Million yillar oldin yerda ulkan kaltakesaklar-dinozavrlar yashashgan. «Dinozavr» so’zi yunoncha bo’lib, kuchli, dahshatli, og’ir vaznli kaltakesak ma’nosini beradi. Biroq ko’pgina olimlar bu istiloh unchalik to’g’ri emas, degan fikr bildirishadi, chunki bahaybat kaltakesaklardan tashqari ot, quyon hatto qo’shoyoqday keladigan o’lchamdagi dinozavr qoldiqlari topilgan. Uzoq yillar dinozavrlar sayyoramizda yashagan eng birinchi hayvonlar, deb hisoblab kelindi, bu haqiqatga uncha to’g’ri kelmaydi. Yangi Zelandiyada hozir ham «ilk kaltakesak» — protozavrlarning yakkayu yagona vakili, tashqi qiyofasi dinozavrlarga qadar o’n millionlab yil burun yashagan hayvonlarning tashqi qiyofasini saqlab qolgan gatteriy yashaydi. Bizga yaxshi tanish bo’lgan toshbaqalar 200 million yil oldin paydo bo’lgan, demak, ular ham dinozavrlardan oldin yashagan. Ustiga ustak toshbaqalar bu davrda juda oz o’zgargan. Qurbaqalarning ham ko’plab turini dinozavrlarning zamondoshi, deb sanashadi. Baliqlarning bir talay turlari, masalan, akulalar, skatlar (dumi ingichka, yapaloq dengiz balig’i), ilonbaliqlar, bakrabaliqlar ham sayyoramizga dinozavrlar xo’jayinlik qilgunga qadar paydo bo’lgan. Asrimiz boshlarida Indoneziyaning Komodo orolida uzunligi 3 metrdan ziyod ulkan «ajdarholar» — echkiemar kaltakesaklar yashagani aniqlangan, ayrimlariniki (ba’zi ma’lumotlarga qaraganda) 4 — 5 metrga etgan. Hind okeanidagi Komor orollari yaqinida shokila baliq — tselakantani topishganki, uni yuz million yil oldin nobud bo’lgan, deb hisoblashadi.
ASIRIY turkiy shoir kim bo’lgan?
ASOS (matematika) haqida nimani bilasiz?
Avtomat oxur nimani anglatishini bilasizmi
Avtomatika nimani anglatishini bilasizmi
Avtoliz, autoliz nimani anglatishini bilasizmi
Avtogamiya nimani anglatishini bilasizmi
Avtofertil o’simliklar nimani anglatishini bilasizmi
Avstraliya merinosi nimani anglatishini bilasizmi
Avtoreftil nimani anglatishini bilasizmi

