16 iyul kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Butunjahon ilonlar kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Kuba, ?? Venesuela, ?? Panama ‐ Bolalar kuni.
?? Boliviya – La Pas kuni.
?? AQSh ‐ Milliy shaxsiy oshpaz kuni.
?? Gonduras – Muhandislar kuni.
?? Ukraina – Buxgalter va auditorlar kuni.
?? Belarus, ?? Rossiya, ?? Ukraina, ?? Qozog‘iston, ?? Armeniya ‐ Metallurglar kuni.
?? Fransiya – Xolokost qurbonlarini xotirlash kuni.
?? Turkmaniston‐ G’alla bayrami (bug’doy yig’im-terimi bayrami).

? VOQEALAR:

  • 622 – Islomiy taqvim boshlangan kun.
  • 1054 – Xristianlik cherkovi ikkiga ajralib ketdi.
  • 1439 – Angliyada o’pish taqiqlandi. Sababi – vabo epidemiyasi.
    1548 – Ispanlar La Pas shahriga asos solishdi (La Paz – ispan tilida «tinchlik»).
  • 1643 – Gollandiyalik de Friz ekspeditsiyasi Saxalinni ochishdi.
  • 1661 – Stokgolm banki tomonidan birinchi Yevropa banknotalari chiqarildi.
  • 1850 – Fransiyada matbuot erkinligi cheklandi.
  • 1867 – sobiq fransuz bog’boni Jozef Mone temir-beton uchun patent oldi, bu ko’p qavatli binolarni qurishda asosiy materialga aylandi.
  • 1877 – Uimbldonda tennis bo’yicha birinchi musobaqa finali. G’olib Spenser Gor bo’ldi.
  • 1909 – Audi kompaniyasiga asos solindi.
  • 1920 – Sovet Rossiyasining blokadasi Antanta tomonidan olib tashlandi.
  • 1944 – ozod qilingan Minskda partizan paradi bo’lib o’tdi.
  • 1945 – AQSH ning Nyu – Meksiko  shtatida atom bombasining ilk sinovi muvaffaqiyatli oʻtdi.
  • 1950 – Urugvay-Braziliya futbol jamoalari oʻyinida  Braziliya magʻlu boʻldi.
  • 1965 – Mont Blan ostida (Alp tog’larining eng baland cho’qqisi, 4807 m) Fransiya va Italiyani bog’laydigan tunnel ochildi.
  • 1969 – „Apollon-11“  Oyga  uchdi.
  • 1977 – Barcha sovet mutaxassislari Somalidan chiqarib yuborildi.
  • 1979 – Saddam Husayn Iroq prezidenti bo’ldi.
  • 1990 – Ukraina oʻzining  suverenitetini eʼlon qildi.
  • 1990 – Saturnning yo‘ldoshi – Saturn XVIII nomi bilan tanilgan Pan kashf qilindi.
  • 1994 – Shumeykerlar-Levist kometasi Yupiter bilan to’qnashdi.
  • 2000 – Internet-domenlar sonini ko’paytirish to’g’risida qaror qabul qilindi.
  • 2002 – Vashington markazida xalqaro josuslik tarixiga bag’ishlangan noyob muzey ochildi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1486  – Andrea del Sarto (1530) – italiyalik rassom, Florensiya maktabi vakili.
  • 1746 – Juzeppe Piyatsi (1826) – Birinchi kichik sayyora – Sererani kashf etgan italiyalik ruhoniy va astronom.
  • 1841 – Vladimir Krilov (1906) – rus patologi, antropometriya asoschisi, Xarkov universitetining professori.
  • 1860 – Otto Jespersen (1943) – daniyalik tilshunos, grammatik falsafa asoschisi.
  • 1872 – Rual Amundsen (1928) – norvegiyalik qutblarni o’rganuvchi sayohatchi va kashfiyotchi.
  • 1888 – Frits Sernike (1966) – golland fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1953).
  • 1896 – Trygve Li (1968) – norvegiyalik siyosatchi, BMTning birinchi Bosh kotibi (1946-1952).
  • 1902 – Aleksandr Luriya (1977) – sovet psixologi, neyropsixologiya asoschisi.
  • 1939 – Konstantin Kobets (2012) – General, 1991-yil avgustda Oq uy mudofaasi boshlig’i, RSFSR mudofaa vaziri (1991).
  • 1941 – Omon Muxtor (2013) – oʻzbek yozuvchisi, shoiri, dramaturg.
  • 1944 – G‘ayrat Raxmatqoriyev – kimyo fanlari doktori,  kimyogar olim, professor. 
  • 1945 – Chetin Tekindor – turk aktyori.
  • 1962 – Grigoriy Leps – qo’shiqchi, sozanda, Rossiyada xizmat ko’rsatgan artist.
  • 1968 – Leonid Agutin – estrada xonandasi, bastakor, Rossiyada xizmat ko’rsatgan artist.
  • 1968 – Larri Sanger – amerikalik falsafa fanlari doktori, Vikipediya asoschilaridan biri.
  • 1982 – Carli Lloyd – sobiq amerikalik professional futbolchi.
  • 1986 – Shahboz Erkinov – O’zbekistonlik futbolchi.
  • 1988 – Serxio Buskets – ispaniyalik futbolchi, jahon (2010) va Yevropa chempioni (2012).