? BAYRAMLAR:
? Xalqaro o’simliklarni qadrlash kuni.
? Butunjahon sarkoidoz haqida xabardorlik kuni
? Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari – Yangi Yil.
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? Slovakiya – Nohaq javobgarlikka tortilgan shaxslar kuni.
?? AQSh – Tomas Jeffersonning tug’ilgan kuni.
?? Rossiya – Homiylar va xayriyachilar kuni.
?? Ukraina – Harbiy-sanoat majmuasi xodimlari kuni.
?? Ekvador – O‘qituvchilar kuni.
?? Polsha – Katin qurbonlarini xotirlash kuni.
? VOQEALAR:
- 1111 – Genrix V Muqaddas Rim imperiyasi tojini kiydi.
- 1204 – To’rtinchi salib yurishi qatnashchilari tomonidan Konstantinopolning qo’lga olinishi va talon-taroj qilinishi.
- 1598 – Nant edikti imzolandi. Fransiyada diniy urushlar tugadi.
- 1640 – Angliyada Qisqa parlament yig’ilishi.
- 1829 – Emansipatsiya akti Angliya parlamenti tomonidan qabul qilindi, u katoliklarga din erkinligini berdi.
- 1902 – Sankt- Peterburgda Rossiyada birinchi trolleybus sinovdan o’tkazildi.
- 1919 – Bavar Respublikasi tashkil topdi (1-maygacha).
- 1919 – Koreya Respublikasining Muvaqqat hukumati tashkil etildi.
- 1923 – Londonda Uembli stadionining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
- 1941 – Hujum qilmaslik to’g’risidagi Sovet-Yapon paktining imzolanishi.
- 1944 – Simferopol Nemis bosqinchilaridan ozod etildi.
- 1953 – AQSH MRB odam ongini boshqarish dasturini ishlab chiqdi.
- 1962 – Mashhur “Bitlz” guruhi keng jamoatchilikka tanishtirildi.
- 1970 – Kosmosdagi avariya: Apollon 13 da kislorod bakining portlashi.
- 1975 – Chadda davlat to’ntarishi.
- 1987 – Portugaliya Xitoy ixtiyoriga Makaoni berdi.
- 1990 – TASS hisoboti: Katin o’rmonidagi fojia uchun NKVD o‘z javobgarligini tan oldi.
- 1994 – «Oʻzbekinvest» eksportimport milliy sugʻurta kompaniyasi tashkil etildi.
- 2013 – Denpasarda Boeing 737 halokati: qo’nish vaqtida Lion Air samolyoti uchish-qo’nish yo’lagidan chiqib ketdi va dengizga quladi, 46 kishi jarohat oldi.
? TAVALLUDLAR:
- 1506 – Pyer Favr (1546) – iyezuit ordeni asoschilaridan biri.
- 1519 – Yekaterina Medichi (1589) – Fransiya qirolichasi(1547-1559).
- 1743 – Tomas Jefferson (1826) – AQShning 3-prezidenti (1801—09), davlat kotibi (1790-93), vitse prezident (1797-1801), AQSh Mustaqillik deklaratsiyasi loyihasi muallifi.
- 1892 – Robert Uotson-Uatt (1973) – shotland fizigi, radar qurilmasi ixtirochisi (1935).
- 1906 – Semyuel Bekket (1989) – irlandiyalik shoir, dramaturg va romannavis, modernizm vakili, Nobel mukofoti sohibi (1969).
Kun tarixi kanalidan olindi - 1918 – Lola Abdullayeva – teatr rassomi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1964).
- 1933 – Anvar Qosimov (2020) – yetakchi sovet, oʻzbek sharqshunos, hindshunos, turkshunos olimi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiyi.
- 1936 – To‘lqin Tojiyev (2008) – aktyor, dublyaj ustasi, O‘zbekiston xalq artisti.
- 1939 – Sheymas Xini (2013) – irland yozuvchisi, shoir va tarjimon, Nobel mukofoti sohibi (1995).
- 1939 – Pol Sorvino – amerikalik kinoaktyor.
- 1941 – Maykl Styuart Braun – amerikalik genetik, Nobel mukofoti laureati (1985).
- 1955 – Irina Xakamada – rossiyalik iqtisodchi, siyosatch, jurnalist.
- 1960 – Rudi Fyoller – taniqli nemis futbolchisi va murabbiy.
- 1963 – Garri Kasparov – mashhur shahmat ustasi, 13-jahon chempioni.
- 1975 – Tatyana Navka – rossiyalik figurali uchish ustasi, jahon (2004,2005) va olimpiya (2006) chempioni.
- 1993 – Xanna Marks – amerikalik kino va televideniye aktrisasi.
- 2000 – Nancy – Koreyalik amerikalik qo’shiqchi, aktrisa va boshlovchi.