Baquvvat suvni tozalash stantsiyalari tuproq va erosti suvlarinnig bulg’anishiga to’sqinlik qiladi. Foydalanilgan suvlar shahar yoki tumandan aynan shu joyga kelib tushadi. Chiqindilar tarkibida daryolar va yoki yerosti suvlari zaharlanishini keltirib chiqaruvchi moddalar bo’lishi mumkin. Suvni tozalash murakkab ko’pbosqichli jarayondir. Iflos oqava suvlardan barcha zararli moddalar va birikmalar chiqarib tashlanadi, shuningdek kasalliklar keltirib chiqaruvchi mikroblar yo’q qilinadi. Faqat shundan keyingina tozalangan suvni tabiiy havzalarga qaytadan ochib yuborish mumkin. Albatta, buningdek suvni tozalash jarayoni katta miqdorda pul sarflanishini talab qiladi. Birohqbu hol tamomila tabiiydir, chunki sivilizasiya ne’matlaridan foydalanayotganlar ularning haqini to’lashlari lozim. Stantsiyalar qurila boshlagan paytlardanoq bir narsa aniq-ravshan edi: kimlar atrof muhitni ko’proq ifloslantirsa, o’shalar tozalash inshootlarini tartibda saqlash uchun ishlatiladigan jarimalarni to’lashi shart ekanligi muqarrarlashdi. Tozalash inshootlari sharofatidan yerusti va yerosti suvlarining bulg’anishi oshib ketmaydi. Tozalash inshootlari bunyod etilgan va ishlab turgan joylarda suvning sifati sezilarli darajada yaxshilanadi.