki, o’sha vaqtlarda bu hol toshqin, qurg’oqchilik va epidemiya kabi Xudoning jazosi hisoblangan. Saranchalar hujumi boshqa davrlarda, boshqa mamlakatlarda ham yuz bergan. Qo’shma Shtatlar g’arbida 1874-1876 yillar orasida bo’lgan ro’y bergan ofat 200 million dollar zarar keltirgan! «Sarancha» chigirtkalar oilasining ko’p turlarga berilgan nomdir. Sarancha hasharotlar guruhining “Acrididae” oilasiga mansub. 17 yil umr ko’radigan sarancha asl Sarancha emas, u chirildoqdir. Ko’p olimlar nega bu hasharotlar ma’lum vaqtda va ma’lum bir joyda juda ko’p to’planishi va boshqa vaqtda yo’qolib ketishi ustida bosh qotirmoqdalar. Ma’lum bo’lishicha, saranchalarning biz so’z yuritayotgan turlari bunday «hujumlarni» ikki davr (faza)da qilishar ekan. Bir davrda ular yolg’iz, boshqasida esa g’uj bo’lib yashashadi. Bu davr oralig’ida ular mutlaqo boshqacha hasharotlardir. Ular rangi, shakli, tuzilishi va fe’l-atvorini o’zgartirib turadi. Yolg’iz yashash davrida chigirtkalar g’uj bo’lgisi kelmaydi va o’zini lohas sezadilar. Hasharotlarning tusi atrof muhitdan nuqs oladi. G’ujlashgan davrida esa qora yoki sariq rangli bo’lib, o’zini faol va bezovta tutadi, bu ham yetmaganday harorati ko’tariladi. Boshqa farqlari ham bor. Saranchalarning mo’tadil davri — yolg’iz yashayotgan davridir. Sarancha biron joyga ko’chishga majburlik sezayotgan bo’lsa, ular yolg’izlik davrida g’uj-g’uj nasl qoldiradi. Ular harakatchan va serjahldirlar; ular ko’chib yuradilar, boshqalari bilan birlashadilar, g’uj-g’uj, millionlab hasharotlar galasi qandaydir yerni xonavayron qilishga shay bo’ladilar.

Inson terisi har 27 kunda to’liq yangilanadi

Lasos balig’i miya faoliyati uchun o’ta foydalidir

Bodring og’izdagi hidni ketkazishda katta yordamchi hisoblanadi

Kola va Pepsi tanaga suv emas, balki kislota bo’lib kiradi

Bir kechaning o’zidayoq burun bitishini yo’q qilishning oddiy usul bor

Nonushta vaznni nazorat qilishga yordam beradi

Olimlarning aytishicha, qahvaga qo’shilgan shakar miya faoliyati uchun kuchli rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi

Agar urg’ochi tulki vafot etsa, erkak tulki o’ziga boshqa juft qidirmaydi

Agar organizimingizga bir oy davomida shakar kirmasa nima bo’ladi?
