24-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

2301. Kanadada eng serob narsa-bu daraxt.Lekin oʻrmon atroflaridan, dalalardagi elektr ustunlar barchasi Betondan qilingan.Bir necha barobar qimmatga tushsa ham elektr ustunlar bitondan yasaladi.Esimda yoshlik paytlarimizda oʻzimizda ham ayrim yogʻoch ustunlarga moy yogʻ soʻlidan surib guvohi boʻlganman .Endi savolni eshiting.Qanday noxush voqeani oldini olish uchun elektr uskunalar bitondan yasalgan?
Javob: Kanadada keng dalalar oralab tortilgan ustunlar sal shamolda sinib ketavergan. Qancha baquvvat daraxt o’rnatilmasin baribir ag’anayvergan. Oxiri buni tekshirib tagiga yetishgan. Himoyalanmagan elektr ustunlarni yiqilishiga – daraxt teshadigan qizil ishton sababchi ekan. Aynan daraxtni tozasiga in quradi. Shundan keyin ustunlar betondan yasala boshlandi.

2302. Yapon she’riyatida 3 misralik xokkular juda qiyin ma’noga ega she’rlar hisoblanadi.
Masalan: Takarai Kikakuning 3 qatorli xokkusini eshiting:
«Uxlab yotar xizmatkor Tongda,Ko’milib gul yaprog’iga. Men uni kechirdim.»
Diqqat Savol: Nima uchun Takarai Kikaku xizmatkorini kechirgan?

Javob: Takarai Kikaku xizmatkorini go’zallik ichida uxlab yotganini ko’rib,uni kechirgan!!

2303. Keyptaunlik bir jurnalist 12-farzandini ko’rganida, unga «Nuqta» deb nom berib ko’rdi,bo’lmadi. 13-farzand ko’rganda «Tamom» deb ism qo’yib ko’rdi,bo’lmadi. Oradan bir yarim yil o’tib, yana bir farzand ko’radi.
Savol:Jurnalist ota bu farzandiga qanday nom bergan?

Javob: Odаtdа, mаqоlа tugаgаch, yаnа bir nihоyа o’rnidа tug’ilib qоlаdigаn fikrni
yоzgаndа jurnаlistlаr «Pоstskriptum» deb nоmlаshаdi. Fаrzаndini Pоstskriptum deb
аtаgаn.

2304. Aynan shu paytda miyaga qon oz miqdorda keladi. Qonning ko’p qismi boshqa yumushga safarbar qilinadi. Natijada bo’shashish holati ro’y beradi.
Savol: Qachon insonda shunaqa holatlar ro’y beradi?

Jаvоb: To’yib оvqat yegаndаn keyin uyqu kelаdi. Chunki оrgаnizmdаgi qоn
оvqаt hаzm qilishgа sаfаrbаr qilinаdi. Miyаgа qоn kаmrоq yetib bоrаdi. Shu tufаyli
bоsh miyаdа susаyish kuzаtilаdi.

2305. Gruzin kelinlari sepida Shota Rustavellining «Arslon terisini yopingan pahlavon» asari boʻlishi kerak ekan. Bu oʻtmishga xurmat belgisi, ekan.Tarixga xurmat koʻzi bilan qaragan Yapon kelinchagi sepida aynan u boʻlishi kerak.
Nima boʻlishi kerak?

Javob: Qo’g’irchoq

2306. XVIII-XIX asrlarda Angliya qirolichasining maxfiy lavozimdagi xizmatchisi boʻlgan.U shisha qopqogʻini ochish bilan shugʻullangan ekan.Tushinarsiz xolat.Vino qopqogʻini ochish uchun xizmatchi kerakmi. Diqqat savol: U qanday shishalarni qopqogʻini ochish bilan shugʻullangan?
Javob: Dengizdan tutib olingan,ichida maktubi boʻlgan shishalarni ochish bilan shugʻullangan!

2307. Italiyada shunday Futbol maktablari borki, hujumchilar alohida, ximoyachilar alohida, yarim ximoyachilar alohida oʻqitiladi. Ximoyachilar maktabida deyarli bir yil faqat shunday narsa oʻrnatiladiki, bu narsani qilolmagan ximoyachi boshqa mashgʻulotlarga qoʻyilmaydi! Diqqat savol: Nima ularga bir yil oʻrgatiladi?
Javob: Raqibni sun’iy afsaytda qoldirish!

