TANZANIYA

TANZANIYA (Tanzania), Tanzaniya Birlashgan Respublikasi (United Republic of Tanzania) — Sharqiy Afrikadagi davlat. Materikning Tanganika qismini hamda Zanjibar va Pemba orollarini o’z ichiga oladi. Maydoni 945,1 ming kilometr kvadrat. Aholisi 37,2 million kishi (2002). Poytaxti — Dodoma shahri. Ma’muriy jihatdan 25 viloyat (materikda 20, Zanjibar orolida 3, Pemba orolida 2) (region) ga bo’linadi. Davlat tuzumi. Tanzaniya — respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo’stlik tarkibiga kiradi. Amaldagi Konstitutsiyasi 1977 yilda qabul qilingan. Davlat boshlig’i—prezident (2000 yildan Benjamin Uilyam Mkapa), u u mumiy saylov yo’li bilan to’g’ri va yashirin ovoz berish orqali 5 yil muddatga saylanadi va yana 1 muddatga qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni bir palatali parlament — Milliy Majlis, ijrochi hokimiyatni prezident va bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Mamlakat Orol qismining 1979 yil tasdiqlangan va 1985 yil kuchga kirgan Konstitutsiyasiga binoan Zanjibar va Pemba orollari Tanzaniya tarkibida muxtoriyatdan foydalanadi. Tabiati. Tanzaniyaning sharqida, 900 kilometrga cho’zilgan Hind okeani qirg’og’ida mayda qo’ltiklar bor. Hududning katta qismi Sharqiy Afrika yassitog’ligida joylashgan. Yassitog’likning Sharkiy chekkasida Pare (eng baland joyi 2464 metr), Usambara (2570 metr), Uluguru (2653 metr) va boshqa tog’lar bor. Sharkiy Afrika uzilmasida (balandligi 1000 metr) kuchli zilzilalar bo’lib turadi. So’ngan (Kilimanjaro, balandligi 5895 metr) va harakatdagi vulqonlar bor. Tog’ etagi bilan Hind okeani sohilidagi pasttekisliklar orasida yassi plato (200-500 metr) joylashgan. Oltin, olmos, platina, nikel, mis, rux, kobalt, uran, qo’rg’oshin, volfram konlari aniqlangan. Ikqlimi ekvatorial mussonli, issiq. Eng issiq oy (oktabr yoki noyabr)ning o’rtacha temperaturasi yassitog’likning ichkarisida 20-22°dan 25— 27° gacha, eng sovuq oy (iyul yoki avgust).ning o’rtacha temperaturasi 12— 15°dan 20-22° gacha. Tog’larda balandlik mintaqalari mavjud. Yillik yog’in 500— 700 millimetrdan 1000-1500 millimetrgacha, eng ko’pi bilan 1500 millimetr atrofida. Boshqa davlatlar bilan bo’lgan chegaralarda Viktoriya, Tanganika, Nyasa ko’llari bor. Asosiy daryolari — Pangani, Rufiji, Ruvuma. Qurg’oqchil mavsum 5-7 oy. Tuprokqlarining aksariyati jigarrang-qizil (ferralit va alferrit), eng qurg’oqchil joylarda qizilqo’ng’ir, ba’zan sho’rlangan tuproqlar. Sohil va ayrim botiqlarda qora gidromorf tuproqlar uchraydi. Hayvonot dunyosi turlituman: fil, qora karkidon, begemot, buyvol, zebra, jirafa, yirtqichlardan Arslon, qoplon, sirtlon, chiyabo’ri, pavian maymunlari va boshqalar. Timsoh va ilonlar ham uchraydi. Qush ko’p. Serengeti, Ngorongoro, Arusha, LeykManyara, Mikumi, Ruaxa, Kilimanjaro, Rungva milliy bog’lari va qo’riqxonalari bor. Mamlakat Jan.dagi Selus milliy bog’i dunyodagi eng katta milliy bog’lardan biridir. Aholisi. Tanzaniyada 120 dan ortiq xalq yashaydi. Aholining ko’pchiligi benuekongo tillarida so’zlashuvchi Sharqiy bantu xalklariga mansub. Ularning aksariyatini