17 fevral kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 Global turizm barqarorligi kuni.
🌏 Butunjahon pangolin kuni.
🌏 Butunjahon inson ruhi kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇮🇹 Italiya, 🇵🇱 Polsha – Milliy mushuklar kuni.
🇺🇸 AQSh – Milliy karam kuni.
🇱🇧 Liviya – Inqilob kuni.
🇽🇰 Kosovo – Mustaqillik kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 1370 – Rudaudagi jang.
  • 1600 – Jordano Bruno Rimda gulxanda yoqildi.
  • 1720 – Ispaniya va To’rtlar ittifoqi mamlakatlari o’rtasida Gaaga shartnomasi imzolanib, To’rtlar ittifoqi urushini tugatdi.
  • 1776 – Qoʻshma Shtatlarda ilk bor tabiiy gaz orqali ommaviy yoritish Baltimor shahrida boshlandi.
  • 1814 – Napoleon I Morman jangida graf Palen qo’mondonligi ostida rus qo’shinini mag’lub etdi.
  • 1852 – Ermitaj keng ommaga ochildi.
  • 1854 – Buyuk Britaniya Oranj Respublikasi mustaqilligini tan oldi.
  • 1855 – Qrim urushi: Rossiya qo’shinlari Yevpatoriyaga muvaffaqiyatsiz hujumni amalga oshirdilar.
  • 1859 – Kochin kampaniyasi paytida, ikki kunlik qamaldan so’ng, fransuz-ispan qo’shinlari Saygonni egallab olishdi.
  • 1863 – Jenevada Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasi tashkil topdi.
  • 1878 – AQSHning San-Fransisko shahrida ilk bor 18 ta telefondan iborat telefon tarmogʻi ishga tushirildi.
  • 1880 – Aleksandr II ga beshinchi muvaffaqiyatsiz suiqasd uyushtirildi.
  • 1938 – Londonda shotlandiyalik Jon Berd rangli televizorni ommaga namoyish qildi.
  • 1947 – «Amerika Ovozi» radiostansiyasi rus tilida eshittirishni boshladi.
  • 1956 – Clare D’Assisi televideniye afsonasi deb taʼriflandi.
  • 1959 – Ilk bor ob-havoni kuzatuvchi “Vankard-2” sunʼiy yoʻldoshi uchirildi.
  • 1972 – Britaniya Parlamenti Yevropaning umumiy bozoriga qoʻshilish uchun ovoz berdi.
  • 1979 – Xitoy-Vyetnam urushi boshlandi.
  • 1983 – Ada dasturlash tilining «tug’ilgan kuni».
  • 1993 – Rossiya Gazprom aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi.
  • 1996 – Indoneziyaning Irian Jaya mintaqasida 8.2 balli zilzila yuz berishi natijasida 108 kishi halok boʻldi va yuzlab odamlar yaralandi.
  • 2008 – Kosova Serbiyadan ajrab, mustaqil boʻlganini eʼlon qildi.
  • 2011 – Liviyada Liviya inqilobi rahbari va jamahiriya boshlig’i Muammar Qazzofiy hokimiyatiga karshi norozilik chiqishlari boshlandi.
  • 2011 – Bahrayndagi Al-Xalifa xavfsizlik kuchlari Luʼlua maydoniga yigʻilgan namoyishchilarni majburiy ravishda tarqatib yubordi. Bu hodisada 4 kishi halok boʻldi va 250 kishi tan jarohati oldi.
  • 2012 – Germaniya prezidenti Kristian Volf prezidentlik lavozimni egallashdan oldin moliya janjaliga aloqadorligi sababli lavozimidan isteʼfoga chiqdi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1653 – Korelli Arkanjello (1713) – italyan skripkachisi, kompozitor, dirijyor, pedagog.
  • 1723 – Tobias Mayer (1762) – nemis kartografi va astronomi.
  • 1807 – Longfello Genri Uodsuort (1882) – amerikalik shoir, tarjimon.
  • 1836 – Gustavo Adolfo Becker (1870) – taniqli ispan romantik yozuvchisi.
  • 1854 – Najafbek Vazirov (1926) – ozarbayjon dramaturgi, publitsist, jamoat arbobi. Ozarbayjon zamonaviy teatrining asoschilaridan. 
  • 1867 – Piter Shmidt (1906) – rus dengiz zobiti, inqilobchi.
  • 1888 – Otto Shtern (1969) – nemis fizik olimi, Jahonda birinchi boʻlib gaz molekulalarining tezligini oʻlchagan (1920), Nobel mukofoti sohibi(1943).
  • 1906 – Agnia Barto (1981) – rus yozuvchisi, bolalar uchun she’rlar muallifi.
  • 1924 – Gevorg Vartanyan – sovet va arman razvedkachisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni.
  • 1928 – Anvar Aʼzamxoʻjayev (1994) – huquqshunos olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1978).
    Kun tarixi kanalidan olindi
  • 1954 – Mirtojiyev Ravshan (2015) – O‘zbekiston  Xalq rassomi (2003), O‘zbekistonda  xizmat ko‘rsatgan  san‘at arbobi.
  • 1955 – Mo Yan –  xitoylik yozuvchi, Nobel mukofoti sohibi (2012).
  • 1963 – Maykl Jordan – amerikalik basketbolchi.
  • 1967 – Yevgeniy Grishkovets – rus yozuvchisi, aktyor, musiqachi, rejissyor.
  • 1991- Bonni Rayt – britaniyalik aktrisa.