23 iyun kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 BMT – Birlashgan Millatlar Tashkiloti davlat xizmati kuni.
🇺🇳 Xalqaro beva ayollar kuni.
🌍 Butunjahon ma’lumot tarqatuvchilar kuni.
🌏 Xalqaro Olimpiya kuni.
🌏 Xalqaro muhandis xotin-qizlar kuni.
🌏 Butunjahon ayol inspektorlar kuni.
🌎 Pushti flamingo kuni.
🌏 Yozuv mashinkasi tug‘ilgan kun.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇵🇱 Polsha, 🇳🇮 Nikaragua – Otalar kuni.
🇨🇭 Shveysariya ‐ Yura Mustaqillik kuni.
🇨🇦 Kanada ‐ Terrorizm qurbonlarini xotirlash milliy kuni.
🇯🇵 Yaponiya ‐ Okinava xotira kuni.
🇦🇲 Armaniston ‐ Fitnes va sport kuni.
🇦🇿 Ozarbayjon, 🇺🇦 Ukraina, 🇰🇬 Qirg‘iziston, 🇰🇿 Qozog‘iston ‐ Davlat xizmatchilari kuni.
🇰🇿 Qozogʻiston – Politsiya kuni.
🇱🇺 Lyuksemburg ‐ Buyuk Gersogning tug’ilgan kuni.
🇪🇪 Estoniya – Gʻalaba kuni.
🇦🇹 Latviya – Ligo kuni.
🇪🇸 Ispaniya – Muqaddas Xuan bayrami.
🇦🇩 Moldova – Suverenitet eʼlon qilingan kun.
🇳🇴 Norvegiya, 🇩🇰 Daniya – Avliyo Xans kuni.
🇷🇺 Rossiya –  Balalayka kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 479 – Bir oy oldin qo’mondon Syao Daochen tomonidan taxtdan tushirilgan so’nggi Janubiy Sun imperatori Shun-di o’ldirildi.
  • 1305 – Fransiya va Flandriya Atis shartnomasini tuzdilar.
  • 1314 – Bennokbyornda ingliz armiyasi mag’lubiyatga uchradi.
  • 1710 – Ikki oylik qamaldan so‘ng rus armiyasi Viyborgga kirdi.
  • 1757 – Plessi jangi Boburiylar davlatining yemirilishini boshlab berdi.
  • 1803 – Robert Fulton Sena daryosida birinchi bug‘ kemasini ommaga namoyish qildi.
  • 1846 – Adolf Saks saksofonni patentladi.
  • 1860 – AQSh Maxfiy xizmati tashkil topdi.
  • 1865 – AQSh da fuqarolar urushi tugadi.
  • 1868 – Kristofer Letem Shoulz yozuv mashinkasiga patent oldi.
    @Kun_tarixi_tv24
  • 1894 – Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi tashkil topdi.
  • 1919 – Finlandiya Seymi tomonidan respublika konstitutsiyasining qabul qilinishi.
    -1924 – Gannoverda qotil Fritz Haarmann qoʻlga olindi.
  • 1934 – Kremlda birinchi qahramonlarga Lenin ordeni va Sovet Ittifoqi Qahramoni gramotalari topshirildi.
  • 1948 – G’arbiy Berlinda alohida G’arbiy Germaniya markasining joriy etilishi.
  • 1956 – Jamol Abdul Nosir Misr prezidenti etib saylandi.
  • 1989 – Islom Karimov O‘zbekiston SSR kompartiyasi Markaziy qo‘mitasi Birinchi kotibi etib tayinladi. 
  • 1993 – Lozannada Olimpiya muzeyiga asos solindi.
  • 1996 – O‘zbekiston Bruney davlati bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi.
  • 1998 – Dunyoda birinchi marta inson miyasi hujayralari ko‘chirib o‘tkazildi.
  • 2006 – Avstraliya hayvonot bog‘ida 175 yoshli Garietta  toshbaqasi oʻlib qoldi.
  • 2016 – Buyuk Britaniya aholisi referendumda Yevropa  Ittifoqidan chiqishni yoqlab ovoz berishdi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1668- Jambattista Viko (1744) – italyan faylasufi, tarix falsafasi va etnik psixologiya asoschisi.
  • 1750 – Deoda de Dolomyo (1801) – fransuz geologi va minerologi, sharafiga dolomit minerali qo‘yilgan.
  • 1763 – Jozefina de Bogarne (1814) – Napoleon Bonapartning birinchi xotini.
  • 1855 – Lidiya Seraskaya (1931) – rossiyalik astronom ayol, 219 ta qo‘zg‘aluvchan yulduzlarni kashf qilgan.
  • 1889 – Anna Axmatova (Gorenko) (1966) – rus sovet shoirasi, tarjimon va adabiyotshunos.
  • 1894 – Edvard VIII (1972) – Buyuk Britaniya qiroli (1936), sevgilisi foydasiga taxtdan voz kechgan.
  • 1903 – Anne Revere (1990) – amerikalik kinoaktrisa.
  • 1907 – Jeyms Mid (1995) – ingliz iqtisodchisi, Nobel mukofoti sohibi (1977). 
  • 19010 – Konstantinov Boris (1969) –  rus fizigi.
  • 1911 – Nikolay Kuznetsov (1995) – reaktiv aviatsiya dvigatellari boʻyicha rus konstruktori, ikki marta Mehnat Qahramoni (1957, 1981).
  • 1912 – Alan Matison Tyuring (1954) – ingliz matematigi, birinchi EHM larni ishlab chiqqan.
  • 1952 – Armen Sarkisyan – armanistonlik fizik, texnolog va siyosatchi, 2018-yildan mamlakat prezidenti.
  • 1965 – Valeriy Meladze – qo‘shiqchi, Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist.
  • 1972 – Zinedin Zidan – fransiyalik futbolchi, jahon chempioni (1998), Yevropa chempioni (2000), jahonning eng yaxshi futbolchisi (1998, 2000, 2003), murabbiy.
  • 1976 – Patrik Viyeyra – fransiyalik futbolchi.
  • 1992 – Luiza Galiulina – oʻzbek gimnastikachisi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, sport gimnastikasi boʻyicha Osiyo oʻyinlari va jahon kubogi bosqichlari sovrindori.
  • 1995 – Danna Paola – meksikalik qo‘shiqchi va aktrisa.