18 iyun kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 BMT – Barqaror oziq-ovqat mahsulotlari (gastronomiya) kuni.
🌏 Bolalar kolyaskasi tug‘ilgan kun.
🌏 Xalqaro vahimaga qarshi kurash kuni.
🌍 Xalqaro nafratga qarshi kurash kuni.
🌏 Xalqaro piknik (tabiat qo‘yniga chiqish, sayr) kuni.
🌏 Xalqaro sushi kuni.
🌎 Otalar kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇲🇾 Malayziya ‐ Keda sultonining tug’ilgan kuni.
🇪🇬 Misr – Evakuatsiya kuni.
🇬🇧 Buyuk Britaniya ‐ Vaterlo kuni.
🇹🇲 Turkmaniston – Adliya muassasasi xodimlari kuni.
🇺🇦 Ukraina – Politsiya inspektori kuni.
🇰🇬 Qirg‘iziston ‐ Suv xo’jaligi xodimlari kuni.
🇦🇲 Armeniya ‐ Aviatsiya kuni.
🇦🇩 Moldova – Tarixchilar kuni.
🇧🇾 Belarus, 🇷🇺 Rossiya, 🇦🇲 Armeniya, 🇰🇿 Qozog‘iston, 🇲🇩 Moldova ‐ Sog‘liqni saqlash xodimlari kuni.
🇸🇨 Seyshel Orollari –  Konstitutsiya kuni.
🇰🇭 Kambodja – Qirolicha onaning tug’ilgan kuni.
🇦🇿 Ozarbayjon – Inson huquqlari kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 1037 – Buyuk qomusiy olim Abu Ali ibn Sino vafot etdi.
  • 1391 – Qunduzcha jangi.
  • 1583 – Londonda ilk marotaba inson hayoti sug‘urta qilindi.
  • 1757 – Kolin yaqinidagi jang.
  • 1799 – Suvorov boshchiligidagi rus qo‘shinlari Alp tog‘idan oshib o‘tib, Trebbiya dayosi bo‘yida fransuz armiyasini tor-mor qildi.
  • 1807 – Arpachoy jangi.
  • 1815 – Napoleon Bonapart Vaterlooda ingliz va Avstriya qo’shiniga mag’lub bo’ldi.
  • 1837 – Ispaniyada yangi Konstitutsiya qabul qilindi.
  • 1881 – “Uch imperator ittifoqi” shartnomasi yangilandi. Maxfiy bandda a’zo davlatlar ulardan biriga hujum qilgan davlatga yordam bermaslik majburiyatini olishdi.
  • 1928 – Amelia Earhart samolyotda Atlantika okeanini oshib o’tgan birinchi ayol uchuvchi bo’ldi. Earhart bu parvozni 20 soat 40 daqiqada yakunladi.
  • 1937 – Valeriy Chkalov boshchiligidagi ekipaj Chimoliy qutbdan AQSh ga yerga qo‘nmasdan uchib o‘tishni boshladi.
  • 1946 – Italiya respublika deb e’lon qilindi.
  • 1979 – SSSR va AQSh strategik qurollarni cheklash to‘g‘risida SQCh-2 shartnomasini imzolashdi.
  • 1982 – Muxtor Ashrafiy uy-muzeyi ochildi.
     – 1988 – Turkiya bosh vaziri Turg’ut O’zalga suiqasd uyushtirildi.
  • 1989 – O‘zbekistonda Davlat tili to‘g‘risidagi qonun loyihasi matbuotda e’lon qilindi.
  • 1999 – Kyolndagi G8 25-sammitiga atab Kapitalizmga qarshi jahon karnavali.
  • 2006 – Boyqo’ng’ir kosmodromidan Qozog’istonning birinchi geostatsionar sun’iy yo’ldoshi – Kazsat uchirildi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1511 – Bartolomeo Ammanati (1592) – florensiyalik haykaltarosh va me’mor, manyerizm davruning yirik vakili.
  • 1793 – Aleksandr Dolgorukov (1893) – rus shoiri, prozachi, Borodino jangi ishtirokchisi.
  • 1812 – Ivan Goncharov (1891) – rus yozuvchisi.
  • 1845 – Sharl Lui Alfons Laveran (1922) – fransuz fizioligi, Nobel mukofoti sohibi.
  • 1884 – Eduard Daladye (1884) – fransuz siyosatchisi, Fransiya bosh vaziri (1933, 1934, 1938-1940).
  • 1889 – Karrer Paul (1971) – shveysar organik kimyogari va biokimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1937).
  • 1914 – Se Tyan (Se Xunkun) (2003) – aktyor, rejissyor, xitoy kinosi asoschilaridan.
  • 1918 – Franko Modilyani (2003) – amerikalik iqtisidchi, Nobel mukofoti sohibi (1985).
  • 1926 – Allan Sendij (2010) – amerikalik astronom, kvazarlarni ochgan.
  • 1932 – Dadli Xershbax – amerikalik kimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1986).
  • 1942 – Pol Makkartni – britaniyalik qo‘shiqchi, bastakor.
  • 1942 – Rojer Jozef Ibert (2013) – amerikalik muxbir, kinotanqidchi va ssenariiychi.
  • 1946 – Nuriddin Hamroqulov – xonanda, O’zbekiston xalq artisti (1987).
  • 1947 – Bernard Jirodo (2010) – fransuz aktyori, yozuvchi, kinorejissyor, ssenariychi.
  • 1949 – Lex Kachinskiy (2010) – Polshaning prezidenti (2005-2010).
  • 1952 – Kerol Keyn – amerikalik aktrisa, ikki karra “Emmi” mukofiti sohibasi.
  • 1963 – Rumen Georgiev Radev – Bolgariya harbiy va siyosiy arbobi, mamlakatning 5-prezidenti (2017-yildan).
  • 1974 – Sergey Sharikov (2015) – rossiyalik qilichboz, ikki karra olimpiada chempioni (1996, 2000).
  • 1976 – Maksim Galkin – rossiyalik estrada artisti, paridiyachi, teleboshlivchi, qo‘shiqchi.
  • 1989 – Pyer-Emerik Obameyang – gabonlik futbolchi, Afrikada yilning eng yaxshi futbolchisi (2015).
  • 1989 – Anna Fayt – avstriyalik chang’ichi, Olimpiya chempioni (2014), uch karra jahon chempioni.
  • 1990 – Sandra Izbasha – ruminiyalik gimnastikachi, ikki karra Olimpiya chempioni.