11 mart kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Islom dunyosida Ramazon oyi ro‘zasi boshlanishi.
? Butunjahon musulmon madaniyati va kinosi kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? AQSh, ?? Kanada – COVID-19 kuni.
?? Tojikiston – Matbuot kuni.
?? Rossiya – Giyohvand moddalarni nazorat qilish organlari kuni.
?? Avstraliya – Mehnat kuni.
?? Lesoto – Qirol Moshoeshoe I yubileyi.
?? Turks va Kaykos orollari, ?? Tuvalu – Hamdoʻstlik kuni.
?? Litva – Mustaqillik qayta tiklangan kun (1990).

? VOQEALAR:

  • 105 – Say Lun bambuk poyalaridan qo‘g‘oz olishga muvaffaq bo‘ldi.
  • 1669 – Italiyada Etna vulqonining eng katta otilishi sodir bo’ldi.
  • 1682 – Karl II Chelsida askarlar uchun gospitalga asos soldi.
  • 1702 – Birinchi ingliz tilidagi kunlik gazeta “The Dailu Courant” chop etildi.
  • 1702 – Pyotr I farmoniga ko‘ra Rossiyaning 40 ta shahrida o‘g‘il bolalar uchun boshlang‘ich maktablar ochildi.
    -1744 – Londonda „Sotheby’s“ auksion uyi ochildi.
  • 1811 – Nottigemda mashinaga qarshilar – ludditlar qo‘zg‘oloni boshlandi.
  • 1824 – AQShda Hindular ishlari bo’yicha byuro tashkil etildi.
  • 1835 – Kanadada birinchi qog‘oz pullar chiqarildi.
  • 1861 – Amerika janubiy shtatlar Konfederatsiyasi konstitutsiyasi qabul qilindi.
  • 1869 – Xitoyda fransuz tabiatshunosi sovg’a sifatida noma’lum hayvon – panda terisini oldi.
  • 1879 – Yaponiya Ryukyuni anneksiya qildi.
  • 1912 – Tojik tilidagi birinchi gazeta – “Buxoroi sharif” chop etildi.
  • 1918 – Sovet hukumati Petrograddan Moskvaga ko’chib o’tdi.
  • 1918 – AQShda “ispan grippi”ning birinchi qayd etilgan to‘lqini.
  • 1931 – SSSRda Bibliyani olib kirish va sotish ta’qiqlandi.
    -1938 – Avstriya Germaniyaga ittifoqchi boʻldi.
  • 1941 – AQSHda lend-liz haqida qonun qabul qilindi.
  • 1941 – Namangan viloyati tashkil etildi.
  • 1970 – Pablo Pikasso Barselonadagi muzeyga o‘zining 800 ta asarini sovg‘a qildi.
  • 1985 – M. S. Gorbachyov KPSS MQ Bosh sekretari etib saylandi.
  • 1990 – Litva respublika mustaqilligi tiklanganligini eʼlon qildi.
  • 1998 – Hindistonda balandligi 19 metr bo’lgan eng katta kaktus topildi.
    -2004 – Madridda terroristik xurujlar sodir etildi. 191 ta qurbon.
  • 2011 – Yaponiyada zilzila sodir boʻldi.
  • 2017 – Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu Niderlandiyaga kiritilmadi. 
  • 2020 – Xalqaro Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti koronavirus pandemiya degan xulosaga keldi.
  • 2020 – Oʻzbekiston Respublikasining “Oliy darajali “Doʻstlik” ordenini tasis etish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1544 – Torkvato Tasso (1595) – italyan shoiri.
  • 1726 – Vasiliy Chichagov (1809) – rus dengizchisi va flot qo‘mondoni.
  • 1811 – Urben Jan Jozef Leverye (1877) – fransuz astronomi, noma’lum sayyora (Neptun) ning orbitasini hisoblab chiqqan olim.
  • 1822 – Jozef Lui Fransua Bertran (1900) – fransuz matematigi.
  • 1890 – Vanivar Bush (1974) – amerikalik olim, muhandis, analog kompyuterlar yaratuvchisi, fan tashkilotchisi.
  • 1884 – Umar Sayfiddin – turk hikoyachiligining mumtoz vakili.
  • 1906 – Zino Davidoff (1994) – shvetsariyalik sanoatchi, mashhur “Davidoff” firmasi va brendining asoschisi.
  • 1920 – Nikolas Blumberg (2017) – amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1981).
  • 1931 – Rupert Myordok – yirik medamagnat, ishbilarmon.
  • 1941 – Dildorbek Rahmonov (1941) – Qirgʻiziston jamoat arbobi, Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrining artisti, jurnalist va shoir.
  • 1952 – Duglas Noel Adams (2001) – ingliz yozuvchisi.
  • 1954 – Nazar Shukur (1985) – shoir, tarjimon.
  • 1961 – Muhammad ibn Zayd ibn Sulton al Nahayon – Abu-Dabi amiri va Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti (2022-yildan).
  • 1963 – Mardon Mavlonov – estrada xonandasi (lirik tenor), Oʻzbekiston (1999) va Tojikiston (2000) xalq artisti.
  • 1978 – Didye Drogba – kot’divuarlik futbolchi.
  • 1985 – Yelena Berkova – rossiyalik aktrisa, qo‘shiqchi va teleboshlovchi.
  • 1988 – Fábio Alexandre da Silva Coentrão – portugaliyalik futbolchi, Portugaliya terma jamoasi himoyachisi.