2308. Kembridj universitet «Matematika» oʻqituvchisi eng a’lochi talabaga yogʻoch qoshiq berar edi. Diqqat savol: Qanday xizmati uchun?
Javob: Past baho olsa

2309. Abu Rayhon Beruniy o’z asarlarida «Quyosh va oy falakning ikki ko’zi, Navro’z va X zamonning ikki ko’zidir» deb ta’kidlaydi.
X hozirgi kunda asl ma’nosini yo’qotgan holda davom etib kelmoqda. Navro’z yangi kun sifatida nishonlanishini hisobga olgan holda X bitta so’z bilan ayting?

Javob: «Mehrjon» barcha o’simliklar o’sishdan to’xtab uyquga ketishi va mehnat mavsumining yakunlanishi sifatida nishonlangan.

2310. 1931-yilda «Bentli Motors Ltd» bankrot bo’ladi va «Rollosy Roys» tomonidan sotib olinsada uning ramzi o’zgarmaydi. Ushbu logotipda qanotchalar orasida B harfi tasvirlangan bo’lib, B harfi firma asoschisi Uiliyam Bentli familiyasining bosh harfini ifodalaydi.
Savol: Logotipdagi qanotchalar qanday ramziy ma’no kasb etadi?

Javob. Birin ketin avtopoygalarda g’alabaga erishgandan keyin paydo bo’lgan. G’alaba ramzi hisoblanadi.

2311. Bu mamlakatda har yili qayiq regatasi bo’yicha musobaqa bo’lib turadi. Bu regataning uzunligi aniq 81 km.600 metrni tashkil etadi.
Savol: «Okeandan okeangacha» deb nomlangan bu regata qaysi mamlakatda bo’lib o’tadi?

Javob: Panama davlatida
Panama kanali bo’ylab!!

2312. Sizlarga 6 ta adresni havola qilaman:
-Varsonofev ko’chasi;
-Sadova-Spasskiy ko’chasi;
-Xalqlar klubi;
-Kazarmenniy ko’chasi;
-Kolumb teatri.
Savol:Ushbu manzillarda nimalar bo’lgan?

Javob: Stullar «12 stul» asarini eslang!

2313. Dengizchilar tilida ekipaji tashlab ketilgan kema qanday ataladi?
Javob: uchar golland

2314. Barchamiz avtomobil markalarini yaxshi bilamiz ( tanishmiz ) . Men sizlarga bir nechtasini sanab o’taman : 1) Fiat , Pejo , Reno , Shevrole . Bu so’zlarni avtomobil markalari ekanligidan tashqari yana bir umumiylik birlashtirib turadi . Diqqat savol : Birlashtirib turgan umumiylikni toping ?
Javob. Bu markalarni «T» harfi birlashtirib turadi ! Ya’ni barcha avtomobil markalarining oxiri » T» bilan tugaydi !
Izoh : Fiat , Pegout , Renault , Chevrolet !

2315. Barcha davlatlar nomining kelib chiqishini o’ziga yarasha sabablari bor ! Masalan Serra – Leonega Portugaliyaliklar tomonidan nom berilgan bo’lib , «Arslon Tog’lar» degan ma’noni anglatadi . Yana bir shaxar borki u «Arslon Shaxri » degan ma’noni bildiradi . Arslon boshi u yerda milliy ramz xisoblanadi . Afsonalarga ko’ra Sang Nila Utama «U» yerda ovga chiqib, qandaydir yirtqichga duch kelgan va Uni …. deb o’ylagan ! Shu tariqa orol nomi kelib chiqqan ! Diqqat savol : Orol nomini toping !
Javob : Singapur
Izoh : Sang Nila Utama uni She’r ( Singa) deb o’ylagan !
Manba https://kun.uz/uz/news/2017/12/12/davlatlar-nomi-kandaj-kelib-cikkan

2316. «Одесский вестник » jurnalini 1995-yilgi sonlarining birida, «Maslaxatlar» bo’limida ayollar uchun bir maslaxat keltirilgan : «Shartta eringni fikrini bo’l va xukmronlik qil !»
Quvnoqlar va Zukkolar o’yinlarining birida shu maslaxatni o’zbek ayollariga qarata «O’zbekcha variantini» o’qib berishdi : Shartta eringgizni fikrini bo’ling va …….
Mashxur xazilni eslagan xolda, nuqtalar o’rnidagi bir xil bo’lgan so’zlarni toping ?

