TANATOLOGIYA

TANATOLOGIYA (Yunoncha tanatos o’lim va … logiya), — o’lim, uning sabablari, mexanizmi va belgilarini, shuningdek, o’lim oldi azoblarini engillashtirish masalalarini o’rganadigan fan. Umumiy va xususiy Tanatologiya ajratiladi. Umumiy Tanatologiya o’lim sabablaridan qat’iy nazar, uning umumiy qonuniyatlarini, o’limni aniqlash, uni har xil sabablaridagi terminal holatlarning xususiyatlarini, shuningdek, o’lim sodir bo’lgandan so’ng murdada yuzaga keladigan o’zgarishlarni, murdalarni tekshirish usullarini, ularni sun’iy konservasiya qilish bilan bog’liq masalalarni o’rganadi. Xususiy Tanatologiyada kompleks ma’lumotlarning izchil taxlili (kasallik tarixi, kasallikning klinik va morfologik ko’rinishi va boshqalar) qo’llanib, shular asosida klinikanatomik epikriz tuziladi. Sud tibbiyoti Tanatologiyasi qasddan sodir etilgan va to’satdan yuz bergan o’limda murdadagi klinik, biokimyoviy va morfologik o’zgarishlar mog’iyatini, murdalarni sud tibbiyotiga oid tekshirish muammolarini va sudtergov bilan bog’liq turli masalalarni o’rganadi. Sog’liqni saklash tizimida kasalliklarning oldini olish, tashhis xatoliklarini aniqlash, jarohatlanishning oldini olish usullarini ishlab chiqishda sog’liqni saklash muassasalariga yordam beradi. Reanimatologiya rivojlanishi bilan hayotiy funktsiyalarning susayish qonuniyatlari va ularning terminal davrda tiklanishini o’rganadigan eksperimental Tanatologiya ham vujudga keldi.