21 avgust kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 Xalqaro Terrorizm qurbonlarini Xotiralash va qadrlash kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇦🇹 Latviya – Konstitutsiyaviy qonun qabul qilingan kun.
🇷🇺 Rossiya – Ofitserlar kuni.
🇵🇭 Filippin – Ninoy Aquino kuni.
🇲🇦 Marokash – Yoshlar kuni.
🇺🇸 AQSh – Keksa fuqarolar kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 1192 – Yaponiyada imperator hokimiyati syogun – bosh qo’mondon hokimiyati bilan almashtirildi.
  • 1393 – Amir Temur Bag‘dod sultonligini zabt etish uchun harbiy yurish boshladi.
  • 1745 – Pyotr III va Yekaterina II ning nikoh marosimi bo‘lib o‘tdi.
  • 1770 – Jeyms Kuk Avstraliyani Buyuk Britaniya mulki deb eʻlon qildi.
  • 1825 – Odessada qadimgi davr muzeyi ochildi.
  • 1831 – AQShda Nat Tyorner qo’zg’oloni boshlandi
  • 1877 – Turk armiyasining Shipkaga hujumi boshlandi.
  • 1911 – «Mona Liza» asari  oʻgʻirlandi.
  • 1916 – Peru o‘z betarafligini e’lon qildi.
  • 1917 – Toshkent shahar dumasi Toshkentda universitet tashkil etish haqida qaror qabul qildi.
  • 1932 – Venetsiyada birinchi xalqaro kinofestival  bo’lib o’tdi.
  • 1948 – Angliya Isroilning BMTga kirishiga veto qo’yishini e’lon qildi.
  • 1957 – Tarixdagi birinchi “Р-7” qit’alararo ballistik raketasi yaratildi.
  • 1959 – Gavayi AQSh ning 50-shtati maqomini oldi.
  • 1968 – Varshava shartnomasi tashkilotining qo’shinlari Chexoslovakiyaga kiritildi.
  • 1989 – “Voyager 2” tadqiqot zondi Neptun sayyorasining yo’ldoshi Triton tasvirini oldi.
  • 1991 – SSSR da davlat toʻntarishga urinish barbod boʻldi.
  • 1991 – Latviya o’z mustaqilligini tiklaganini e’lon qildi.
  • 1993 – «Mars Observer» kosmik kemasi noma’lum sabablarga ko’ra yo’qolgan.
  • 2004 – Aslan Masxadov boshchiligidagi chechen ayirmachilari Grozniyni egallab olishga harakat qilishdi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1165 – Filipp II (1223) – Fransiya qiroli (1180-1223).
  • 1698 – Juzeppe Gvarneri (1744) – Italiyalik skripkachi.
  • 1765 – Vilgelm IV (1837) – Angliya qiroli (1830-1837).
  • 1826 – Karl Gegenbaur (1903) – nemis zoologi, qiyosiy anatomiya evolyutsion yo’nalishining asoschilaridan biri.
  • 1926 – Mirahmedov Sodiq (1988) – genetik-seleksioner olim, Vasxnil akademigi (1976), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1976).
    – 1935 – Yuriy Entin – shoir, «Uchquduq» qo’shig’i mualliflaridan biri.
  • 1948 – Afzal Rafiqov – aktyor, Oʻzbekiston xalq artisti (2000).
  • 1949 – Shahnoza Moʻminova – kulol, zamonaviy kulollik sanʼatining taniqli namoyandasi. 
  • 1954 – Igor Kistanov – balet artisti, Oʻzbekiston xalq artisti (1998). 
  • 1963 – Muhammad VI – Marokashning hozirgi qiroli .
  • 1973 – Nikolay Valuev – og’ir vazn toifasidagi rossiyalik professional bokschi.
  • 1973 – Sergey Brin – kelib chiqishi isroillik Amerika tadbirkori, hisoblash texnikasi, axborot texnologiyalari, iqtisod sohasida xizmat koʻrsatgan olim, milliarder, Google qidiruv xizmatining asoschilaridan biri.
  • 1984 – Alize Jakote – Alizée taxallusi ostida taniqli fransuz qoʻshiqchisi, raqqosa va ovoz aktrisasi.
  • 1986 – Useyn Bolt – yamaykalik yengil atletikachi, 8 karra Olimpiya chempioni, 11 karra jahon chempioni
  • 1988 – Shahnoza Otaboyeva – xonanda.
  • 1988 – Robert Levandovski – polshalik futbolchi.