? BAYRAMLAR:
?? Butunjahon radio kuni.
? O‘zini sevish kuni.
? Kinokamera tug’ilgan kun.
? Internetdagi do’stlar kuni.
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? Armaniston – Terendez bayrami.
?? AQSh – Milliy Tortellini kuni
?? Filippin – Paranake kuni.
?? Myanma – Bolalar kuni.
?? Qatar – Milliy sport kuni.
? VOQEALAR:
- 1241 – Mo‘g‘ullar Polshaga bostirib kirishdi.
- 1633 – Galileo Galiley inkvizitsiya sudi uchun Rimga keldi.
- 1689 – Angliyada Sharafli inqilob.
- 1739 – Eron shohi Nodirshoh Hindistonga hujum qildi.
-1784 – Rossiya tarkibida Qrim tashkil topdi. - 1842 – Nikolay I Sank-Peterburg – Moskva temir yo‘lini qurish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi.
- 1858 – Ingliz tadqiqotchilari Tanganika ko‘lini topishdi.
- 1859 – Moskvada birinchi ayollar gimnaziyasi ochildi.
- 1895 – Aka-uka Lyumerlar kinoapparat uchun patent olishdi.
- 1902 – Shamaxida sodir bo’lgan zilzila uch mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo’ldi.
- 1925 – Buxoroda maxsus qurilgan Xalq uyida Sovetlarning I umumo‘zbek qurultoyi ochildi. Unda “O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi
tuzilgani to‘g‘risidagi deklaratsiya” qabul qilindi. - 1937 – Parijda afsonaviy josus ayol – Mata Xari qamoqqa olindi.
- 1931 – SSSR Inqilobiy kengashi Tokarev to‘pponchalaridan (TT) mingta ishlab chiqarishga qaror qildi.
- 1945 – Drezden shahri bombardimon qilindi.
- 1946 – Amerikalik harbiylar birinchi raqamli kompyuter yaratishganini e’lon qilishdi.
- 1975 – Shimoliy Kipr Turk Federativ davlati tuzilgani e’lon qilindi.
- 1980 – Leyk-Plesidda (AQSh) XIII qishki olimpiya o‘yinlari ochildi.
- 1988 – Kalgarida (Kanada) XV qishki olimpiya o‘yinlari ochildi.
- 1996 – Nepalda qirollik hokimiyatiga qarshi Nepal Kommunistik partiyasi (maochilar) «xalq urushi» ni boshladi.
- 1997 – O‘zbekiston va Mali o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.
- 2001 – Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tashkil etildi.
- 2004 – Dohada (Qatar) suiqasd natijasida Checheniston Ichkeriya Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Zelimxan Yandarbyev vafot etdi.
? TAVALLUDLAR:
- 1743 – Ser Jozef Benks (1820) – ingliz tabiatshunosi, botanik.
- 1769 – Krilov Ivan (1844) – rus shoiri, masalchi, publisist, noshir.
- 1873 – Fyodor Shalyapin (1938) – buyuk opera xonandasi.
- 1883 – Yevgeniy Vaxtangov (1922) – rus va sovet teatr aktyori, rejissyor, pedagog.
- 1901 – Sayfi Olimov (1984) – aktyor, rejissyor, o‘zbek teatri tashkilotchilaridan biri, O‘zbekiston xalq artisti.
- 1903 – Jorj Simenon (1989) – belgiyalik yozuvchi, detektiv janri ustasi.
- 1910 – Uilyam Bredford Shokli (1989) – amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1965).
- 1911 – Hasan Po‘lat (1942) – o‘zbek adibi.
- 1913 – Badal Nurmuhamedov (1991) – aktyor, rejissyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1990).
- 1913 – Xolid ibn Abdulaziz as-Saud (1982) – Saudiya Arabiston qiroli (1975-1982).
- 1916 – Shamsiddinov Fazliddin (1980) – dirijyor, O’zbekiston (1965) va Qoraqalpog’iston 1973) xalq artisti.
- 1947 – Tatyana Tarasova – sovet va rossiyalik figurali uchish murabbiyi.
Kun tarixi kanalidan olindi - 1954 – Nisa Gasimova – xonanda, Ozarbayjon xalq artisti.
- 1960 – Pyerluidji Kollina – italyalik futbol hakami.
- 1962 – Mirzagul Sapayeva – aktrisa, xonanda, Oʻzbekiston xalq artisti (2002).
- 1963 – Yap Xartsen – «Bluetooth» qurilmasini ixtiro qilgan muhandis.
- 1965 – Yuriy Savichev – sovet futbolchisi, olimpiya chempioni (1988), “oltin gol” muallifi.
- 1975 – Artemiy Lebedev – rus dizayneri va ixtirochisi.
- 1986 – Hamish Bond – Yangi Zelandiya sportchisi, eshkak eshish bo’yicha uch karra Olimpiya chempioni, ko’p karra jahon chempioni.