? BAYRAMLAR:
? Xalqaro Ona Yer kuni.
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? Buyuk Britaniya – Stiven Lourens kuni.
?? AQSh – Konfederatsiyani xotirlash kuni.
?? Serbiya – Xolokost qurbonlari xotirasi kuni.
?? Braziliya – Braziliya kashf etilgan kun.
?? Rossiya – Norasmiy dasturchilar kuni.
?? Braziliya – Qiruvchi aviatsiya kuni.
? VOQEALAR:
- 1370 – Bastiliyaning qurilishi boshlandi.
- 1500 – Pedru Alvaresh Kabral boshchiligidagi portugal eskadrasi bo‘lg‘usi Braziliya yerlariga kelib tushishdi.
- 1509 – Otasining o‘limidan so‘ng Genrix VII taxtga o‘tirdi.
- 1529 – Ispaniya va Portugaliya Saragos bitimini imzolashdi.
- 1662 – Karl II Angliyaning muhim ilmiy markaziga aylangan London Qirollik Jamiyati ustavini tasdiqladi.
- 1793 – Jorj Vashington Yevropa davlatlarining inqilobiy Fransiyaga qarshi urushida AQSh ning neyteraliteti haqidagi Deklaratsiyani e’lon qildi.
- 1794 – Kostyushko qo’zg’oloni: Vilena qo’zg’oloni boshlandi.
- 1832 – Nikolay I ning farmoniga ko‘ra Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tashkil qilindi.
- 1834 – Janubiy Atlantikadagi Muqaddas Yelena oroli Britaniya qirollik mustamlakasi deb e’lon qilindi.
- 1838 – Angliyaning “Siruis” yo‘lovchi paraxodi yelkanlarsiz birinchi marta Atlantika okeanidan suzib o‘tib Nyu-Yorkka yetib keldi.
- 1863 – Moskva shahar dumasining birinchi majlisi bo’lib o’tdi.
- 1864 – AQSh Kongressi qaroriga ko‘ra barcha banknotlarda “In God We Trust” yozuvi qo‘llanila boshladi.
- 1889 – AQSh prezidenti Benjamin Franklin oq tanlilarning Oklaxomada o‘rnashishi uchun ruxsat berdi.
- 1898 – Ispaniya – amerika urushi arafasida AQSh floti Kubani qamal qilishni boshladi.
- 1915 – Birinchi jahon urushi: Germaniya Ipr shahridagi Angliya-Fransiya qo‘shinlariga qarshi xlor yordamida toksin moddalarni ishlatishni kengaytirdi.
- 1918 – Turkiya tazyiqi ostida Rossiyadan mustaqil Zakavkazye Federativ Respublikasi tuzilganligi e’lon qilindi.
- 1930 – Buyuk Britaniya, Yaponiya va AQSh birgalikda “London dengiz bitimi”ni imzoladilar.
- 1939 – Jefri Stefenson Slingsbining “Gall” planyorida La-Mansh bo‘g‘ozi ustudan birinchi parvozni amalga oshirdi.
- 1943 – Albert Hofmann LSD ning gallyutsinogen xususiyatlari haqida birinchi hisobotni taqdim etdi.
- 1945 – “Berlin operatsiyasi” vaqtida Qizil Armiyaning ilg‘or qismlari III reyxning poytaxtiga kirishdi va Berlinni shturm qilishni boshlashdi.
- 1952 – 35 million amerikalik Nevada shahrida yadro bombasi sinovining guvohi bo‘lishdi.
- 1964 – Tanganika va Zanbizar o‘zlarining yagona Tanzaniya davlatiga birlashganini e’lon qilishdi.
- 1969 – Xyustonda ilk bor inson ko‘zini ko‘chirish amaliyoti o‘tkazildi.
- 1970 – Atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida AQSh jamoatchiligi tashabbusi bilan birinchi aksiya o’tkazildi, keyinchalik bu kun BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Xalqaro Ona Yer kuni sifatida belgilandi.
- 1980 – Kanada Moskva Olimpiya o’yinlariga boykot e’lon qildi.
- 1983 – “Shtern” nemis jurnali Gitlerning kundaliklarini chop eta boshladi (keyinchalik bu soxta ekanligi ayon bo‘ldi).
- 1993 – Mosais veb-brauzerining birinchi versiyasi chiqarildi.
