11 fevral kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 BMT – Xalqaro fan sohasidagi xotin-qizlar kuni.
🌏 Butunjahon bemorlar kuni.
🌏 Butunjahon nikoh kuni.
🌏 Paroxodning tug‘ilgan kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇳🇴 Norvegiya – Onalar kuni.
🇵🇭 Filippin – Evelio Xaver kuni.
🇵🇱 Polsha – O’rmon hayvonlarini oziqlantirish kuni.
🇺🇸 AQSh – Oq ko’ylak kuni.
🇺🇦 Ukraina – FHDYo xodimlari kuni.
🇺🇸 AQSh – Milliy ixtirochilar kuni.
🇦🇿 Ozarbayjon – Soliq xizmati xodimlari kuni.
🇩🇰 Daniya – Kopengagenga hujum kuni.
🇻🇦 Vatikan – Lateran shartnomasi kuni.
🇱🇷 Liberiya – Qurolli kuchlar kuni.
🇯🇵 Yaponiya – Davlat tashkil topgan kun.
🇨🇲 Kamerun – Yoshlar kuni.
🇮🇷 Eron – Islom inqilobi kuni.

👉 VOQEALAR:

  • mil. av. 660 – Yaponiya davlati tashkil topdi.
  • 244 – Mesopotamiyada Filipp Arab buyrug’i bilan Rim imperatori Gordian III yashirincha o’ldirildi.
  • 1573 – Gugenotlar urushi: katoliklar qo‘shini La-Roshel qal’asini qamal qilishdi.
  • 1659 – Daniya-Shved urushi: Shvedlar Kopengagenga muvaffaqiyatsiz hujum qildilar.
  • 1697 – Pyotr I farmoni bilan tamaki sotishga ruxsat berildi
  • 1727 – Ingliz-ispan urushi: Gibraltar qamali boshlandi.
  • 1809 – Robert Fulton paroxodga patent oldi.
  • 1829 – Tehronda rus elchixonasidagi qirg‘in. Griboyedovning o‘ldirilishi.
  • 1849 – Rim Respublikasi tuzilganligi eʼlon qilindi.
  • 1896 – Sankt-Peterburgda figurali uchish boʻyicha jahon chempionati boshlandi.
  • 1889 – Yaponiyada Meydzi konstitutsiyasi qabul qilindi.
  • 1900 –  Angliya-Boer urushi: ingliz qo’shinlari Paadebergda hujumga o‘tib, Orange respublikasi armiyasini o’rab olishdi va taslim bo’lishga majbur qilishdi.
  • 1904 – Chemulpodagi jang.
  • 1918 – Xalq Komissarlari Sovetining Ishchilar va Dehqonlar Qizil flotini (RKKF) tashkil etish to’g’risidagi dekreti.
  • 1920 – Shpitsbergen traktati imzolandi.
  • 1927 – O‘zbekistondagi ommaviy radiostansiya ishga tushirildi.
    1928 – Sankt-Morits shahrida (Shveytsariya) II Qishki Olimpiya o’yinlari ochildi.
  • 1937 – «Madaniyat ordeni» ta’sis etildi – Yaponiyaning madaniyat sohasidagi yutuqlari uchun beriladigan ordeni.
  • 1938 – Litva Respublikasi Seymi Litva uchinchi Konstitutsiyasini qabul qildi. 1938-yil 12-mayda kuchga kirgan.
  • 1959 – Arabiston yarim orolining janubiy qismida bir nechta Britaniya mustamlakalaridan Janubiy Arab Amirliklari Federatsiyasi tashkil etildi.
  • 1960 – Johan Woodward ismi Gollivuddagi Yulduzlar yoʻlagiga yozildi.
  • 1970 – Yaponiyaning birinchi sun’iy Yer sun’iy yo’ldoshi «Osumi» orbitaga chiqarildi.
  • 1973 – Buyuk Britaniya va Fransiya Germaniya bilan diplomatik aloqalar oʻrnatdi.
  • 1991 – Gaagada vakolatli tashkiloti bo’lmagan millatlar va xalqlar tashkiloti tuzildi. Islandiya Litva mustaqilligini birinchi bo’lib tan oldi.
  • 1992 – “Yoshlik” talabalar shaharchasi mustaqil hudud sifatida tashkil etilgan kun.
