? BAYRAMLAR:
? Butunjahon Parkinson kasalligi haqida xabardorlik kuni.
? Xalqaro fashist kontsentratsion lagerlarining asirlarini ozod qilish kuni.
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? Kosta-Rika – Xuan Santamariya kuni.
?? AQSh – Uy hayvonlari kuni.
?? AQSh – Milliy suv osti kemalari kuni.
? VOQEALAR:
- 217 – Makrin Rim imperatori bo’ldi.
- 1147 – «Moskva» so’zi birinchi marta qayd etilgan.
- 1241 – Shayo daryosidagi jang: Vengriya qiroli Bela IV Xon Batu tomonidan butunlay tor-mor qilindi.
- 1370 – Amir Temur rasman butun Movarounnahr amiri deb e’lon qilindi. Temuriylar davlati tashkil topdi.
- 1512 – Ravenna jangi.
- 1713 – Uterxt tinchlik shartnomasi tuzildi.
- 1822 – Gretsiyadagi Xios qirg’ini.
- 1857 – Imperator Aleksandr II Rossiyaning davlat gerbi – ikki boshli burgutni tasdiqladi.
-1868 – Yaponiyada syogunlik tugatildi. - 1894 – Buyuk Britaniya Uganda ustidan o‘z protektoratini e’lon qildi.
- 1899 – Ispaniya Puero-Riko orolini AQShga berdi.
- 1905 – Eynshteyn vaqt, joy va harakat qoidalarining bir-biriga bog’liq nisbiy voqealar ekanligi haqidagi teoriyasini butun dunyoga e’lon qildi.
- 1909 – Tel-aviv shahri tashkil topdi.
- 1919 – Ijtimoiy adolatni va millatlararo tinchlikni ta’minlash maqsadida «Xalqaro mehnat tashkilot» tuzildi.
- 1927 – Belorusiya konstitutsiyasi qabul qilindi.
-1945 – Buxenvald lagerlaridagi tutqunlar isyon ko‘tarib ozod bo‘lishdi. - 1963 – Aleksey Mishurin va Nikolay Litusning “Benzokolonka malikasi” kinokomediyasi ekranlarga chiqdi.
- 1983 – Qizil kitobga kiritilgan noyob quyon turi sutatga olindi.
- 2002 – Venesuelada davlat to‘ntaruviga urinish.
- 2008 – Vashingtongda jurnalistika va yangiliklar muzeyi yangi qurilgan binoda ochildi.
- 2017 – Windows Vista operatsion tizimi uchun kengaytirilgan texnik yordamning tugatilishi.
- 2018 – Jazoirda Il-76 halokati, 257 kishi halok bo’ldi, bu aviatsiya tarixidagi eng yirik falokatlardan biri.
- 2021 – Minnesota shtatida Dante Raytning o’ldirilishi.
? TAVALLUDLAR:
- 146 – Lyusiy Septimiy Sever (211) – Rim imperatori (193—211).
- 1755 – Jeyms Parkinson (1842) – ingliz kimyogari, geolog va shifokor, hozirda Parkinson kasalligi deb nomlangan kasallikka ta’rif bergan.
- 1810 – Genri Kresvik Roulinson (1895) – ingliz sharqshunosi va diplomati, ossuriyashunoslik asoschilaridan biri, Qadimgi fors va Ossuriya-Bobil mixxatlarini oʻqishga hissa qoʻshgan, Behistun bitiklarini oʻqigan.
- 1891 – Sergey Prokofev (1970) – rus kompozitori.
- 1945 – Dyunova Vera – voleybolchi, ikki karra olimpiada chempioni, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi (1995), xizmat ko’rsatgan sport ustasi (1968).
- 1905 – Attila József (1937) – vengriyalik shoir.
- 1935 – Shukrulla Yoʻldoshev – mexanik olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1992).
- 1950 – Abduvali qori Mirzayev (bedarak yoʻqolgan) – 1989-1995-yillarda Andijon viloyati bosh imom-xatibi, Oʻzbekistondagi taniqli imomlardan biri boʻlgan.
Kun tarixi kanalidan olindi - 1953 – Endryu Uayls – angliya va amerikalik matematik, sonlar nazariyasi boʻyicha ishlari bilan tanilgan.
– 1982 – Sharof Muqimov – xonanda va aktyor. - 1983 – Ennaleyna Marks (haqiqiy ismi Enn Elayn Markli) – amerikalik kino va televideniye aktrisasi, fotomodel, kaskadyor.
- 1983 – Jennifer Xeyl – kanadalik fristaylchi, Olimpiya chempioni (2006), 4 karra jahon chempioni.
- 1985 – Adiljon Tulendiboyev – oʻzbek dzyudochi – paralimpiyachisi, 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari chempioni, Yozgi Para-Osiyo oʻyinlari chempioni.