Javob : Pok Pok ( Erni gapini bo’lgandan keyin Pooook Pok ) bo’ladida 😄)

2317. U «Odam» ning umrini ➖ xayotida ko’plab baxtsiz xodisalarni boshidan kechirgan va har safar qayta tiklana olgan mashinaning umriga o’xshatishadi ! U -?
Javob: Maneken

2318. Maymun (Sayman) , Richard (tulki), Aisodora (tovuq) va Koko, Morzik, Skuns laqabli xayvonlar ushbu ro’yxatni band qilib turibdi. Savol bu ro’yxatni eng boshida turganning nomini toping?
Javob: Zabiaka (echki)
Izoh : Bu ro’yxat Rossiya maydonlarida o’tkaziladigan o’yinlarni oldindan bashorat qila oladigan samara qo’riqxonasida yashovchi xayvonlar ro’yxati

2319. Deyarli barcha xalqlar xisob kitobida ( 5 ta barmoq bilan xisoblash oson bo’lgani uchundir balki ) beshlik yoki o’nlik tizimidan foydalanadilar . Ammo xindularning Yuki qabilasi bundan mustasno . Ularda ham 5 ta barmoq bo’lishiga qaramasdan to’rttadan xisoblashadi . Biz sanashda 5 ta barmoqdan yordam olganimizdek, ular nimani yordamida xisob – kitob qilishadi?
Javob: Barmoqlar orasini sanash orqali hisoblashadi

2320. Jahon chempioni bo’lgan Rossiyalik shaxmatchining (ismi muhim emas) gaplariga ko’ra u ilk oltin medalini SSSR terma jamoasi tarkibida Yevropa chempionatida qo’lga kiritgan ekan. O’shanda u 16 yosh bo’lgan. Uchinchi oltin medalga esa 20 yoshgacha bo’lgan Yoshlar o’rtasidagi Jahon chempionatida erishgan.
Diqqat savol: mantiqan o’ylagan holda, shaxmatchi hayotidagi ikkinchi oltin medalni qachon olganligini ayting?

Javob: Maktabni bitirganda ( 17 yoshida )

2321. O’zbek shoirlaridan biri X haqida o’z asarida aytib o’tgan. Biroq shoir X ni bilmagan holda, undagi ranglar ketma-ketligini o’z she’rida qo’llagan. Oradan 4 asr o’tib, X Londonda yaratildi. 1968-yildan boshlab X dan butun Jahon foydalanishi Venada imzolandi.
Diqqat Savol: X ni nimaligini bilgan bo’lsangiz, Qaysi shoir o’z asarida uning ranglari ketma-ketligini keltirgan?

Javob: Alisher Navoiy!!
X- Svetofor
Izoh: A. Navoiy o’z g’azalida shunday misralar keltiradi:
«Xil’atin to aylamish jonon qizil, sorig‘, yashil,
Shu’lai ohim chiqar har yon qizil, sorig‘, yashil.»

2322. Xitoyliklar bir toifa insonlarga nisbatan «kamonning aksini jomda ilon ko’radi» iborasini ishlatishadi. Siz menga bu toifani emas, xalqimiz orasida shu ma’noda ishlatiladigan iborani ayting?
JAVOB: «O’Z SOYASIDAN HAM HURKADI»
IZOH: Xitoyliklar hamma narsadan gumonsirayveradigan kishilarga o’xshatish qilib, shu iborani qo’llagan

2323. Maradonaning bir intervyusida shunday : «Men xayotimning deyarli 4/1 qismini Italiyada o’tkazdim biroq bu yerda bironta ham X odamni ko’rmadim» deydi. X ni o’rnidagi so’zni toping?
Javob: Nasroniy
Italiya(Vatikan) xrisitan dinining o’chog’i xisoblanadi biroq ushbu dindan ko’ngli to’lmayotganini ochiq oydin bildirdi jurnalistlarga. Manba X. Xamidov «Islom dinini qabul qilgan mashxur fudbolchilar»

2324. Inson xotirasini 100 %ga yo’qotganda uning qaysi millatga mansubligini bir usul orqali aniqlash mumkin ekan albatta uning so’zlayotgan tili yaxshi muomilasida o’z ona tili bo’lmasligini xisobga olib qanday aniqlash mumkinligini toping?
Javob: Uning jaxliga tegish, yoki so’kinishga majbur qilish(inson xotirasini yo’qotsada biroq u o’z ona-tilida so’kinaverar ekan