nyamvezi, suaxili, xexe, bena, pogoro, makonda va b. elatlar tashkil qiladi. Dindorlari — xristianlar, musulmonlar; qolganlari mahalliy an’anaviy dinlarga e’tiqod qiluvchilar. Davlat tillari — suaxili va ingliz tillari. Shahar aholisi 24,4%. Yirik shaharlari: Dorussalom, Zanjibar, tanga, Mvanza, Arusha, Dodoma. Tarixi. Tanzaniya hududida odam qadimdan yashab kelgan. Bu yerda 2 million yil avval yashagan odam suyaklari va qo’pol tosh qurollar topilgan. Tub aholisi bushmen va gottentot qabilalariga qardosh xalqlar bo’lgan. Ular ovchilik va yovvoyi mevalarni yig’ish bilan kun kechirgan. Milodiy 1-ming yillik boshlarida bantu va nilot qabilalari dehqonchilik uchun yaroqli yer va chorva uchun yaylov izlab bu yerga kelib qolgan. 7-8-asrlarda Tanzaniyaning materik qismiga, Zanjibar va unga yaqin orollarga arablar ko’chib kela boshlagan. 16-asrda bu yerda portugallar paydo bo’lib, Afrika qit’asini mustamlakaga aylantirish uchun Zanjibardan xarbiy tayanch hudud sifatida foydalangan. 18-asrda Ummon sultonligi arablari portugaliyaliklarni surib chiqargan. 19-asr boshlarida Zanjibar oroli va Tanzaniya sohili Maskat sultonligi qo’liga o’tgan. 1856 yil Maskat sultonligi parchalanishi tufayli Zanjibar sultonligi tashkil topdi. 1884 yil Tanzaniyaning materik qismini Germaniya bosib oldi. 1890 yil Zanjibarda Angliya protektorati o’rnatildi. 1-jahon urushidan keyin Tanzaniyaning materik qismi (Tanganika nomi bilan) Buyuk Britaniya mandatidagi hudud, 2jahon urushidan keyin esa BMT vasiyligidagi inglizlar boshqaradigan hudud bo’lib qoldi. Mahalliy aholining mustamlakachilarga qarshi kurashi (1888-89, 1891-97, 1905-07 yillardagi xalq qo’zg’olonlari) 2-jahon urushidan keyin ayniqsa kuchaydi. 1961 yil 9 dekabrda Tanganika, 1963 yil 10 dekabrda Zanjibar mustaqil deb e’lon qilindi. 1964 yil 26 aprelda Tanganika bilan Zanjibar Tanzaniya Birlashgan Respublikasini tuzdilar. Tanzaniya — 1961 yildan BMT a’zosi. Milliy bayrami — 26 aprel — Ittifoq kuni (1964). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Qayta qurish va taraqqiyot uchun milliy Konventsiya partiyasi, 1992 yil tuzilgan; Birlashgan fuqarolar fronti partiyasi, 1992 yil asos solingan; Inqilobiy partiya (chama cha Mapinduzi CHCHM), hukmron partiya, 1977 yil tashkil etilgan. Tanzaniya ishchilari Ittifoqi (Juvata) kasaba uyushmasi, 1978 yil tuzilgan. Xo’jaligi. Tanzaniya — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xo’jaligining ulushi 56%, sanoatniki 15%, xizmat ko’rsatish sohasiniki 29%. Qishloq xo’jaligida mehnatga layoqatli aholining 80% dan ko’prog’i shug’ullanadi va eksport tushumining 85% ta’minlanadi. Dehqonchilikka yaroqli yerlarning 25% ga ekin ekiladi. Asosiy qishloq xo’jalik ekinlari: sizal, chinnigul, paxta, kofe, choy, keshyu yong’og’i, kokos palmasi, qalampirmunchoq va boshqalar. Ichki ehtiyoj uchun bug’doy, sholi, makkajo’xori, tariq, oq jo’xori, maniok, dukkaklilar, moyli o’simliklar, shakarqamish, banan va boshqalar mevalar yetishtiriladi. Qoramol, echki, qo’y, parranda boqiladi, sohilda baliq ovlanadi. Tog’lardagi tropik o’rmonlarda (Tanzaniyada