Shaqildoq ilonlar hujum qilishdan oldin shaqillaydimi?

Shaqildoq ilon haqiqatan ham qo’rqinchli ilon. Odamlar u haqda ajoyib tarix yaratishgan, emishki, ilon chaqishdan oldin dumlari bilan shovqin soladi, ayni vaqtda uni unchalik xavfli deb hisoblashmaydi. Afsuski, hamma vaqt ham shunday emas. Shaqildoq ilon shaqillagan payti u rostdan ham qo’rquvga tushgan bo’ladi. Bu dumini tez tebranishga majbur etadi va u bizda shaqillayotganday taassurot qoldiradi. Shaqildoq ilonlar xulqini o’rganish shuni ko’rsatdiki, u yuz marta hujum qilsa shundan 95 tasida u hech qanday ogohlantirish bermaydi! Aytgancha, boshqa ilonlar singari shaqildoq ilon ham tishlashdan ko’ra hujum qilishni xush ko’radi, degan tasavvur ham qahiqatga to’g’ri kelmaydi. Aslida, zaharli ilonlar ham hujum qiladi, ham tishlaydi. Bunday ilonlarning, masalan, shaqildoq ilonning uzun kavak tishi haraktchan va og’zi yopilgan payti tanglayiga tomon qayrilgan bo’ladi. Ilon hujumga chog’langanda, u og’zini ochadi, tishlar jangovar tik holatga keladi va ilon oldinga tashlanadi. Tishlari o’ljasi tanasiga botishi bilan u zahrini sochadi. Tishlaganda zaharli bezlaridan zahar oqib keladi, u tish kavaklari orasidan o’tib, jarohatlangan joyga kiradi. Boshqa mayda tishli ilonlar, masalan, ko’zoynakli ilonning chaqishi shiddatli emas, u birmuncha vaqt tishlab turadi, natijada bu chaqayotgandek emas, balki chaynayotgandek taassurot uyg’otadi. Chaynash yordamida ilon jarohatlangan joyga zahrini sochadi. Agar siz shaqildoq ilon hujum qilayotganda katta masofani bosib o’tadi, deb o’ylasangiz, yana xato qilgan bo’lasiz. U bor-yo’g’i boshini ko’tarish qobiliyatiga ega. Kulcha bo’lganda ham uning xuruji uzunligining uchdan bir yoki uchdan ikki qismini tashkil etadi. Shaqildoq ilonlarning eng uzuni 2,23 metrdan oshmaydi. Shundan ham ayonki, undan qochib qutilish mumkin. Endigina dunyoga kelgan bolalarining dumi uchida gajagi bo’lishini bilasizmi? Ularning zaharli tishlari esa foydalanishga shay turadi.