1 iyun kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🌍 XALQARO:

🇺🇳 BMT – Xalqaro ota-onalar kuni.
🌏 Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni.
🌏 Butunjahon sut kuni.

🔹 MILLIY:

🇺🇿 O‘zbekiston ‐ Bolalarni himoya qilish kuni.
🇹🇯 Tojikiston – Narkotik moddalarni nazorat qilish agentligi xodimlari kuni.
🇨🇦 Kanada – Milliy salomatlik va fitnes kuni.
🇹🇳 Tunis ‐ G’alaba kuni.
🇺🇸 AQSh – Milliy qora ayiq kuni.
🇺🇸 AQSh – Milliy yo’llar kuni.
🇺🇸 AQSh ‐ Milliy Prairiya kuni.
🇲🇽 Meksika ‐ Milliy dengiz kuni.
🇵🇱 Polsha – Alkogolsiz kun.
🇪🇸 Ispaniya – Qurolli Kuchlar kuni.
🇨🇻 Kabo-Verde – Yoshlar kuni.
🇲🇾 Malayziya – Yang di-Pertuan Agongning tug’ilgan kuni.
🇮🇩 Indoneziya – Pancasila kuni.
🇼🇸 Samoa – Mustaqillik kuni.
🇵🇼 Palau – Prezident kuni.
🇰🇪 Keniya – Madaraka kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 193 – Rim imperatori Mark Didiy Sever Yulian o’z saroyida o’ldirildi.
  • 1252 – Alfonso X Kastiliya va Leon qiroliga aylandi.
  • 1298 – Livoniya ordeni armiyasi va Litva Buyuk Knyazligi armiyasi o’rtasida Treyden jangi bo’lib o’tdi.
  • 1479 – Kopengagenda Daniyadagi birinchi universitet ochildi.
  • 1792 – Kentukki AQSh ning 15-shtatiga aylandi.
  • 1796 – Tennesi AQSh ning 16-shtatiga aylandi.
  • 1831 – Ingliz tadqiqotchisi Jyeyms Ross shimoliy magnit Qutbini ochdi.
  • 1862 – AQSh barcha yerlarida qullik ta’qiqlandi.
  • 1869 – Tomas Alva Edison birinchi ovozli elektr registrator ixtirosi uchun patent oldi.
  • 1922 – Oltoy viloyati tashkil topdi.
  • 1925 – “Kraysler” avtomobil kompaniyasi tashkil topdi. 
  • 1831 – Ingliz tadqiqotchisi Jyeyms Ross shimoliy magnit Qutbini ochdi.
  • 1880 – AQShning Konnektikut shtatidagi Nyu-Xayven shahrida birinchi pullik telefon apparati o‘rnatildi.
    -1935 – Angliyada haydovchilik guvohnomasi olish uchun birinchi imtihon bo’lib o’tdi.
  • 1950 – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni nishonlana boshlandi.
  • 1960 – Kanadalik hindular saylash va saylanish huquqini qo‘lga kiritishdi.
  • 1962 – G‘arbiy Samoa mustaqillikka erishdi.
  • 1965 – Mixail Sholoxov adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlandi.
  • 1967 – The Beatles Sgt. Pepper’s Lonely Hearts Club Band albomini chiqardi.
  • 1979 – Zimbabve davlati tashkil topdi.
  • 1980 – Birinchi uzluksiz informatsion kanal – CNN ish boshladi.
  • 1988 – M. S. Gorbachyov va R. Reygan tomonidan 1987-yil dekabr oyida imzolangan SSSR va AQSh o’rtasidagi IRNFT shartnomasi kuchga kirdi.
  • 1992 – Rossiya Xalqaro valyuta fondi (XVF) ning 165-a’zosiga aylandi.
  • 1995 – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Koreya Respublikasining  “DeU” kompaniyalar guruhi raisi Kim U Jung boshchiligidagi guruh a’zolarini qabul qildi. 
  • 2005 – Niderlandiya aholisi referendumda Yevropa Konstitutsiyasi loyihasini rad etishdi.
  • 2009 – Atlantika okeani ustida Air France tarixidagi eng katta aviahalokat.
  • 2011 – Bortida qochoqlar bo’lgan kema Tunis qirg’oqlari yaqinida halokatga uchradi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1771 – Ferdinando Paer (1839) – Italyan kompozitori.
  • 1796 – Sadi Karno (1832) – Termodinamika asoschisi, fransuz fizigi.
  • 1804 – Mixail Glinka (1857) – bastakor, rus mumtoz musiqasi asoschisi.
  • 1892 – Omonullaxon (1960) – Afg‘oniston qiroli (1919-1929).
  • 1906 – Ahmedov Hojiakbar (1980) – O’zbek xonandasi (bariton) va aktyori, O’zbekiston xalq hofizi (1939).
  • 1926 – Merilin Monro (1962) – amerikalik aktrisa, qo‘shiqchi va model.
  • 1929 – Nargis (1981) – taniqli hind aktrisasi.
  • 1937 – Morgan Frimen – Gollivud kinoyulduzi, aktyor, rejissyor, suxandon.
  • 1948 – Qadamboy Rahimov – dirijyor, bastakor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1991).
  • 1965 – Larisa Lazutina – sovet va rus chang‘i ustasi, besh karra olimpiada, ko‘p karra jahon chempioni.
  • 1965 – Neyjel Short – ingliz shaxmatchisi, grossmeyster.
  • 1970 – Paula Malkomson – Shimoliy Irlandiyalik aktrisa.
  • 1979 – Markus Persson – shved dasturchisi, Minecraft asoschisi.
  • 1982 – Jyustin Enen Erden – Belgiyalik mashhur raketka ustasi.
  • 2000 – Uillou Shilds – amerikalik aktrisa.