  • 1993 – Kitob baland tog‘ rasadxonasi majmuasi tashkil etildi.
  • 1994 – Nukusda Orol muammosiga bag’ishlangan xalqaro anjuman boʻlib oʻtdi.
  • 2006 – Nemis arxeologlari Shanliurfa shahridagi Gobeklitepeda insoniyat tarixining eng qadimiy shakli deb ta’rif etilgan va hozirgi kunda ishlatilayotgan yozuvning dastlabki variantini kashf etdilar. 
  • 2009 – Polshada harbiy majburiyatni bekor qilish haqidagi qonun kuchga kirdi.
  • 2011 – Misrda inqilob: Misr prezidenti Husni Muborak iste’foga chiqdi va hokimiyatni Qurolli Kuchlar Oliy Kengashiga topshirdi.
  • 2016 – Gravitatsion to’lqinlarning eksperimental kashfiyoti e’lon qilindi.
  • 2018 – Moskva viloyatida An-148 yo’lovchi samolyoti halokatga uchradi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 967 – Mahmud Gʻaznaviy (1030) – Turkiy davlat arbobi va harbiy sarkarda, G‘aznaviylar davlati hukmdori (998—1030).
  • 1261 – Otton III (1312) – Bavariya gersogi (1290-1312, Vengriya qiroli (1305-1307).
  • 1624 – Lambert Dohmer (1700) – niderlandiyalik barokko rassomi va chizmachisi.
  • 1800 – Uilyam Genri Foks Talbot (1877) – ingliz fizigi va kimyogari, fotografiya ixtirochilaridan.
  • 1847 – Tomas Edison (1931) – butun dunyoga mashhur amerikalik ixtirochi, tadbirkor.
  • 1898 – Leo Silard (1964) – amerikalik fizik, yadro reaktorini yaratuvchilardan biri.
  • 1902 – Lyubov Orlova (1975) – teatr va kino aktrisasi, raqqosa, SSSR xalq artisti.
  • 1917 – Juzeppe de Santis (1997) – italiyalik kinorejissyor, ssenariynavis.
  • 1917 – Sidni Sheldon (2007) – amerikalik yozuvchi, ssenariynavis.
  • 1924 – Fayzullaev Jorulla (1992) – gidromexanik olim, O‘zbekiston FA muxbir a’zosi(1974).
  • 1930 – Valya Kotik (1944) – II jahon urushining yosh partizani, razvedkachi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (1958).
  • 1964 – Arkadiy Voloj –  “Yandeks” – kompaniyalar guruhi tashkilotchilaridan biri, uning bosh direktori.
    Kun tarixi kanalidan olindi
  • 1969 – Jennifer Joanna Aniston – amerikalik aktrisa, produser va tadbirkor ayol.
  • 1973 – Jeon Do-yeon – koreyalik aktrisa. 
  • 1975 – Tulyakov Timur – bokschi, «Oʻzbekiston iftixori» (1998). 
  • 1976 – Rikardo Pereyra – professional futbolchi, darvozabon.
  • 1977 – Mike Shinoda – “Linkin Park” musiqiy guruhining ishtirokchisi.
  • 1981 – Liliya Doʻsmetova – Oʻzbekiston yengil atletikachisi, nayza uloqtirish boʻyicha ixtisoslashgan. 
  • 1983 – Rafael van der Vart – niderlandiyalik futbolchi.
  • 1987 – José María Callejón – ispaniyalik oʻyinchi, Madridning „Real“ jamoasi qanot yarimhimoyachisi va hujumchisi.
  • 1992 – Taylor Lotner – amerikalik kinoaktyor.
  • 1993 – Pyotr Yan – rossiyalik aralash jang san’ati ustasi, yengil vazn toifasuda UFC ning hozirgi chempioni.
  • 1996 – Daniil Medvedev – rossiyalik tennischi, US Open g’olibi (2021).
  • 1997 – Firdavsbek Ulug’bek – oʻzbek paralimpiyachi suzuvchisi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 
  • 1997 – Rose – yangi zelandiyalik qo’shiqchi, model, Janubiy Koreyaning Blackpink guruhi a’zosi.
  • 1999 – Fotimaxon Amilova – oʻzbek paralimpiyachi suzuvchisi.