2325. VADALAR nomli bir karikaturada saylovda yutib chiqgan yangi prezident xalq oldida nutq so’zlayapti biroq u so’zlayotgan minbar yonidagi mikrafon shinurlari ( simlari ) X dan iborat X ni 2 so’zda yozib bering ?
Javob: Plastmassa truba ( shlanka )

2326. Karikaturada shaharga yangi kelgan bir qishloqlik yigit yangi havoga o’rganolmay yo’tala turib bir ta’qiqlangan belgini ko’rib «Ta’qiq ostida shunchalik bo’lsa» deb fikrlayotgani tasvirlangan u ko’rgan znakda ( belgida ) nima ta’qiqlangan edi ?
Javob: chekish

2327. Keniyada shunday urf-odat bor, unga ko‘ra kuyov bola uylangandan so‘ng turmush o‘rtog‘ini yaxshiroq tushunishi uchun 1 oy BU ISHni qilishi kerak.
O‘tgan asr 50-yillarida bir xorij filmi qahramoni o‘zining shaxsiy xavfsizligi uchun BU ISHni qilgan.
Siz qanday ishligini emas, qaysi film ekanini toping ?

Javob: Jazda faqat qizlar!
Izoh: BU ISH – ayol kishi kiyimini kiyish.
Keniyada kuyov ayolga qanchalik oson emasligini shu bir oy ichida anglashi uchun shunday qilar ekan.
«Jazda faqat qizlar»(1959) filmi qahramoni Gangsterlar qo‘lida o‘limdan qutilib qolish u.n ayolga aylangan))

2328. Sen bilan ochdim ko’zimni,
Sen bilan bo’ldim aziz
Sen bilan kuldi diyorim
Sen bilan turmush laziz
Sen bilan olam yorug’,
Olamda sen bo’lding aziz
Ham g’ururim, ham sururim
Ham huzurim …
Mashhur insonning she’rini bir so’z bilan yakunlang ?

JAVOB: MEHNATIM!
IZOH: mashhur inson—Sh. Rashidov edi.

2329. Arxeologlar Misrdagi ekspeditsiyalar vaqtida qabrlarning biridan kichik metall diskka o’xshash bo’lak topib oldilar. Uzoq vaqt davomida uning yuzasini tozalashmagunlariga qadar, uni nima ekanligini hech tushunolmadilar. Tozalab bo’lib esa, uning yuzasidagi ko’rinishdan xayratlanib qolishdi. Ular diskning yuzasidan nimani ko’rishgan?
Javob: O’z akslarini. Ular ko’zgu topishgan edi .

2330. Kichik bolakayning gaplariga quloq tuting:
Bu qushcha nega to’xtamay uchishini bilaman. Kechqurun hamma uxlaganda uyimizga kirvolib, zaryad ovoladi, shuning uchun ham u shunaqa to’xtamasdan uchadi»
Savol: bizga bolakay aytgan qushchaning nomini emas, «zaryad oladi» deganda nimani nazarda tutganini ayting ?

Javob: Dumini
Izoh: Hovliga in qurgan qaldirg’och polaponlariga ovqat olib kelgan paytda hech yonlarida qolmasligini, tezda qaytib uchib ketishini ko’p kuzatgan bolakay, uni razetka vilkasiga o’xshash dumi orqali zaryad oladi deb o’ylagan

2331. Uning ilk ko’rinishini olimlar bir o’simlikga bog’laydi unga o’xshatiladi. Hozrgi zamonaviy texnologiya asrida uning turlari xilma xil bizga ma’lum turi to’rtburchak bo’lib tashqi ko’rinishidan domino toshlarini eslatadi. Shu oq qora turlari orqali Xitoyda uning xitoy ramzini eslatuvchi jonzodning gigant rasmini yerda aks ettirishdi. Bu jonzod qaysidir ma’lumotda kuchli beshtalikga kirgan. Yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqib aytinchi ushbu jonzodning yerdagi suratidan ular nima sifatida foydalanishadi?
Javob: Quyosh elektro stansiyasi(quyosh batareyalari). O’simlikga o’xshatilish-Kungaboqar.
Xitoy ramzi kuchlik beshtalik Panda-Po.!

