? BAYRAMLAR:
? Butunjahon iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni.
? Butunjahon uyqu kuni.
? Tyulenlar uchun xalqaro harakat kuni.
? Xalqaro politsiya zo’ravonligiga qarshi kurash kuni.
? Butunjahon aloqa kuni.
? Butunjahon nutq kuni.
? Butunjahon asosiy ishchilar kuni.
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? Belarus – Konstitutsiya kuni.
?? Palau – Yoshlar kuni.
?? Liberiya – Roberts kuni.
?? Vengriya – 1948-yilgi inqilob boshlangan kun.
? VOQEALAR:
- 493 – Qirol Teodorix poytaxti Ravenna bo‘lgan ostgotlar davlatini tuzdi.
- 1519 – Farvala jangi.
- 1730 – Rossiya imperatori Anna Ioannovna Katta maxfiy kengashni tarqatib yubordi.
- 1800 – Sankt-Peterburgda Mixaylov saroyining qurilshi tugadi.
- 1812 – Kaliforniyada ruslarning birinchi koloniyasi – Fort-Ross tashkil topdi.
- 1818 – Aleksandr I boshchiligida birinchi rus konstitutsiyasi ishlab chiqildi.
- 1867 – Avstriya-Vengriya imperiyasini tuzish to‘g‘risidagi avstriya-vengriya kelishuvi tuzildi.
- 1892 – Amerikalik ixtirochi Jess Reno birinchi eskalatorga patent oldi.
- 1906 – “Rols-Roys” kompaniyasi ro‘yxatdan o‘tdi.
- 1917 – Nikolay II taxtdan voz kechdi.
- 1917 – Rossiyada muvaqqat hukumat tuzildi va hokimiyatni o‘z qo‘liga oldi.
- 1928 – Yaponiyada kommunistlarning ommaviy hibsga olinishi.
- 1937 – Chikagoda birinchi qon beruvchilar banki ochildi.
- 1938 – Saudiya Arabistonida birinchi neft topildi.
- 1938 – VKP (b) ning bir guruh taniqli arboblari otib tashlandi.
- 1939 – Chexoslovakiya vermaxt tomonidan okkupatsiya qilindi.
- 1962 – AQShda prezident J. Kennedi “Iste’molchilarning huquqlari to‘g‘risidagi Bill” ni joriy qildi.
- 1970 – Osaka (Yaponiya) da “Ekspo-70” ko‘rgazmasi ochildi.
- 1985 – Com zonasidagi birinchi domen ro‘yxatga olindi.
- 1994 – Belarussiya konstitutsiyasi qabul qilindi.
- 2004 – Yevropa Ittifoqi Microsoft kompaniyasining monopoliyaga qarshi qonunlarni buzganligi bo’yicha komissiya xulosalarini ma’qulladi.
- 2011 – Suriyada Bashar al-Assad rejimiga qarshi norozilik namoyishlari boʻldi.
- 2019 – Yangi Zelandiya tarixidagi eng katta teraktlardan biri – Kraystcherch masjididagi ommaviy qotillik.
? TAVALLUDLAR:
- 1767 – Endryu Jekson (1845) – AQShning 7-prezidenti (1829-1837).
- 1830 – Paul Heyse (1914) – nemis shoiri, yozuvchi, Nobel mukofoti sohibi (1910).
- 1854 – Emil fon Bering (1917) – nemis mikrobiologi, immunolog, Nobel mukofoti sohibi (1901).
- 1860 – Vladimir Xavkin (1930) – rus bakteriologi, immunologi va epidemiologi, vabo va xoleraga qarshi birinchi vaksinalarni yaratgan.
- 1878 – Rizo shoh Pahlaviy (1944) – Eronning 34- shohi (1925-1941), pahlaviylar sulolasidan.
- 1894 – Berdi Kerboboyev (1974) – Turkmaniston xalq yozuvchisi (1967), zamonaviy turkman adabiyoti asoschilaridan.
- 1909 – Nazrulla Mannonov (1981) – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, agronom olim, Mehnat qahramoni.
- 1913 – Hasan Rasulov (1992) – faylasuf olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1973).
- 1920 – Eduard Donnall Tomas (2012) – amerikalik gematolog, onkolog, Nobel mukofoti sohibi (1990).
- 1930 – Jores Alfyorov (2019) – sovet va rus fizigi, Nobel mukofoti sohibi (2000).
- 1932 – Ubaydulla Abdurazzoqov (2014) – Oʻzbekiston davlat arbobi, diplomat, tashqi ishlar vaziri (1992-1993).
- 1934 – Yuriy Buryakov (2015) – arxeolog, tarixchi olim.
- 1936 – Amin Karimov – O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi, dirijyor.
- 1937 – Valentin Rasputin (2015) – rus yozuvchisi.
- 1941 – Dаdахоn Hаsаn – o‘zbek shoiri, hofiz, siyosiy qo’shiqchi, jurnalist, bastakor, siyosat va jamoat arbobi.
- 1948 – Oʻtkir Rahmat – oʻzbek shoiri va jurnalisti. „Xalq soʻzi“ va „Narodnoye slovo“ gazetalarining bosh muharriri.
- 1959 – Uday Kotak – Hindistonning eng badavlat kishilaridan biri, moliyachi, bankir, milliarder.
- 1975 – Veselin Topalov – bolgar shaxmatchisi, jahon chempioni 2005).
- 1993 – Pol Pogba – fransuz futbolchisi, jahon chempioni (2018).