Agar qo’lingizdan kitob chiqib ketsa, u yerga tushadi. Buning sababchisi yerning tortish kuchidir. Bu kuch barcha predmetlarni yerning markaziga qarab tortadi. Tushib ketgan kitobni qayta qo’lga olishingiz bilan uning tashqi ko’rinishi mutlaqo o’zgarmaganini ko’rishingiz mumkin. Chunki u — qattiq. Agar maxsus kuch ishlatilmasa, qattiq predmetlar o’z shaklini saqlab qoladi. Endi kitob emas, suv to’la stakan qo’lingizdan tushib ketdi, deb faraz qilaylik. Suv to’kiladi va har tomonga oqib ketadi. Aslida, suyuqlik shaklga ega emas. U qaysi idishga qo’yilsa, o’sha idishning shakliga ega bo’ladi. Yerning tortish kuchi uni eng quyi nuqtani egallashga majbur etadi. Bir so’z bilan aytganda, suv hamisha eng quyi nuqtada joylashadi. Nega daryolar dengizga quyiladi. Chunki dengizning sathi nisbatan pastdir. Har bir daryo o’zi quyilayotgan dengizga qarab qiyalab boradi. Albatta, suv o’z holicha qiyalikdan tepaga qarab ko’tarilishi mumkin emas, ammo shunga qaramasdan, muhandislar uni tog’ dovonlarini oshib o’tishga majbur etishi mumkin. Buning uchun suvni quvurga qamash kifoyadir. Ha, ha, kifoyadir. Qiyalikdan pastga enayotgan suv quvurdan toqqa ko’tarilayotgan suv massasini itaradi va minglab tonna suv tepaga qarab oqadi. Shu bilan birgalikda, suv o’zining birlamchi balandligidan yuqori ko’tarilmaydi. Ammo odamning qo’lidan kelmaydigan ishning o’zi yo’q. Biz buni isbot ham qilib berdik, to’g’ri emasmi? Inson hamisha suv oqib chiqadigan eng baland nuqtani topa oladi va suv har qanday dovondan oshib o’tib ketaveradi.

Amir Temur maslahatlari: Mahalliy hokimlarga quyidagi vazifalar yuklatilgan

Amir Temur maslahatlari: Amirlar qanday bo’lishi kerak?

Amir Temur maslahatlari: Vazir va maslahatchi qanday bo’lishi kerak?

Amir Temur maslahatlari: Podshoh qanday bo’lishi kerak?

Amir Temur tanbehlari

Amir Temur maslahatlari

Amir Temur vasiyatlari

AMIR TEMUR O’G’LINING O’LIMI HAQIDA RIVOYAT-QISSA

Inson terisi har 27 kunda to’liq yangilanadi
