21 iyun kun tarixi

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1730 – Motoori Nobinaga (1801) – yapon fan va madaniyat arbobi.
  • 1781 – Simeon Deni Puasson (1840) – fransuz matematigi, fizik, zamonaviy matematik fizika asoschisi.
  • 1840 – Arkadiy Sereteli (1915) – gruzin shoiri.
  • 1882 – Kent Rokuell (1971) – amerikalik yozuvchi ,rassom va jamoat arbobi.
  • 1905 – Jan Pol Sartr (1980) – fransuz faylasufi, yozuvchi, dramaturg.
  • 1910 – Aleksandr Tvardovskiy (1971) – sovet shoiri, yozuvchi, jurnalist, jamoat arbobi.
  • 1921 – Judy Holliday (1965) – amerikalik kinoaktrisa va qoʻshiqchi.
  • 1921 – Ernestine Jane Geraldine Russell (2011) – amerikalik aktrisa, model, qoʻshiqchi.
  • 1941 – Valeriy Zolotuxin (2013) – teatr va kino aktyori, RSFSR Xalq artisti.
  • 1953 – Benazir Bxutto – Pokiston Bosh vaziri (1988-1990, 1993 -1996).
  • 1955 – Zamira Davletmuratova – opera va balet artisti, Oʻzbekiston xalq artisti (1992).
  • 1955 – Mishel Platini – fransuz futbolchisi, Yevropa chempioni, murabbiy.
  • 1962 – Viktor Soy (1990) – sovet musiqachisi, qo‘shiqlar muallifi, “Kino” rok guruhining asoschisi.
  • 1971 – Anett Olzon – shved xonandasi.
  • 1973 – Zuzana Kaputova – Slovakiyalik siyosatchi, huquqshunos, hozirda Slovakiyaning prezidenti (2019-yildan).
  • 1979 – Kris Pratt – amerikalik aktyor.
  • 1982 – Shahzoda Uilyam – Kembrij gersogi, Buyuk Britaniya shahzodasi.
  • 1983 – Edvard Snouden – amerikalik kompyuter mutaxassisi, dissident, AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi hamda AQSh milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi.
  • 1997 – Rebekka Blek – amerikalik pop-qoʻshiqchi.

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 Xalqaro yoga kuni.
🇺🇳 Yozgi quyosh turishi kuni.
🌏 Butunjahon gumanizm kuni.
🌏 Xalqaro selfi kuni.
🌏 Xalqaro skeytbording kuni.
🌏 Butunjahon gidrografiya kuni.
🌏 Butunjahon musiqa kuni.
🌏 Butunjahon jirafalar kuni.
🌏 Xalqaro futbolkalar kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇱🇧 Livan, 🇵🇸 Falastin, 🇯🇴 Iordaniya, 🇸🇾 Suriya, 🇪🇬 Misr, 🇺🇬 Uganda, 🇦🇪 BAA ‐ Otalar kuni.
🇬🇧 Buyuk Britaniya ‐ Uels shahzodasi tug’ilgan kuni.
🇺🇸 AQSh ‐ Anne va Samanta kuni.
🇬🇧 Buyuk Britaniya, Shotlandiya ‐ Shotland bayrog‘i kuni.
🇬🇧 Buyuk Britaniya, 🇮🇪 Irlandiya ‐ Fikrlash kuni.
🇨🇦 Kanada – Mahalliy xalqlar milliy kuni.
🇨🇺 Kuba ‐ Daraxt ekish kuni.
🇮🇩 Indoneziya ‐ Qishloq xo’jaligi kuni.
🇧🇴 Boliviya ‐ And-Amazonik Yangi yil.
🇬🇱 Grenlandiya ‐ Milliy kun.
🇹🇬 Togo ‐ Shahidlar kuni.
🇨🇱 Chili ‐ Mahalliy xalqlar milliy kuni.
🇨🇦 Kanada – Milliy Aborigenlar kuni.
🇫🇷 Fransiya – Musiqa bayrami.
🇷🇺 Rossiya – IIV kinolog bo‘linmalari kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 524 – Burgundlar Franklar koalitsiyasini Vezerons jangida mag’lubiyatga uchratishdi.
  • 1037 – Qomusiy olim, astronom, faylasuf Ibn Sino vafot etdi.
  • 1266 – Keniluert qal’asining qamali boshlandi.
  • 1633 – Galelio Galeliy inkvizitsiya saroyiga qamaldi.
  • 1768 – qo‘zg‘olon ko‘targan gaydamaklar Usmonlilar qirg‘inini uyushtirishdi.
  • 1788 – Rossiya-Shvetsiya urushi boshshlandi.
  • 1788 – Nyu-Gempshir Konstitutsiyani tasdiqladi va AQShning to’qqizinchi shtatiga aylandi.
  • 1844 – rus qo’shinlari Ilisu sultonligining poytaxtini egallashdi.
  • 1893 – Chikagodagi ko’rgazmada birinchi charxpalak (Ferris Wheel) paydo bo’ldi.
  • 1898 – Guam AQSh tarkibiga kiritildi.
  • 1918 – “O‘zbekiston ovozi” ijtimoiy-siyosiy gazetasining ilk soni nashr etilgan kun (Dastlab 1918-yilda “Ishtirokiyun” nomi bilan chop etilgan, 1991-yildan hozirgi nomda, XDP gazetasi).
  • 1925 – Moskva ko’chalarida taksilar yura boshladi.
  • 1934 – Har bir turk fuqarosini familiyasi bo’lish  majburiyatini belgilovchi «Familiya» qonuni qabul qilindi.
  • 1948 – GFRda yangi valyuta-nemis markasi joriy qilindi.
  • 1956 – SSSRda R-5M – yadroviy kallakli birinchi sovet raketasi qurolli kuchlarda qabul qilindi.
  • 1982 – Fransiyada ilk marotaba «Jahon musiqa kuni» sifatida nishonlana boshlandi. Shu kundan so’ng, 21-iyun butun dunyoda musiqa kuni sifatida qabul qilindi.
  • 1990 – Eronda 7,7 balli zilzila sodir bo’ldi, 35 mingdan ziyod kishi halok bo’ldi  va 100 mingdan ziyod odam tan jarohatlandi . 500 000 dan ortiq odam esa  boshpanasiz qoldi.
  • 2004 – Dunyodagi birinchi xususiy boshqariladigan kosmik kema – SpaceShipOne birinchi marta kosmosga chiqdi.
  • 2004 – Shamil Basayev boshchiligidagi jangarilar Ingushetiyaga qurolli hujum uyushtirishdi.