10 fevral kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 BMT – Butunjahon dukkakli ekinlar kuni.
🇺🇳 Xalqaro Arab Leopardi kuni.
🌏 Butunjahon kino kuni.
🌏 Dazmolning tug‘ilgan kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh – Milliy soyabon kuni.
🇪🇷 Eritreya – Fenkil kuni.
🇷🇺 Rossiya – Aleksandr Pushkin xotirasi kuni.
🇨🇳 Xitoy – Xitoy yangi yili.
🇮🇶 Iroq – Kurd yozuvchilari kuni.
🇮🇹 Italiya – Foyba qurbonlari xotirasi kuni.
🇩🇪 Germaniya – Bolalar hospisi kuni.
🇹🇭 Tailand – Ko‘ngillilar mudofaa korpusi kuni.
🇷🇺 Rossiya – Diplomatik xodimlar kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 754 – Ieri cherkov ierarxlari sobori (ikonoklastik) ochildi.
  • 1074 – Devonu Lug’atut Turk Mahmud Qoshg‘ariy tomonidan tamomlandi.
  • 1258 – Xuloku boshchiligidagi moʻgʻullar Bagʻdodni bosib olib, Abbosiylar saltanatiga chek qo‘yishdi.
  • 1354 – Avliyo Sxolastika kuni talabalar va aholi o‘rtasidagi to‘qnashuv.
  • 1636 – Dazmolning tug‘ilgan kuni.
  • 1763 – Fransiya va Ispaniya o’rtasida Yetti yillik urushni nihoyasiga yetkazgan Parij shartnomasi tuzildi.
  • 1772 – Frans Jozef I fon Lixtenshteyn Lixtenshteyn knyaziga aylandi.
  • 1784 – Yekaterina II ning farmoniga binoan Qrimdagi port va qal’a Sevastopol nomini oldi.
  • 1828 – To’rtta ingliz cho’poni Tasmaniya shimolidagi Keyp Grimda 30 dan ortiq Tasmaniyalik tinch aholini o’ldirishdi.
  • 1841 – Napoleonning Olti kunlik urushi: rus qo‘shinlari korpusi tor-mor qilindi.
  • 1837 – Duelda olgan og‘ir jarohati oqibatida Pushkin vafot etdi. 
  • 1841 – “Britaniya Shimoliy Amerikasi to‘g‘risidagi Akt” rasman e’lon qilindi. Yagona Kanada provinsiyasi tuzildi.
  • 1846 – Birinchi ingliz-sikx urushi boshlandi.
  • 1906 – «Dreadnought» («Qo’rqmas») ingliz jangovar kemasi suvga tushirildi. O’z davrining eng yaxshi kemasi edi.
  • 1918 – Usmoniy podshohi sulton Abdulhamid 76 yoshda olamdan o’tdi.
  • 1920 – Putskda Polshani dengiz bilan tutashtirish marosimi boʻldi.
  • 1931 – Dehli Hindistonning poytaxtiga aylandi.
  • 1939 – Sirdaryo viloyatidagi Sirdaryo, Farg’ona viloyatidagi Dang’ara tumanlari tashkil etildi.
  • 1939 – Ispaniyada fuqarolar urushi: General Franko qo’shinlari Kataloniyani egallab, Respublikachilar Ispaniyadan Fransiya chegarasiga chiqishdan mahrum bo‘ldilar.
  • 1940 – „Tom va Jerri“ multfilmi ekranga chiqdi.
  • 1943 – umumxalq hashari yo‘li bilan Farhod GES qurilishi boshlangan.
  • 1945 – S-13 suvosti kemasi „General fon Shtoyben“ kemasini choʻktirib yubordi.
  • 1947 – Parijda Ikkinchi jahon urushida g’olib bo’lgan davlatlar va fashistlar Germaniyasining sobiq ittifoqchilari Italiya, Ruminiya, Vengriya, Bolgariya va Finlyandiya o’rtasida tinchlik shartnomalari imzolandi (1947-yil 15-sentyabrda kuchga kirgan).
  • 1962 – Sovet razvedkasi zobiti Rudolf Abelning amerikalik uchuvchi Frensis Pauer bilan almashishi.
  • 1986 – Palermoda Sitsiliya mafiyasi ustidan yirik sud jarayoni boshlandi.
  • 1992 – AQSh Harbiy havo kuchlari MDH mamlakatlariga Amerika gumanitar yordamini yetkazib berishni boshladi (“Umid ulashish” operatsiyasi).
  • 1994 – Braziliya kosmik agentligi tashkil etildi.