jami 31 million gektar o’rmon bor) yog’och tayyorlanadi. Sanoati sust rivojlangan. Mustaqillik yillarida konchilik sanoatida olmos qazib chiqarish rivojlandi. Bukrif va lupada oltin, Minjinguda fosforit, Karagve va Ngarada qalay va volfram, Chambongoda magnezit, shuningdek slyuda, osh tuzi, qurilish materiallari, temir ruda qazib chiqarish yo’lga qo’yilgan. Yiliga o’rtacha 912 million kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Oziq-ovqat, to’qimachilik, tikuvchilik, ko’npoyabzal, qog’oz va yog’ochsozlik tarmoklarida 500 dan ortiq korxona mavjud. Moshi, Kidati, Morogoro, Kagerada yirik qand zdlari, moshi, Bukobada kofe, Amani, Tukuyuda choy, Dorussalom, Arusha, Iringa, Dodoma, Mvanzada un ishlab chiqarish. korxonalari, Dorussalomda neftni qayta ishlash zavodi, tanga, Tabora, Dorussalomda 40 ga yaqin yog’och tilish korxonasi bor. Metallurgiya va metall ishlash tarmoqlari endigini rivojlanayotir. Qadimdan mavjud bo’lgan hunarmandchilik mustaqillik yillarida yangi pog’onaga ko’tarildi. Ichki yuklar temir yo’l va avtomobil transportida, tashqi yuklar esa Temir yo’l va dengiz transportida tashiladi. Temir yo’l uzunligi 3,6 ming kilometr, avtomobil yo’llari uzunligi — 88 ming kilometr. Avtomobil Zanjibar va Pemba orollarida asosiy transport turidir. Dorussalom bilan Bvana-Mkuba (Zambiya) o’rtasida tranzit neft quvuri qurilgan. Viktoriya ko’lida kema qatnaydi. Asosiy dengiz portlari: Dorussalom, tanga, Mtvara, Lindi. Dorussalom va Arushada xalqaro aeroport bor. Tanzaniya chetga kofe, paxta, keshyu yong’og’i, chinnigul, sizal, olmos, tamaki, choy va boshqalar sotadi. Chetdan mashina va uskuna, yoqilg’i, oziq-ovqat, kimyoviy mollar va boshqalar sotib oladi. Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Keniya, BAA, Hindiston, Pokiston, Saudiya Arabistoni va boshqalar bilan savdo qiladi. Xorijiy sayyohlik rivojlangan. Pul birligi — Tanzaniya shillingi. Tibbiy xizmati. Tibbiyot xodimlari Dorussalomdagi untning tibbiyot ftida va chet ellarda tayyorlanadi. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’rifiy muassasalari. Tanzaniyada boshlang’ich maktab 7 yillik bo’lib, 7 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun majburiydir. Dars suaxili tilida olib boriladi. 3-sinfdan ingliz tili o’rgatiladi. O’rta maktab 6 yillik. Yuqori sinflarda iqtidorli bolalar universitetga kirish uchun tayyorlanadi. Hunar-texnika ta’limi boshlang’ich maktab negizida quyi hunar-texnika o’quv yurtlari va kurslarda 1-4 yil va hunar-texnika maktablarida 2 yil mobaynida amalga oshiriladi. Boshlang’ich maktabning quyi sinflari uchun o’qituvchilar boshlang’ich maktab negizida 3 yil davomida, boshlangich maktabning yuqori sinf o’qituvchilari esa to’liqsiz o’rta maktab negizida 2 yil davomida tayyorlanadi. O’rta maktab o’qituvchilari Dorussalomdagi untda, Karagvedagi milliy pedagogika institutida va bir qancha pedagogika kollejlarida tayyorlanadi. Tanzaniyada o’rta va oliy o’quv yurtlarida o’qish pulli. Dorussalomdagi universitet 1961 yil universitet kolleji tarzida tashkil etilib, 1970 yil universitet maqomini