14 iyun kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 BMT – Butunjahon donorlar kuni.
💻 Xalqaro veb-bloggerlar kuni.
🌏 Xalqaro hammom kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh ‐ AQSh armiyasining tug’ilgan kuni.
🇵🇱 Polsha – Nemis fashistlari konslagerlari qurbonlarini xotirlash kuni.
🇱🇻 Latviya, 🇪🇪 Estoniya, 🇱🇹 Litva ‐ Motam kuni.
🇦🇲 Armeniya ‐ Qatag’on qurbonlarini xotirlash kuni.
🇺🇸 AQSh – Bayroq kuni.
🇫🇰 Folklend orollari – Ozodlik kuni.
🇨🇺 Kuba – Ernesto Che Gevara kuni.
🇨🇴 Litva – Umidlar kuni.
🇷🇺 Rossiya – Migratsion xizmat xodimlari kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 325 – Nikeya shahrida xristianlik tarixidagi ilk sobor ochildi.
  • 1325 – 25 yashar Ibn Battuta haj safariga chiqdi, u 24 yillik safardan soʻng Xitoyga kelib qolgan.
  • 1498 – Xuroson hukmdori Sulton Husayn Boyqaro va uning o‘gʻli Badiuzzamon Mirzo oʻrtasida jang bo‘lib o‘tdi.
  • 1647 – Buxoro xonligi qo‘shinlari va boburiylar o‘rtasida Temurobod mavzesidagi jang.
  • 1775 – AQSh armiyasi tuzildi.
  • 1777 – AQSh bayrog’i  tasdiqlandi.
  • 1797 – Fransiya istilosidan so’ng Liguriya Respublikasi tashkil etilganligi e’lon qilindi.
  • 1800 – Qohirada Napoleon generali, Misr gubernatori Jan-Batist Kleber musulmon mutaassib tomonidan o’ldirildi.
  • 1807 – Fridland jangi. Rus qo‘shinlari Napoleon tomonidan yakson qilindi.
  • 1839 – Angliyada birinchi Qirollik regatasi Xenleyda bo‘lib o‘tdi.
  • 1846 – Kaliforniya respublikasi  tuzilganligi eʼlon qilindi.
  • 1895 – Chechniya Rossiyaga qo‘shib olindi.
  • 1900 – AQSH Gavayi orollarini  anneksiya qildi.
  • 1905 – “Potyomkin” bronenosetsida qo‘zg‘o‘lo‘n bishlandi.
  • 1919 – Vengriya sovet respublikasi konstitutsiyasi qabul qilindi.
  • 1938 – AQSh da Benjamin Grushkin xlorofillga patent oldi.
  • 1940 – Nemislar Parijni bosib oldi.
  • 1941 – Sovet hukumati tomonidan Latviya, Litva va Estoniya aholisi ommaviy qatag‘on va qamashga tortildi.
  • 1951 – Vashingtonda birinchi kompyuter – “UNIVAC 1” sotuvga chiqarildi.
  • 1956 – ingliz qo‘shinlari Suvaysh kanalini tark etdi.
  • 1973 – K-56 suvosti kemasi halokatga uchradi.
  • 1982 – Folklend urushi tugadi.
  • 1985 – Shengen kelishuvi  imzolandi.
  • 1995 – Shamil Basayev boshchiligidagi to’da Budyonnovsk shahridagi kasalxonada 1600 dan ortiq odamni garovga oldi.
  • 1999 – AQSh Oliy sudi kazino telereklamalariga 65 yillik taqiqni bekor qildi.
  • 2014 – Luganskda IL-76 halokati.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1736 –  Sharl Ogyusten Kulon (1806) – fransuz fizigi, harbiy injener, – 1785-yil elektrostatikaning asosiy  qonuni (Kulon qonuni) ni kashf qilgan.
  • 1835 – Nikolay Rubenshteyn (1881) – rossiyalik pianinochi, Moskva konservatoriyasiga asos solgan.
  • 1856 – Andrey Markov (1922) – rus matematigi. 
  • 1864 – Alois Alsgeymer (1915) – nemis psixiatri va nevrologi, presenil psixozi uning nomi bilan atalgan.
  • 1868 – Karl Landsheytner (1943) – avstriyalik va amerikalik immuniolog vrach, infeksionist va ximik, inson qon gruppasini birinchi bo‘lib aniqlagan, Nobel mukofoti sohibi (1930).
  • 1871 – Fyodor Tokarev (1968) – rus o‘qotar qurol konstruktori, Sotsialistik Mehnat qahramoni.
  • 1882 – Yon Antonesku (1946) – rumin harbiy va davlat arbobi, Ruminiya diktatori (1940-1944).
  • 1928 – Ernesto Che Gevara (1967) – lotinamerikalik inqilobchi.
  • 1946 – Donald Tramp – amerikalik milliarder, AQSh ning 45-prezidenti (2017-2021).
  • 1949 – Bertran Lavye – fransuz rassomi, “aksilsan’at” namoyondasi.
  • 1968 – Yasmin Blit – amerikalik aktrisa, fotomodel.
  • 1969 – Shteffi Graf – mashhur nemis tennischisi.
    -1978 – Maxset O’temuratov -qoraqalpogʻistonlik estrada xonandasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, Qoraqalpogʻiston xalq artisti.
  • 1983 – Davron Fayziyev – Oʻzbekistonlik sport jurnalisti va sharhlovchisi, teleboshlovchi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining matbuot va media departamenti direktori (2019-yildan). 
  • 1990 – Regina Todorenko – ukrainalik teleboshlovchi, qo‘shiqchi, kompozitor.
  • 1991 – Sardor Rashidov – O’zbekistonlik futbolchi.
  • 1999 – Tzuyu – Janubiy Koreyada istiqomat qiluvchi tayvanlik qoʻshiqchi.