  • 1995 – Olmaotada MDHning oʻnta davlati MDHning havo hujumidan mudofaa qoʻshma tizimini yaratish toʻgʻrisida shartnoma imzoladi.
  • 1996 – Garri Kasparov va IBMDeep Blue superkompyuteri o‘rtasida birinchi shaxmat o‘yini boshlandi.
  • 1997 – “Hamshira” jurnalining 1-soni nashrdan chiqdi.
  • 1998 – Ozarbayjonda o‘lim jazosi bekor qilinib, umrbod qamoq jazosiga almashtirildi.
  • 1998 – Bosniya va Gersegovinaning madhiyasi qabul qilindi.
  • 2005 – KXDR Tashqi ishlar vazirligi birinchi marta mamlakatda yadro quroli yaratilganini ochiq e’lon qildi.
  • 2006 – Shohlar vodiysida sarkofagi topildi
  • 2006 – Turin shahrida (Italiya) XX qishki Olimpiya o’yinlari ochildi.
  • 2009 – Yer orbitasida butun kosmanavtika tarixida birinchi marta ikkita sun’iy yo‘ldosh to‘qnashib ketdi.
  • 2013 – Monakoda parlament saylovlari.
  • 2015 – Chapel Hillda (AQSh) talabalarning o‘ldirilishi.
  • 2015 – Donbassdagi urush paytida Kramatorskning o’qqa tutilishi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1585 – Anjelo Karoselli (1652) – italyan barokko rassomi.
  • 1696 – Iogann Melchior Molter (1765) – nemis bastakori, barokko va ilk klassik davrlarning skripkachisi.
  • 1775 – Charlz Lamb (1834) – ingliz shoiri va adabiyotshunosi, esselar ustasi.
  • 1808 – Georg Veber (1888) – nemis tarixchisi va filologi.
  • 1835 – Viktor Genzen (1924) – nemis zoologi, plankron atamasini fanga kiritgan.
  • 1869 – Jalil Mammadqulizoda (1932) – ozarbayjon yozuvchisi, dramaturgi, jurnalisti va ijtimoiy xodimi. 
  • 1881- Boris Zaytsev (1972) – rus yozuvchisi, tanqidchi va adabiyotshunos.
  • 1890 – Boris Pasternak – rus va sovet shoiri va yozuvchisi, Nobel mukofoti sohibi (1958).
  • 1897 – Jon Franklin Enders (1985) – amerikalik virusolog, Nobel mukofoti sohibi (1954).
    Kun tarixi kanalidan olindi
  • 1897 – Shamsiyev Porso (1972) – navoiyshunos va matnshunos olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1972).
  • 1898 – Brext Bertold ( 1956) – nemis yozuvchisi, rejissyor.
  • 1899 – Javdot Sunoy (1982) – Turkiyaning 1966 – 1973-yillardagi prezidenti.
  • 1902 – Uolter Bratteyn (1987) – amerikalik fizik, tranzistorni yaratganlardan biri, Nobel mukofoti sohibi (1956).
  • 1908 – Boris Zeydman (1981) – bastakor, O‘zbekiston xalq artisti.
  • 1922 – Jalilov Ikrom – huquqshunos olim. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1990).
  • 1923 – Chang Che – xitoylik ssenariynavis va rejissyor.
  • 1928 – Normuhammad Xudoyberdiyev (2011) – OʻzSSR Ministrlarsoveti raisi (1971-1984).
  • 1933 – Husniddin Sharipov – O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi. 
  • 1938 – Jorj Vayner – sovet yozuvchisi va jurnalisti, taniqli detektivlarning muallifi.
  • 1947 – Sultonov Mo‘min – ganchkor usta, O‘zbekiston xalq ustasi (2000).
  • 1952 – Erkin Usmon – o‘zbek yozuvchisi, tarjimon.
  • 1952 – Mo‘minov Qobul – usta chilangar, O‘zbekiston qahramoni (2001). 
  • 1960 – Shayx Abdurahmon As-Sudays – Makka shahridagi Masjidul-Haromning imom xatibi, dunyodagi eng mashhur qoriylardan biri.
  • 1962 – Klifford Li Burton – amerikalik musiqachi, “Metallika” guruhining asoschilaridan.
  • 1967 – Laura Dern – amerikalik kinoaktrisa. 
  • 1974 – Elizabeth Irene Banks – amerikalik aktrisa, rejissor va produser. 
  • 1991 – Emma Rose Roberts – amerikalik aktrisa va qoʻshiqchi.
  • 1997 – Xloya Greys Morets – amerikalik aktrisa va model.