14 yanvar kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Eski yangi yil — Yulian taqvimida yangi yil.
🌏 Xalqaro mantiq kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇿 O‘zbekiston – Vatan himoyachilari kuni.
🇺🇸 AQSh – Parij sulhi ratifikatsiya qilingan kun.
🇦🇷 Argentina – Mamlakat karnavali.
🇬🇪 Gruziya – Davlat bayrog‘i kuni.
🇮🇳 Hindiston – Xalqaro varraklar festivali.
🇮🇳 Hindiston – «Lori» – yonayotgan gulxanlar bayrami kuni.
🇲🇾 Malayziya – Buyuk sultonning tug‘ilgan kuni.
🇷🇺 Rossiya – Moskva viloyati kuni.
🇹🇭 Tailand – Bolalar kuni.
🇹🇭 Tailand – O‘rmonlarni asrash kuni.
🇹🇳 Tunis – Inqilob va yoshlar kuni (2011).

👉 VOQEALAR:

  • 1506 – Laokoon skulpturasi topildi.
  • 1690 – nemis ustasi Iogann Kristof Denner klarnetni ixtiro qildi.
  • 1700 – Pyotr I rus zodagonlariga eski uzun kiyimlar o’rniga kalta yevropacha kostyum kiyishni buyurdi.
  • 1761 – Panipat jangi.
  • 1814 – Kil shartnomasi tuzildi.
  • 1841 – Peterburgda birinchi ijtimoiy kutubxona Rossiya imperatorining homiyligida ochildi.
  • 1914 – dunyoda birinchi marta avtomobillarni yig’ishda konveyer usuli qo’llanila boshlandi.
  • 1926 – Qoraqalpog’iston Respublikasidagi Xo’jayli tumani tashkil etildi.
  • 1929 – Moskva viloyati tashkil topdi.
  • 1969 – “Enterprayz” kemasidagi yongʻinda 27 kishi halok boʻldi.
  • 1972 – Margaret II Daniya taxtiga o‘tirdi.
  • 1992 – Benin Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini tan oldi.
  • 1998 – Oliy Rada Rossiya Federatsiyasi va Ukraina o’rtasidagi do’stlik, hamkorlik va sheriklik to’g’risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi.
  • 2004 – Gruziya bayrogʻi tasdiqlandi.
  • 2005 – “Gyuygens” kosmik zondi Titanga qo‘ndi.
  • 2011 – Tunis prezidenti Zin al-Obidin bin Ali lavozimidan chetlatildi va u mamlakatdan qochib ketishga majbur boʻldi.
  • 2011 – Turku shahri Yevropaning madaniy poytaxti deb e’lon qilindi.
  • 2020 – Windows 7 ni texnik qo‘llab-quvvatlash to‘xtatildi.
  • 2022 – Hunga-Tonga-Hunga-Haapay vulqoni otila boshladi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • mil. av. 83 – Mark Antoniy (mil. av. 30 ) – rim siyosatchisi va sarkardasi.
  • 1836 – Anri Fanten-Latur (1904) – fransuz rassomi.
  • 1875 – Albert Shveyser (1965) – nemis shifokori, Nobel mukofoti sohibi (1952).
  • 1883 – Nina Richchi (1970) – fransuz modelyeri, Nina Ricci katta moda uyining asoschisi.
  • 1885 – Mamat buva Hofiz (asli Muhammad Sattarov; 1969) – O‘zbekiston xalq hofizi (1941).
    Kun tarixi kanalidan olindi.
  • 1893 – Lebedev Aleksandr (1969) – Rus fizigi, akademik (1943).
  • 1904 – Tansiqboyеv O‘rol (1974) – manzarachi rassom, rangtasvir ustasi.
  • 1931 – Sa’dullaev Mansur – Rejissyor, pedagog, Qoraqalpog‘iston (1981) va O‘zbekiston xalq artisti (1985).
  • 1933 – Matbua Ahmedova – faylasuf olima, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1983).
  • 1948 – Valeriy Xarlamov – 1981) – sovet xokkeychisi, ikki karra olimpiya va 8 karra jahon chempioni.
  • 1953 – Orziqul Ergash – O’zbek yozuvchisi.
  • 1981 – Sergey Borzov – oʻzbek eshkak eshuvchi, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi a’zosi (2016-yilgacha).
    -1982 – Viktor Valdes – ispan futbolchisi, darvozabon, jahon va Yevropa chempioni.
  • 1993 – Mariya Lasiskene (Kuchina) – rossiyalik balandlikka sakrovchi, Olimpiya chempioni (2020), ko’p karra jahon va Yevropa chempioni.
  • 1994 – Konnor Braun – kanadalik xokkeychi, jahon chempioni (2021).