olgan. Ilmiy ishlarni Milliy ilmiy tadqoqpt kengashi muvofiqlashtirib boradi. Mvanzada Sharqiy Afrika tibbiy tadqiqotlar instituti, tangada Sharqiy Afrika bezgak va yuqumli kasalliklar instituti, Zanjibarda dengiz baliqchiligi muammolarini o’rganish tadqiqot tashkiloti, Dorussalomda Sharqiy Afrika meteorologiya markazining Tanzaniya bo’limi, Arushada qishloq xo’jalik zararkunandalariga qarshi kurash tadqiqot instituti, Dodomada hayvonlar va jonivorlar tadqiqot instituti, Zanjibarda folklor va Afrika tillari tadqiqot markazi va boshqa ilmiy muassasalar bor. Dorussalomda Milliy kutubxona (1967), Universitet kutubxonasi, Milliy muzey (1937), Zanjibar davlat muzeyi (1925), Dorussalom yaqinida etnogragik muzey qishlog’i (1966), Dorussalomda tibbiyot muzey laboratoriya, Dodomada Geologiya muzeyi mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. Asosiy gazeta va jurnalilari: “Deyli Nyus” (“kun yangiliklari”, ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1972 yildan). “Uxuru” (“Ozodlik”, suaxili tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1961 yildan). “Mzalendo” (“Vatanparvar”, suaxili tilida chiqadigan yakshanbalik gazeta, 1972 yildan), “gazet of Yunayted Ripablik” (“Birlashgan respublika gazetasi”, ingliz tilida chiqadigan hukumat haftanomasi, 1964 yildan), “Mfanyakazi” (“ishchi”, suaxili tilida chiqadigan haftalik gazeta, 1964 yildan), “Kiongozi” (“Rahbar”, suaxili tilida chiqadigan katolik gazeta, 1950 yildan), “Mvanga” (“Nur”, suaxili tilida chiqadigan oylik jurnali, 1986 yildan). Tanzaniya axborot agentligi (Shixata) hukumat axborot Mahkamasi, 1976 yil asos solingan. Tanzaniya radiosi — hukumat Mahkamasi, 1956 yil tuzilgan; Tanzaniya Zanjibar radiosi — hukumat Mahkamasi, 1964 yil tashkil etilgan; Zanjibar televideniesi, Adabiyoti suaxili va ingliz tillarida rivojlanmoqda. Suaxili adabiyoti tarixi 18-asrdan boshlanadi. Islom dini ruhidagi mumtoz adabiyotda nazm ustun bo’lib, tarixiy, falsafiy va tarbiyaviy mazmundagi dostonlar, ishqiy va siyosiy she’rlar yaratildi. 19-asrda suaxili adabiy tili xalq tiliga yakinlashtirilib, Arab yozuvidan lotin alifbosiga o’tildi. Gazetalar nashr etilib, ularda adabiy asarlarga ham o’rin berildi. Sayd Aydarus, Sayd Abdalla, Muyaka bin Xo’ja alHasani, Mvan kuponi— 18-19-a.srlar suaxili adabiyotining tanikli namoyandalaridir. Yangi adabiyotning atoqli vakili R. Shaaban (1909 -62) falsafiy, adabiy esse va etyudlar, siyosiy makrlalar (“meninghayotim”, “Kusadikika”, “Adili va uning akaukalari”, “Siti binti Saad”) ni yozdi. Umar Hayyom ruboiylarini tarjima qildi. Tanzaniya adabiyotining shakllanishi va rivojida jahon adabiyotidan suaxili tiliga tarjima qilingan asarlarning roli katta (Masalan, U. Shekspir, L. Tolstoy va boshqalar ijodi). Ingliz tilidagi adabiyot 20-asrning 60-yillarida yuzaga keldi. Bu tilda yozilgan J. Mbondening “Makonde hayoti” romani va ertaklar to’plami, P. Palanchoning “Oftobdagi o’lim” romani, G. Ruxumbika, G. Kalimugogo, M. Njeru, R. Ngetening roman va qissalari, B. Tejani, R. Roberte, S. Nguzo, K.Xaulining she’rlari diqqatga sazovor. Dramaturgiya janrida X. Menson barakali ijod qildi. Me’morligi va tasviriy san’ati. Hind okeani sohilida 8-asrdan arablar bilan forelar asos sola boshlagan Kilva, chvaki, Songamanara, kVA va boshqalar port shaharlari 13-14-asrlarda ravnaq topdi, ammo 16-asrda portugaliyaliklar bu shaharlarni vayron qilib tashladilar. Ularda qurilgan ko’pdanko’p saroy va masjidlar (Kilvakisivanidagi jome maejid), turar joylarning qoldiqlari saqlanib qolgan. 