Tropiklarda ob-havo hamisha juda issiq, Quyosh esa deyarli tikka, bosh ustida bo’ladi. Jazirama kunlar suv nihoyatda ko’p bug’langani sababli namlik yil bo’yi o’ta yuqoridir. Yuksak harorat va yuqori namlik yuzlab turdagi o’simliklarning qalin o’sishiga yordam beradi. Eng baland o’simlikning bo’yi 50 — 60 metr (150 — 200 fut) ga yetadi. Ularning ostida buyi 40 metr bo’lgan daraxtlar, bu daraxtlardan ham quyiroqda esa butalar, o’tsimon o’simliklar va lishayniklar o’sadi. Daraxtlarning bunday to’pi boshichli vegetatsiya yoki ko’p qavatli o’rmon deb ataladi. Zich o’sgan daraxtlar Quyosh nuriga to’sqinlik qiladi va yerga o’tkazmaydi. Shuning uchun ham hech bir o’simlik yerga qapishib ko’karmaydi. Bunday sharoitda yorug’likka deyarli muhtoj bo’lmagan lishayniklar va yo’sinlar yashashi mumkin, xolos. Bunday o’rmonlarda tig’iz o’simliklar. Quyosh nurini to’sib qo’yib, yerga o’tkazmagani uchun ham namlik juda yuqori bo’ladi. Ba’zida namlik miqdori nihoyatda ortib ketishi oqibatida o’simliklarning yaproqlaridan tomchilar yerga tomib turadi. Shuning uchun ham bunday o’rmonlar jala o’rmonlari deb ataladi. Bunday o’rmonlar tabiatda katta ahamiyatga ega, chunki katta-katta hududlarda suv almashuvini boshharib turadi. Jala o’rmonlarida, umuman, yo’l yo’q. Butalar bir-biriga shu qadar ayqashib-uyqashib ketadiki, u yerga borib qolgan odam yo’lsiz chakalaklardan yo’l topishi qiyin kechadi. Janubiy Amerikaning Amazonka daryosi bo’ylarida joylashgan jala o’rmoni bunday tropik o’rmonlari ichida eng kattasidir. U Selva (changalzor) deb ataladi. Afsuski, bunday o’rmonlarning aksariyat qismi yangi yo’l qurish va sanoat rivojlanishiga yordam berish maqsadida kesib yuborilmoqda. Shuning uchun ko’plab ekspeditsiyalar o’rmon maydonining qisqarishi atrof muhitga qanday ta’sir qilishini o’rganish uchun selvani tadqiq qilish bilan mashg’ul.

Inson terisi har 27 kunda to’liq yangilanadi

Lasos balig’i miya faoliyati uchun o’ta foydalidir

Bodring og’izdagi hidni ketkazishda katta yordamchi hisoblanadi

Kola va Pepsi tanaga suv emas, balki kislota bo’lib kiradi

Bir kechaning o’zidayoq burun bitishini yo’q qilishning oddiy usul bor

Nonushta vaznni nazorat qilishga yordam beradi

Olimlarning aytishicha, qahvaga qo’shilgan shakar miya faoliyati uchun kuchli rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi

Agar urg’ochi tulki vafot etsa, erkak tulki o’ziga boshqa juft qidirmaydi

Agar organizimingizga bir oy davomida shakar kirmasa nima bo’ladi?
