19 dekabr kun tarixi

🌏 Linoleum tug‘ilgan kun.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇮🇳 Hindiston – Goa ozod qilingan kun.
🇺🇦 Ukraina – Himoyachi advokat kuni.
🇦🇮 Angilya – Milliy qahramonlar kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 1154 – Genrix II Vestminster Abbeyida taxtga o’tirdi.
  • 1783 – Uillyam Pitt 24 yoshida Birlashgan Qirollik Bosh vaziri boʻldi.
  • 1863 – Angliyalik Frederik Uolton linoleumni patentladi.
  • 1884 – Toshkent shahrining Shayxontohur dahasida savdogar Saidazimning o‘g‘li Said G‘ani Azimboyev hovlisida birinchi rus-tuzem maktabi ochildi.
  • 1917 – Kanada milliy xokkey ligasining birinchi muntazam chempionati boshlandi.
  • 1946 – Hindixitoyda Fransiya urushining boshlanishi.
  • 1961 – Hindiston Goa shtatini qoʻshib oldi.
  • 1965 – Sharl de Gol Fransiya prezidenti etib saylandi.
  • 1972 – «Apollon 17» kosmik kemasining ekipaji Oy ekspeditsiyasidan Yerga qaytishdi.
  • 1983 – Rio-de-Janeyroda sport olamida «asr o’g’irligi» deb nomlangan jinoyat sodir etildi.
  • 1984 – Buyuk Britaniya va Xitoy Gonkongni Xitoyga qoʻshish haqida shartnoma tuzdilar.
  • 1991 – Peru Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi suverenitetini tan oldi.
  • 1991 – Eng oxirgi “Qizil yulduz” ordeni egasiga topshirildi.
  • 1994 – Toshkentda O‘zbekiston Respublikasining BMT Xalqaro bolalar jamg‘armasi YUNISEFga a’zo bo‘lib kirishini nazarda tutuvchi Bitim imzolandi.  
  • 1997 – XX asrning eng daromadli filmi – «Titanik» katta ekranga chiqdi.
  • 2001 – Butun dunyo bo‘ylab «Uzuklar hukmdori» filmining premyerasi boshlandi.
  • 2010 – Belarusda boʻlib oʻtgan prezident saylovlarida Aleksandr Lukashenko yana g‘olib chiqdi.
  • 2013 – Yevropa kosmik agentligi Gaia kosmik teleskopini orbitaga chiqardi.
  • 2016 – Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlov Anqaradagi badiiy ko’rgazmada o’ldirildi.
  • 2016 – Berlindagi Rojdestvo bozorida terakt sodir bo’ldi.
  • 2017 – Lakota qabilasi faollari mustaqil Lakota Respublikasi tuzilganini e‘lon qilishdi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1852 – Albert Avraxam Maykelson (1931) – Amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1907).
  • 1903 – George Davis Snell (1996) – amerikalik biolog va immunogenetik, Nobel mukofoti sohibi (1980).
  • 1906 – Leonid Brejnev (1982) – sovet davlat arbobi va siyosatchisi, SSSR rahbari (1964-1982).
  • 1912 – Gerbert Charlz Braun (2004) – amerikalik kimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1979).
  • 1913 – Nikolay Amosov (2002) – Sovet va ukrain kardiologi, yozuvchi, akademik.
  • 1915 – Edit Piaf (1963) – fransuz qo’shiqchisi va aktrisasi.
  • 1933 – Farhod Musajon – bolalar yozuvchisi.
  • 1933 – Galina Volchek (2019) – sovet va rus aktrisasi, rejissyor, pedagog, SSSR xalq artisti.
    Kun tarixi kanalidan olindi.
  • 1942 – Begali Qosimov (2004) – adabiyotshunos olim, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor.
  • 1944 – Anastasiya Vertinskaya – sovet va rus teatr va kino aktrisasi, RSFSR xalq artisti.
  • 1964 – Boris Jonson – Buyuk Britaniya bosh vaziri.
  • 1964 – Roʻziyev Zafar – Qashqadaryo viloyati hokimi (2013-2019).
  • 1964 – Arvydas Sabonis – sovet va litva basketbolchisi, Olimpiya chempioni (1988), jahon va Yevropa chempioni.
  • 1987 – Karim Benzema – Al-Ittihod futbolchisi, Fransiya MTJ a’zosi.
  • 1994 – Naomi Sequeira – avstraliyalik aktrisa, teleboshlovchi va qo’shiqchi.