Tuyaqush juda g’alati qush. Uning hayoti haqida ko’p qiziqarli hikoyalar yuradi, ammo ularning hammasi ham haqiqatga to’gri kelmaydi. Qo’rquvga tushgan tuyaqush boshini qumga tiqib oladi. Mana shu damda unga yaqin kelib, bemalol ushlab olish mumkin, degan fikr juda keng tarqalgan. Afsuski, hech kim buni kuzatmagan. Tuyaqush esa buni o’z-o’zidan qilavermaydi! Tuyaqush o’zini xavf ostida sezganida, yerga yotib olib, bo’ynini cho’zib, diqqat bilan kuzatadi, ayni shu hol odamlarni yuqoridagidek fikrga boshlagan bo’lsa ajab emas. Xavf yaqinlashaversa, tuyaqush boshqa qushlar singari tura qolib qochadi! Tuyaqush uchishni bilmaydi, ammo u juda tez chopadi. Uning tezligi bir soatda 80 kilometrga yetadi. Tuyaqushning barcha sifatlari «eng» so’zi bilan bog’liq: eng uchqur, eng katta, eng og’ir. Misol uchun, Afrika tuyaqushi bilan hech bir qush bas kelolmaydi. Ayrimlarining bo’yi 2,5 metr keladi va og’irligi 130 kilogrammga yetadi. Bunday og’irlikni qanotlari yordamida ko’tarish xiyla og’irlik qiladi, to’g’rimi?! Tuyaqush tuxumlari ham tuxumlar orasida eng kattasidir. Uning uzunligi 15-18 santimetr, diametri esa 13-15 santimetr keladi. Uni ertalabki nonushtaga qaynatmoqchi bo’lsangiz roppa-rossa qirq daqiqa vaqtingizni oladi. Axir unikidan kattaroq tuxum ham yo’q-da!

Amir Temur tanbehlari

Amir Temur maslahatlari

Amir Temur vasiyatlari

AMIR TEMUR O’G’LINING O’LIMI HAQIDA RIVOYAT-QISSA

Inson terisi har 27 kunda to’liq yangilanadi

Lasos balig’i miya faoliyati uchun o’ta foydalidir

Bodring og’izdagi hidni ketkazishda katta yordamchi hisoblanadi

Kola va Pepsi tanaga suv emas, balki kislota bo’lib kiradi

Bir kechaning o’zidayoq burun bitishini yo’q qilishning oddiy usul bor
