24 dekabr kun tarixi

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? O‘zbekiston – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat madhiyasi kuni.
?? Hindiston – Milliy iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni.
?? Mikroneziya – Konstitutsiya kuni.
?? Rossiya  – Harbiy shon-shuhrat kuni – Izmail qal’asining egallanishi.
?? Ukraina – Arxivchilar kuni.
?? Liviya – Mustaqillik kuni.

? VOQEALAR:

  • 1777 – Jeyms Kuk Rojdestvo orolini kashf etdi.
  • 1800 – Fransiyaning birinchi konsuli Napoleonning hayotiga suiqasd qilindi.
  • 1801 – ingliz mexanigi Richard Trevitik bug‘ bilan ishlovchi birinchi avtomobilni namoyish qildi.
  • 1865 – Ku-klus-klan tashkil topdi.
  • 1900 – Xorijda «Искра» gazetasining birinchi soni chiqdi.
  • 1914 – Birinchi jahon urushidagi yangi yil kelishuvi.
  • 1924 – Albaniya respublikaga aylandi.
  • 1942 – RSFSR Narkomprosi «Ё» harfini majburiy ishlatilishi to‘g‘risida buyruq chiqardi.
  • 1961 – Liviya mustaqil davlat deb e‘lon qilindi.
  • 1968 – Yer koinotdan suratga olindi. 
  • 1979 – “Arian” fransuz tashuvchi raketasining muvaffaqiyatli uchirilishi.
  • 1982 – An-124 “Ruslan” harbiy transport samoliyotining birinchi sinov parvozi.
  • 1991 – Rossiya BMTda  SSSRni almashtirdi.
  • 1993 – Qoraqalpogiston Respublikasining Davlat madhiyasi tasdiqlandi.
  • 1994 – Oliy Majlisga birinchi marta ko‘ppartiyaviylik asosida saylovlarning birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi
  • 1994 – Jazoirda bortida 232 kishi bo’lgan Air France samolyoti o’g’irlab ketildi. Ikki kundan so’ng, Marselda samolyot hujum orqali egallandi.
  • 2018 – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining bayrog‘i va emblemasi tasdiqlandi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1167 – Jon Lendless (Yersiz) (1216) – Angliya qiroli (1199-1216).
  • 1761 – Salim III (1808) – Usmonlilar imperiyasi sultoni (1789-1807).
  • 1798 – Miskevich Adam (1855) – Polyak shoiri, polsha milliy harakati arbobi.
  • 1856 – Tomson – Ingliz fizigi, metallarning elektron nazariyasi asoschilaridan biri, Nobel mukofoti sohibi (1937). 
  • 1867 – Tavfiq Fikrat (1915) – Turk shoiri, ma’rifatparvar, jurnalist.
  • 1868 – Emanuel Lasker (1941) – nemis shaxmatchisi va matematigi, shaxmat bo‘yicha ikkinchi jahon chempioni (1894-1921).
  • 1901 – Aleksandr Fadeev (1956) – rus sovet yozuvchisi, tanqidchi, adabiyot nazariyotchisi, jamoat arbobi.
  • 1906 – Jeyms Hedle Cheyz (1985) – angliyalik detektiv yozuvchi.
  • 1918 – Turob To’la (taxallusi, familyasi To’laxo’jayev (1990) – shoir dramaturg va kinodramaturg. O’zbekiston xalq shoiri (1988).
  • 1922- Po’lat Mo’min (2003) – O’zbekiston xalq yozuvchisi.
  • 1925 – Nazarova Tamara (1998) – O’zbekiston xalq artisti (1969).
  • 1926 – Halima Komilova (1984) – balet artisti, raqqosa, O’zbekiston xalq artisti.
  • 1928 – Salimov Oqil – texnika sohasidagi olim, davlat arbobi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1978), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri (1994-1998)
  • 1937 – Rixsi Ibrohimova – Iste’dodli teatr aktrisasi, “O‘zbekiston хalq artisti” (1979).
  • 1942 – Joʻrabek Murodov – taniqli tojik qoʻshiqchisi, bastakori va shoiri, Tojikiston xalq artisti (1974) va SSSR xalq artisti (1979).
  • 1943 – Tarja Halonen –  Finlandiyaning birinchi ayol prezidenti (2000-2012) .
  • 1947 – Nadim Norxojayev – Xalqimizning sevimli bastakori.
  • 1958 – Doni Ilyosov – Bastakor, dirijiyor va musiqiy bezakchi.
    Kun tarixi kanalidan olindi.
  • 1957 – Xamid Karzay – Afgʻonistonning 4-prezidenti (2004-2014).
  • 1961 – Ilhom Aliyev – Ozarbayjonning 4-prezidenti (2003-yildan).
  • 1961 – Gulxatsha Ayimbetova – xonanda, Qoraqalpogʻiston (1999) va Oʻzbekiston (2000) xalq artisti.
  • 1984 – Burak Oʻzchivit – Turkiyalik aktyor.
  • 1989 – Moʻminjon Abdullaev – oʻzbek yunon-rum kurashchisi.
  • 1998 – Aleksis Mak Allister – argentinalik futbolchi, jahon chempioni (2022).