TANNARX

TANNARX, mahsulot tannarxi — korxonaning mahsulot ishlab chiqarish. va uni sotish hamda ishlar bajarish yoki xizmatlar ko’rsatish uchun qilgan jami joriy xarajatlarining pul shaklidagi ifodasi. Tovar ishlab chiqarishda Tannarxning muhim elementlari — chetdan olinadigan xom ashyo, asosiy materiallar, elektr energiya resurelari chiqimlari; asosiy va kushimcha ish haqi; ijtimoiy sug’urta ajratmalari; amortizatsiya ajratmalari va boshqa sarf-xarajatlar. Tannarxga yuqorida sanab o’tilgan bevosita ishlab chiqarish. jarayonlari bilan bog’liq xarajatlardan tashqari noishlab chiqarish chiqimlari: idishlarga, mahsulotlarni o’rash joylash va jo’natishga qilingan xarajatlar; mahsulotni sotish bilan bog’liq chiqimlar; ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari, reklama va boshqa ishlar uchun sarflanadigan xarajatlar ham kiradi. Narxlar o’zgarmagan hollarda mahsulot Tannarxini kamaytirishga erishish korxona uchun kushimcha fonda manbaiga aylanadi. Qo’shimcha foyda esa mahsulotni sotishdan olingan tushumdan korxonaning mahsulotni ishlab chiqarish va sotish uchun sarflagan xarajatlari summasi ayirmasiga tengdir. Miyassar Boltaboyeva.