Taxminan 4000 yil burun xitoylik allaqanday baliqchi ochligini ustritsa yeb qondirmoqqa jur’at etadi. U bir nechta chig’anoqni ochadi, ayni baliqchi qahraboni birinchi bo’lib topgan odam bo’lsa ajab emas. Durlar ham ustritsa chig’anog’i ichki tomonini qoplab turgan sadaf singari bir xil moddalardan tarkib topgan. Ustritsalarning badani juda yumshoq, uni himoya qilish va badani silliq joyda turishi uchun sadaf qoplama ajratib chiqaradi. Chig’anoq ichiga biror narsa, masalan, qum zarrasi kirib qolsa, ustritsa uni sadaf bilan qatma-qat o’raydi va u durga aylanadi. Bu tabiiy holda ro’y bersa, dur juda mukammal shaklga ega bo’ladi. Ammo inson ustritsalarni dur tayyorlashga o’rgata oldi. Ustritsaning tashqi qoplamasi va chig’anoqning ichki qoplamasi o’rtasiga qum zarrasi yoki jimitday sadaf solib qo’yiladi. Ikki-uch yildan so’ng bu chig’anoqlar suvdan olib chiqilganda va ochilganda ichida dur turgan bo’ladi. Bu sun’iy dur deyiladi va uning shakli ko’pincha mukammallik kasb etmaydi. Mukammal dur tayyorlashni yaponlar o’rganib olishgan. Qo’zg’ovchi narsa ustritsa badaniga kiritiladi, bunday aytganda, ustritsa tirik qolishi uchun juda katta ehtiyotkorlik va aniqlik talab qiladigan rosmana jarrohlik operatsiyasi o’tkaziladi. Topilgan durlar orasida eng kattasining uzunligi 5 santimetr va diametri 10 santimetr bo’lgan. Tabiiy dur ancha qimmat, shu bois odamlar sun’iy durdan foydalanishadi. Fransuzlar juda chiroyli sun’iy dur tayyorlashadi. Buning uchun ular ichi bo’sh shisha munchoq olishadi va uni ayrim tur baliqlarning yaltiroq tangachalaridan olinadigan modda bilan qoplab, so’ng munchoqni mum bilan to’ldirishadi.
Ona tili 6 sinf uchun test savollari
Ona tilidan 5 sinf testlar
Avtomobil haydovchiligi uchun testlar to’plami
Avtomobil haydovchiligi uchun test savollari
Haydovchilik yo’nalishida testlar
YouTube monetizatsiyasi O’zbekistonda: qachon ishga tushadi va hozir qanday pul topish mumkin?
Sun’iy yo’ldosh interneti nima? Qanday ishlaydi va O’zbekistonda qachon bo’ladi?
NFC nima? Kontaktsiz to’lov qanday ishlaydi?
Google Pay O’zbekistonda: qanday ishlaydi va qanday ulanadi?

