TANBUR

TANBUR — qadimgi torli musiqa cholg’u asbobi. Forobiyning musiqa risolasida Xuroson Tanburining parda tuzilishi keltirilgan. O’zbek, tojik, uyg’ur va boshqa xalqlarda professional soz sifatida keng tarqalgan. Noksimon o’yma kosasi yo’g’on va uzun dastasi bilan birga yaxlit tut yog’ochidan yasaladi; umumiy uzunligi 110— 130 santimetr. Kosasining qopqog’i, ko’pincha, yupqa yog’och taxtachadan qilinadi, unda rezonator teshikchalari bor. Pay ip bilan bog’langan 16-19 pardasi bo’lib, oltinchisi, odatda, ijro etiladigan asarning ladtonallik xususiyatiga ko’ra yuqori yoki pastga surib qo’yiladi. Kosa qopqog’ida cho’pdan yana 4 ta xas pardasi bo’ladi. Tanburning 3 ta toridan birinchisi (yukrridan) asosiy, 2 tasi yordamchidir; birinchisi va uchinchisi unisonga, ikkinchisi ularga nisbatan kvarta, ba’zan kvinta yoki sekunda past sozlanadi. Tanbur qo’lning ko’rsatkich barmog’iga kiyiladigan noxun bilan turli uslubda (torlarni yuqoridan va pastdan urib) chalinadi. Tanbur O’zbekistonda boshqa torli chertma sozlardan farqli o’laroq, diatonic tovushqatorga ega. Tanburning torlari uzun va ingichka, pardalari yo’g’on (diametri 3 millimetrgacha) bo’lganligidan torni turlicha kuch bilan bosib, tovush balandligini yarim tongacha o’zgartirish mumkin. Mazkur yo’l bilan Tanburda kuylarga o’ziga xos tebratma sayqal, nolalar beriladi. Tanburning o’ziga xos nozik va ta’sirchan ovozi, keng diapazoni tufayli Buxoro Shashmakrmi ijrosida asosiy yakkanavoz va (vocal qismlarda) jo’rnavoz soz hisoblanadi. Tanburning keng badiiy imkoniyatlari Tanbur Alimatov va uning shogirdlari talqinida namoyon bo’lmoqda. Tanburning chortor (4 t nb torli), panjtor (5 torli), an ur’ shashtor (6 torli) turlari bor. Tanburning elektr adapter bilan jihozlangan turlari estrada ijrochiligida qo’llaniladi. O’zbek bastakorlaridan Hoji Abdulaziz, J. Sultonov, F.Mamadaliev, O.Hotamov, kompozitorlardan Sayfi Jalil («Qalbimda»), M.Mahmudov («Navo» simfoniyasi), M.Bafoev («Lison uttayr») va boshqalar. Tanbur imkoniyatlaridan ijodiy foydalanishgan.