2 dekabr kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

 🇺🇳 Xalqaro qulchilikka qarshi kurash kuni.
🌏 Butunjahon kompyuter savodxonligi kuni.
🌏 2D rassomlar kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇨🇦 Kanada – Ayollar miya salomatligi kuni.
🇺🇸 AQSh – Milliy aralash zotli itlar kuni.
🇮🇳 Hindiston – Assam kuni.
🇮🇷 Eron – Konstitutsiya kuni.
🇮🇳 Hindiston – Atrof muhitning ifloslanishini oldini olish milliy kuni.
🇺🇸 AQSh – Milliy maxsus ta’lim kuni.
🇷🇺 Rossiya — Bank xodimlari kuni.
🇨🇺 Kuba – Qurolli Kuchlar kuni.
🇦🇪 BAA — Mustaqillik kuni.
🇱🇦 Laos – Milliy kun.

👉 VOQEALAR:

  • 1409 – Leypsig universiteti ochildi
  • 1804 – Napoleon I boshiga imperator toji kiydirildi.
  • 1805 – Austerliz jangida ruslar magʻlubiyati.
  • 1823 – AQSh Prezidenti Jeyms Monro oʻz doktrinasini  oʻqib eshittirdi.
  • 1848 – Imperator Frans Iosif Avstriya taxtiga o‘tirdi.
  • 1852 – Napoleon III Fransiyada ikkinchi imperiyani e’lon qildi.
  • 1875 – Po‘latxon qo‘zg‘oloni: Botir to‘ra boshchiligadi otliq qo‘shin Pichigin va Meller-Zakomelskiyning jazo otryadlari tomonidan tor-mor etiladi.
  • 1902 – Andijonda 6,5-9 balli zilzila sodir bo‘ldi.
  • 1917 – Birinchi jahon urushi: Sovet Rossiyasi Uchlar ittifoqi bilan urushdan chiqish haqidagi Brest-Litovsk sulhini imzoladi.
  • 1920 – Turkiya va Armaniston oʻrtasida Aleksandropol kelishuvi tuzildi.
  • 1925 – O‘zbekiston Markaziy Ijroiya Komiteti «Yer va suvni musodara etish to‘g‘risida» va «Yer-suv islohoti o‘tkazish to‘g‘risida»gi dekretlarni qabul qildi.
  • 1942 – Enriko Fermi birinchi zanjirli atom reaksiyasini oldi.
  • 1956 – «Granma» yaxtasi Kubaga Ernesto Che Gevara va Fidel Kastroni eltib qoʻydi.
  • 1971 – “Mars-3” Sovet sayyoralararo avtomatik stansiyasi dunyoda birinchi marta Mars sathiga qo‘ndi.
  • 1971 – Birlashgan Arab Amirliklari tashkil topdi.
  • 1975 – Laosda Respublika e’lon qilindi.
  • 1976 – Fidel Kastro Kuba prezidenti etib saylandi.
  • 1977 – Al-Bayda (Liviya) yaqinida Tu-154 samolyoti halokati. 59 kishi halok bo‘ldi.
  • 1982 – Yuta universitetida ilk bor sun’iy inson yuragi o‘rnatildi.
  • 1990 – Namangan shahrida harbiy xizmatchilar va mahalliy aholi o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi.
  • 2003 – Xorazm viloyatiga Jaloliddin Manguberdi ordeni topshirildi.
  • 2008 – «Shashmaqom» musiqasi YuNESKO tomonidan «Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi durdonasi» deb tan olindi.
  • 2010 – iPhone uchun Viber messenjeri ishga tushirildi.
  • 2010 – Isroil tarixidagi eng kuchli o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘ldi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1728 – Ferdinando Galiani – italiyalik iqtisodchi.
  • 1825 – Krishyanis Valdemar (1891) – latish yozuvchisi, folklorshunosi va ma’rifatparvari.
  • 1825 – Pedru II (1891) – Braziliyaning ikkinchi va so‘nggi imperatori (1831-1889).
  • 1837 – Jozef Bell (1911) – britaniyalik xirurg, Sherlok Xolmsning prototipi.
  • 1859 – Jorj-Pyer Syora – fransuz rassomi, neoimpressiinizm asoschisi.
  • 1885 – George Minot (1950) – amerikalik patofiziolog va gematolog, Nobel mukofoti sohibi (1934).
  • 1898 – Indra Lal Roy (1918) – hind uchuvchusi, I jahon urushi qatnashchisi.
  • 1921 – Ramz Bobojon (2008) – shoir va dramaturg, Oʻzbekiston xalq shoiri (1981).
  • 1923 – Mariya Kallas (1977) – amerikalik opera qo‘shiqchisi.
  • 1946 – Nosir Muhammad – o‘zbek shoiri.
  • 1946 – Janni Versache (1997) – italyan modelyeri va dizayneri.
  • 1948 – Antonin Panenka – chex futbolchisi, Yevropa chempioni (1976).
  • 1973 – Monica Seles – amerikalik professional tennischi.
  • 1978 – Nelly Furtado – kanadalik qoʻshiqchi, qoʻshiqlar muallifi, instrumentalchi, ovoz yozish prodyusseri va aktrisa.
  • 1981 – Britni Spirs – amerikalik pop qo‘shiqchisi, qo‘shiqlar muallifi, aktrisa.