Siz yerda juda sekin harakatlanayotgan shilliqqurtni ko’rgan va iya, uning birorta ham oyog’i ko’rinmaydi, qay tariqa yurarkin, deya o’yga botgan bo’lsangiz kerak. Gap shundaki, shilliqqurt tanasining pastki qismi faqat «oyoqdan» iborat! Bu oyoqlar yassi va silliq bo’lib, uning mushaklari shilliqqurtga sudralish imkonini beradi. Oyoqlaridagi suyuqlik ajratadigan kichkina bezlar uning harakatlanishini osonlashtiradi, shilliqqurt to’lqinsimon harakati bilan yer uzra sudralib ketaveradi. Bu «oyoq» shu qadar hayratlanarliki, shilliqqurt o’tkir tig’ ustidan hech qanday talofatsiz oshib o’tishi mumkin! Shilliqqurt ko’p tomondan diqqatga sazovor mavjudot. Masalan, u hech qachon adashib ketmaydi. Qanchalik uzoq yo’l yurmasin, sezgilari uni baribir o’z qarorgohiga yetaklab keladi. Og’irligi 15 grammdan oshmaydigan shilliqqurt yarim kilo yukni olib kelishga qodir. Ular ko’pincha ikki xil — chig’anoqli va chig’anoqsiz bo’ladi. Chig’anoqda yashaydigan shilliqqurtning tanasi bo’lib, u chig’anoqning har qanday buramalariga jips yopishib qoladi, kuchli mushaklari esa xavfli daqiqalarda chig’anoq ichiga butunlay bekinib olish imkonini beradi. U yashiringach, chig’anoqning ochiq joylarini chig’anoq uchida joylashgan muguz lappagi bilan mahkam yopib oladi. Shilliqqurtlar quruhlikda yoki chuchuk suvlarda hayot kechiradi. Shilliqqurtning tili egovga o’xshaydi. Shilliqqurt yuzlab tishi o’rnashgan tili bilan ovqatni tilib yeydi.

Inson terisi har 27 kunda to’liq yangilanadi

Lasos balig’i miya faoliyati uchun o’ta foydalidir

Bodring og’izdagi hidni ketkazishda katta yordamchi hisoblanadi

Kola va Pepsi tanaga suv emas, balki kislota bo’lib kiradi

Bir kechaning o’zidayoq burun bitishini yo’q qilishning oddiy usul bor

Nonushta vaznni nazorat qilishga yordam beradi

Olimlarning aytishicha, qahvaga qo’shilgan shakar miya faoliyati uchun kuchli rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi

Agar urg’ochi tulki vafot etsa, erkak tulki o’ziga boshqa juft qidirmaydi

Agar organizimingizga bir oy davomida shakar kirmasa nima bo’ladi?