19-asr oxiridan port shaharlar (Dorussalom), savdo markazlari (moshi, Dodoma), evropalik me’morlarning loyihalari asosidagi imoratlar (Moshidagi madaniy markaz, 1948-50, me’mori E. May) qurildi. 1964 yildan keyin rejali ravishda jamoat binolari va turar joylar qurishga kirishildi (Dorussalomdagi unt majmuasi, Markaziy milliy kutubxona, Kivukonidagi kollej binolari). Qishloqlarda aholining turar joylari asosiy shakli shoxshabba, o’t va novdadan to’qilgan chaylalardan iborat. Tanzaniyaning ayrim joylarida yukrri paleolit va neolit davriga mansub qoyatoshlarga chizilgan rasmlar saklangan. Yog’och va loydan ishlangan haykallar ko’p uchraydi, ularda odamlar yoki hayvonlar, jang va ov manzaralari, niqoblar tasvirlangan. 1964 yildan xalq san’ati an’analari ruhidagi milliy rangtasvir maktabi vujudga kela boshladi. S. J. Ntiro, V. Macha, F.K.Mzangi, T. F. Abdalla kabi rassomlar etishib chiqdi. Amaliy bezak san’atining yog’och o’ymakorligi, badiiy to’qish va kulollik turlari rivojlangan. Musiqasi. Tanzaniyadagi ko’p sonli xalqlardan har birining o’ziga xos musiqasi bor. Hayotiy va diniy marosim, urf-odat va udum musiqasi keng tarqalgan. Cholg’u asboblari jo’rligidagi qo’shiqlar ko’pincha raqs bilan birga ijro etiladi. Musiqa asboblari: ngoma (baraban), kiyik shoxidan yasaladigan baragumu (truba), bambuk va qamishdan yasaladigan filimbi (fleyta), skripkaga o’xshash torli Zeze, litungu va enanga (tsitralar), Marimba va mbira (ksilofonlar), qo’ng’iroq, hushtak, tartarak va boshqalar. G’arb musiqasi ta’sirida turli popmusiqa shakllari rivojlanib bormoqda. Madaniyat va yoshlar ishlari vazirligining musiqa va teatr sektsiyasi xalq og’zaki ijodiyoti namunalarini to’plash, o’rganish va milliy musiqiy asboblar to’plamini yaratish bilan shug’ullanadi. Professional musiqa xodimlari Dorussalomdagi universitetning san’at, musiqa va teatr ftida, konservatoriyada, Changombedagi san’at kollejida tayyorlanadi. Kompozitorlar E. Makala, D. Mbilini, L. Fillipo, barabanchilar M. Mnonyusa, T. Nyambo, X. Vaziri, ksilofonchilar A. Omari, A. Matitu, Saidi Ali, teze ijrochilari M. Nganza, K. Mutondi mashhur. Teatri va kinosi. Mustamlakachilik yillarida Tanzaniya hududida inglizlarning havaskorlik truppalari bo’lgan. Mustaqillikka erishilgach, afrikaliklardan iborat jamoalar tuzilib, suaxili va ingliz tillarida spektakllar qo’yildi. 1967 yil Dorussalom universitetida teatr bo’limi ochildi. Davlat kinokorporatsiyasi tashkil etilgan, 1972 yildan kinostudiya ishlay boshladi. Badiiy filmlardan “yo’qsul kishining kurashi” (1973, rejissyor O. Kitana) diqqatga sazovor.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan