15 mart kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Butunjahon iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni.
🌏 Butunjahon uyqu kuni.
🌏 Tyulenlar uchun xalqaro harakat kuni.
🌏 Xalqaro politsiya zo’ravonligiga qarshi kurash kuni.
🌏 Butunjahon aloqa kuni.
🌏 Butunjahon nutq kuni.
🌏 Butunjahon asosiy ishchilar kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇧🇾 Belarus – Konstitutsiya kuni.
🇵🇼 Palau – Yoshlar kuni.
🇱🇷 Liberiya – Roberts kuni.
🇭🇺 Vengriya – 1948-yilgi inqilob boshlangan kun.

👉 VOQEALAR:

  • 493 – Qirol Teodorix poytaxti Ravenna bo‘lgan ostgotlar davlatini tuzdi.
  • 1519 – Farvala jangi.
  • 1730 – Rossiya imperatori Anna Ioannovna Katta maxfiy kengashni tarqatib yubordi.
  • 1800 – Sankt-Peterburgda Mixaylov saroyining qurilshi tugadi.
  • 1812 – Kaliforniyada ruslarning birinchi koloniyasi – Fort-Ross tashkil topdi.
  • 1818 – Aleksandr I boshchiligida birinchi rus konstitutsiyasi ishlab chiqildi.
  • 1867 – Avstriya-Vengriya imperiyasini tuzish to‘g‘risidagi avstriya-vengriya kelishuvi tuzildi.
  • 1892 – Amerikalik ixtirochi Jess Reno birinchi eskalatorga patent oldi.
  • 1906 – “Rols-Roys” kompaniyasi ro‘yxatdan o‘tdi.
  • 1917 – Nikolay II taxtdan voz kechdi.
  • 1917 – Rossiyada muvaqqat hukumat tuzildi va hokimiyatni o‘z qo‘liga oldi.
  • 1928 – Yaponiyada kommunistlarning ommaviy hibsga olinishi.
  • 1937 – Chikagoda birinchi qon beruvchilar banki ochildi.
  • 1938 – Saudiya Arabistonida birinchi neft topildi.
  • 1938 –  VKP (b) ning bir guruh taniqli arboblari otib tashlandi.
  • 1939 – Chexoslovakiya vermaxt tomonidan okkupatsiya qilindi.
  • 1962 – AQShda prezident J. Kennedi “Iste’molchilarning huquqlari to‘g‘risidagi Bill” ni joriy qildi.
  • 1970 – Osaka (Yaponiya) da “Ekspo-70” ko‘rgazmasi ochildi.
  • 1985 – Com zonasidagi birinchi domen ro‘yxatga olindi.
  • 1994 – Belarussiya konstitutsiyasi qabul qilindi.
  • 2004 – Yevropa Ittifoqi Microsoft kompaniyasining monopoliyaga qarshi qonunlarni buzganligi bo’yicha komissiya xulosalarini ma’qulladi.
  • 2011 – Suriyada Bashar al-Assad rejimiga qarshi norozilik namoyishlari boʻldi.
  • 2019 – Yangi Zelandiya tarixidagi eng katta teraktlardan biri – Kraystcherch masjididagi ommaviy qotillik.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1767 – Endryu Jekson (1845) – AQShning 7-prezidenti (1829-1837).
  • 1830 – Paul Heyse (1914) – nemis shoiri, yozuvchi, Nobel mukofoti sohibi (1910).
  • 1854 – Emil fon Bering (1917) – nemis mikrobiologi, immunolog, Nobel mukofoti sohibi (1901).
  • 1860 – Vladimir Xavkin (1930) – rus bakteriologi, immunologi va epidemiologi, vabo va xoleraga qarshi birinchi vaksinalarni yaratgan.
  • 1878 – Rizo shoh Pahlaviy (1944) – Eronning  34- shohi (1925-1941), pahlaviylar sulolasidan.
  • 1894 – Berdi Kerboboyev (1974) – Turkmaniston xalq yozuvchisi (1967), zamonaviy turkman adabiyoti asoschilaridan.
  • 1909 – Nazrulla Mannonov (1981) – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, agronom olim, Mehnat qahramoni.
  • 1913 – Hasan Rasulov (1992) – faylasuf olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1973).
  • 1920 – Eduard Donnall Tomas (2012) – amerikalik gematolog, onkolog, Nobel mukofoti sohibi (1990).
  • 1930 – Jores Alfyorov (2019) – sovet va rus fizigi, Nobel mukofoti sohibi (2000).
  • 1932 – Ubaydulla Abdurazzoqov (2014) – Oʻzbekiston davlat arbobi, diplomat, tashqi ishlar vaziri (1992-1993).
  • 1934 – Yuriy Buryakov (2015) – arxeolog, tarixchi olim.
  • 1936 – Amin Karimov –  O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi, dirijyor.
  • 1937 – Valentin Rasputin (2015) – rus yozuvchisi.
  • 1941 – Dаdахоn Hаsаn –  o‘zbek shoiri, hofiz, siyosiy qo’shiqchi, jurnalist, bastakor, siyosat va jamoat arbobi.
  • 1948 – Oʻtkir Rahmat – oʻzbek shoiri va jurnalisti. „Xalq soʻzi“ va „Narodnoye slovo“ gazetalarining bosh muharriri.
  • 1959 – Uday Kotak – Hindistonning eng badavlat kishilaridan biri, moliyachi, bankir, milliarder.
  • 1975 – Veselin Topalov – bolgar shaxmatchisi, jahon chempioni 2005).
  • 1993 – Pol Pogba – fransuz futbolchisi, jahon chempioni (2018).