- 2004 – Xitoyda ikki poyezd to‘qnashuvida kamida 150 odam halok bo‘ldi.
- 2005 – Xitoyning Chunsin shahri chekkasida kimyoviy zavoddagi portlash natijasida uchta bino vayron bo’ldi, 19 kishi bedarak yo’qoldi.
- 2010 – AQSh qirg’oqlari yaqinidagi Meksika ko’rfazida neft platformasi yong’in tufayli yakson qilindi.
? TAVALLUDLAR:
- 1451 – Izabella Kastilskaya (1504) – Kastiliya va Leon qirolichasi (1474-1504).
- 1518 – Antuan de Burbon (1562) – Navarra qiroli, Fransiya taxtidagi Burbonlarning birinchi vakili Genrix IV ning otasi.
- 1592 – Vilgelm Shikkard (1635) – nemis astronomi, matematigi va sharqshunosi, birinchi arifmometr (qoʻshish mashinasi) ni yaratgan.
- 1724 – Immanuil Kant (1804) – nemis faylasufi.
- 1766 – Anna Luiza Jermena de Stal (1817) – fransuz yozuvchisi, adabiyot nazariyotchisi, publitsist.
- 1834 – Gaston Plante (1889) – fransuz fizigi, qoʻrgʻoshinli akkumulyator ixtirochisi.
- 1839 – Avgust Vilgelm Eyxler (1887) – oʻsimliklarning keng qoʻllaniladigan birinchi tasnifini yaratgan nemis botanigi.
- 1853 – Alfons Bertilyon (1914) – fransuz kriminologi, antropologi, sud-tibbiy identifikatsiya tizimini ishlab chiqqan.
- 1870 – Vladimir Lenin (1924) – Rossiyalik inqilobchi, sovet siyosiy va davlat arbobi, “jahon inqilobining dohiysi”.
- 1876 – Róbert Bárány (1936) – avstriyalik otorinolaringolog, Nobel mukofoti sohibi (1914).
- 1899 – Vladimir Nabokov (1977) – rus va amerika yozuvchisi, shoir, tarjimon, adabiyotshunos va entomolog-olim.
- 1902 – Gʻabit Musrepov (1985) – qozoq adibi va jamoat arbobi.
- 1904 – Robert Oppengeymer (1967) – amerika fizigi, atom bombasining yaratuvchisi.
- 1912 – Malik Qayumov (2010) – kinorejissyor, kinooperator, Oʻzbekiston xalq artisti (1948). SSSR Xalq artisti (1967).
- 1919 – Donald Kram (2001) – amerikalik bioximik, Nobel mukofoti sovrindori.
- 1925 – Mamatxon Ubaydullayev (2010) – aktyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1982).
- 1929 – Maykl Frensis Atiya (2019) – britaniyalik matematik.
- 1937 – John Joseph „Jack“ Nicholson – amerikalik aktyor, rejissor, kinodramaturg va produser. Nicholson kino tarixidagi eng buyuk aktyorlardan biri hisoblanadi.
- 1942 – Oydin Hojieva – O’zbekiston xalq shoirasi.
- 1944 – Yormuhammad Muborakov (1999) – mexanik olim, Oʻzbekiston FA akademigi (1994).
- 1957 – Donald Tusk – Polsha premyer ministri (2007-2014).
- 1964 – Igor Danilov – Rossiyalik dasturchi, Dr. Web antivirusining yaratuvchisi.
- 1965 – Fikret Kushkan – turkiyalik aktyor.
- 1974 – Vasiliy Virastyuk – Ukrainada xizmat ko’rsatgan sport ustasi, «Jahonning eng kuchli odami» unvoni sohibi.
- 1975 – Hosila Rahimova – xonanda, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist.
- 1982 – Kaka – Braziliya futbolchisi, jahon chempioni (2002).
- 1986 – Ember Lora Herd – amerikalik kino va televideniye aktrisasi.
- 1989 – Yasper Sillessen – gollandiyalik futbolchi, darvozabon.
- 1990 – Eve Myurxed – shotlandiyalik kyorlingchi, Olimpiya chempioni.
- 1999 – Maryana Naumova – rossiyalik sportchi, pauerlifting bo’yicha jahon rekordchisi va chempioni, jamoat arbobi.