1 fevral kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Butunjahon hijob kuni.
🌏 Butunjahon aspergilloz kuni.
🌏 Robinzon Kruzo kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh – Milliy qora shokolad kuni.
🇭🇺 Vengriya – Respublika e’lon qilingan kun.
🇺🇸 AQSh – Milliy Ozodlik kuni.
🇷🇼 Ruanda – Qahramonlar kuni.
🇲🇾 Malayziya – Federal hududlar kuni.
🇲🇺 Mavrikiy – Qullik bekor qilingan kun.
🇧🇬 Bolgariya – Kommunistik rejim qurbonlari xotirasi kuni.
🇳🇮 Nikaragua – Harbiy havo kuchlari kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 1186 – Ionniylar Suriyadagi Margat qal’asini egallashdi.
  • 1327 – Angliyada Eduard III qirol deb e’lon qilindi.
  • 1411 – Buyuk urush (1409—1411) bitim tuzish bilan yakunlandi.
  • 1587 – Ingliz qirolichasi Yelizaveta I Mariya Styuartni qatl etish haqidagi farmonni
    imzoladi.
  • 1662 – Tayvan Chjen Chengun qoʻliga oʻtdi.
  • 1702 – Ispan taxti uchun kurash: Kremona jangi.
  • 1709 – Tinch okeanidagi kimsasiz orolda 4 yildan ortiq yolg’iz yashagan, Robinzon Kruzoning prototipi bo’lgan dengizch i- Aleksandr Selkirk topildi.
  • 1720 – Shvetsiya va Prussiya tinchlik sulhini imzolashdi.
  • 1732 – Rossiya va Eron Resht shartnomasini imzolashdi.
  • 1742 – Sardiniya va Avstriya ittifoq shartnomasini imzolashdi.
  • 1790 – Nyu-Yorkda Oliy sud birinchi marta yig’ildi.
  • 1793 – Fransiya Angliya va Niderlandiyaga urush e’lon qildi.
  • 1810 – Sevilya (Ispaniya) fransuzlarga taslim bo‘ldi.
    Kun tarixi kanalidan olindi.
  • 1816 – Dekabristlarning
    birinchi maxfiy siyosiy jamiyatiy- “Soyuz spaseniya” tashkil topdi.
  • 1835 – Mavrikiyada qullik bekor qilindi.
  • 1865 – AQSh da qullik bekor qilindi.
  • 1908 – Lissabonda qirol Karlush I va gersog Luish Filipe terrorchilar tomonidan otib oʻldirildi.
  • 1920 – Xiva qizil askarlar tomonidan bosib olindi. Said Abdullaxon taxtdan voz kechdi.
  • 1924 – Buyuk Britaniya SSSRni rasman tan oldi.
  • 1926 – Qirg‘iziston ASSR tashkil topdi. 
  • 1930 – “Tayms” birinchi krossvordni chop etdi.
  • 1931 – Soyuzkinoning Markaziy fabrikasi (hozirgi “Mosfilm”) ochildi.
  • 1942 – Vidkun Kvisling Norvegiya Bosh vaziri boʻldi.
  • 1945 – Ikkinchi jahon urushi: Ekvador Germaniyaga urush e’lon qildi.
  • 1946 – Tryugve Li BMTning  birinchi Bosh kotibi etib saylandi.
  • 1946 – Vengriya respublika deb e’lon qilindi.
  • 1949 – Isroil g‘arbiy Quddusni rasman anneksiya qildi.
  • 1958 – Misr va Suriya Birlashgan Arab Respublikasini tuzishdi.
  • 1978 – rejissyor Roman Polanski AQShdan Fransiyaga qochib ketdi.
  • 1979 – Oyatullo Humayniy 15 yillik surgundan so‘ng Eronga qaytib keldi.
  • 1982 – Intel birinchi marta ikkinchi avlod x86 arxitekturasidagi 16-bitli protsessor – Intel 80286ni chiqardi.
  • 1992 – Rossiya-Amerika o‘rtasida sovuq urush tugagani to‘g‘risidagi deklaratsiya.
  • 1994 – Shengen kelishuvi kuchga kirdi.
  • 1994 – O‘zbekiston Respublikasi hamda Zambiya Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.
  • 2000 – Ruminiya oltin qazib olish fabrikasida sodir bo’lgan avariya tufayli juda ko’p miqdordagi zaharli siyanid moddasi Dunayga tushdi, bu ko’plab mamlakatlarda ekologik halokatga olib keldi.
  • 2001 – Koreys tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi.
  • 2003 – „Kolumbiya“ shattli halokatga uchradi.
  • 2003 – Nitsa shartnomasi kuchga kirdi.
  • 2012 – Port-Said portidagi fojia.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1402 – Eleonora Aragonskaya (1445) – Aragon malikasi, Portugaliya qirolichasi.
  • 1459 – Konrad Seltis (1508) – atoqli nemis gumanisti.
  • 1828 – Nikolay Teleshov (1895) – ixtirochi, Rossiyada samolyotning 1-proyekti va reaktiv samolyotning dunyoda birinchilardan bo‘lgan proyekti muallifi.
  • 1857 – Vladimir Bexterev (1927) – rus sovet psixiatri, nevropatolog, fiziolog, psixolog.
  • 1876 – Uilyam Xarvi Emmons – (1948) – amerikalik geolog. 
  • 1889 – Viktor Shchekin (1965) – seleksiyachi chorvador olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1959).
  • 1894 – Jon Ford (1965) – amerikalik kinorejissyor.
  • 1905 – Emilio Segre (1989) – italiya va amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1959).
  • 1906 – Nu’monbek Dolimov (1977) – geograf olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1970).
  • 1917 – Qoʻchqor Turdiyev (1992) – 2 – jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (1942). 
  • 1922 – Tachat Oganesov (1991) – rangtasvirchi rassom, Oʻzbekistonda xizmat kursatgan sanʼat arbobi (1968).
  • 1922 – Renata Tebaldi (2004) – italiyalik opera qo‘shiqchisi (lirik soprano).
  • 1924 – Bektosh Rahimov (2009) – OʻzSSR davlat arbobi, Sovet Ittifoqi mehnat qahramoni, SSSR Oliy Soveti deputati (1976-1986). 1986-yili Paxta ishi boʻyicha sudlangan.
  • 1931 – Boris Yeltsin (1931 – 2007) – Rossiya Federatsiyasining birinchi prezidenti (1991-1999).
  • 1942 – Lev Leshenko – estrada qo‘shiqchisi, RSFSR xalq artisti.
    Kun tarixi kanalidan olindi.
  • 1944 – Oydin Norboyeva – aktrisa,  Oʻzbekiston xalq artisti (1978).
  • 1947 – Mamatqul Hazratqulov – o‘zbek adibi va jurnalisti, «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist».
  • 1953 – Rahmatullayev Sirojiddin – yogʻoch oʻymakori, Oʻzbekiston xalq ustasi (2003). 
  • 1962 – Takasi Murakami – yapon rangtasvirchisi, haykaltarosh.
  • 1965 – Stefaniya – Monako malikasi, pop qo‘shiqchi.
  • 1969 – Gabriel Batistuta – argentinalik futbolchi.
  • 1990 – Nafisa Mo’minova – oʻzbek shaxmatchisi, xalqaro grossmeyster.