2332. Konfutsiy, Budda Shakyamuni, Isus Xristos, Isak Nyuton, Muhammad.s.a.v bularni bir biriga bog’lab turuvchi narsa ( predmed ) bor. Ushbu predmetni kim tomonidan yaratilganini toping?
Javob: Maykl Xart . 1978 yil dunyoning eng kuchli ( ko’zga ko’ringan ) insonlari ro’yxati ( Kitobi )

2333. Aytishlaricha » Ular sarbonlardan ko’ra aqlliroq emish yo’l tanlash borasida, ko’zlari shundayin o’tkirki birovning kissasidagi pulni sanash qobiliyati bor, yana kimgadir qiyomat xaqida ma’lumot kerak bo’lsa ularga murojat qilishlari kerak emish » diqqat savol kimlarga ?
Javob: G’iybatchilarga
Toxir Mahkamov – G’iybatchilar
Birovning kissasidan pul sanagan o’shalar
Sarbonlardan aqlli yo’l tanlagan o’shalar
Kimda qancha diyonat o’shalardan so’ranglar
Qachon kelar qiyomat o’shalardan so’ranglar «

2334. Bir xazilda shunday deyiladi:
-sevgan qizim bilan urishib qoldim
-tez yordam chaqirdim
-Telegramda rasmlarim tarqalib ketdi
-Instagramdagi rasmlarim o’chib ketdi.
Diqqat savol bu ishlar bo’lishidan oldin U nima qilgan edi?

Javob: Telefonini blokirovka qilmasdan kissasiga solgan.

2335. Yelka, bel, tizza ushbu inson organlari keltirilgan ro’yxatda bir shaxsning ham ismini ko’rishimiz mumkin shu shaxsni toping ?
Javob: Abu Muslim.
1-zarbda tizzagacha, 2-zarbda belgacha, 3-zarbda yelkagacha(Shum bola filmidan)

2336. Dunyoda xar bir kunning o’z ta’sirchanligi va o’z xususiyati bor turli inson va turli soha vakillari uchun. Misol uchun Shvetlar -dushanba kunidan cho’chib kalendar yirtish eng qiyin ish deb xisoblashadi. Musulmonlar uchub Juma muborak kun ekani siz-u bizga tanish. Shanba (shabbot) kuni yahudiylar uchun. Xazilga ko’ra payshanbanni kutib yashovchilar ham talaygina ekan)xd. Endi savol aytingchi Seshanba kuni qaysi toifa yoki soha kishilar uchun xavfli bo’lishi ko’p kuzatilgan ?
Javob: Bank xodimlari uchun.
Banklarga hujum ko’pincha aynan shu kunlarda amalga oshirilgan ekan .

2337. Ranglardan qo’rqish-Xromotofobiya
13-raqamdan qo’rqish- Triskaydekafobiya
Quyoshdan qo’rqish-Geliofobiya
Piromofobiya-olovdan qo’rqish
Aytingchi sochlardan qo’rqish qanday ataladi?

Javob: Trixofobiya

2338. O’rta asrlarda dengiz bo’yi atrofida yashagan odamlar uzoq safarlarga otlanganda o’zlari bilan faqatgina sanoqli va kerakli bo’lgan buyumlarni olib ketishgan. Aytingchi, ular qanday maqsadda chig’anoqning yarim bo’lagini olib yurishgan?
Javob: Qoshiq o’rnida foydalanish uchun

2339. Turklar turli urf odatlarga boy xalq hisoblanadi. Qadimda kelinni olib kelish uchun borgan kuyov uning qo’liga uzuq taqqan — bu rishta bog’langanligini bildirgan. Kelinning oyog’iga yangi poyafzal kiydirgan — bu hayotning har qanday yo’lida ham unga ergashishi kerakligini bildirgan. Kelin kuyov xonadoniga kelishida esa ortidan qilich ko’tarib yurishgan — bu uning himoyada ekanligini va gunoh ish qilgudek bo’lsa qattiq jazolanishini bildirgan. Aytingchi, kelin kuyovning uyiga kelganidan so’ng, ro’zg’orning barcha yumushlari endi uning zimmasida ekanligini bildirish uchun unga qanday sovg’a berishgan?
Javob: Xonadon kaliti

2340. Jan Effalning sur’atlaridan birida Tangrining Odam Atoga qarata aytgan shunday so’zlari keltirilgan: «Oltin Soat. Bu senga!»
Savol: Tangri bu bilan nimani nazarda tutganligini bir so’z bilan ayting ?

Javob: Quyoshni

2341. Ikki axmoq qizning suhbatidan:
-yigiting nima ish qiladi?
-u …
-nima, yigiting urushda jang qilganmi?
-jinnimisan, u go’sht yemaydi!
Savol: nuqtalar o’rnidagi so’zni jang qilishga xam, go’sht yemaslikka ham aloqasi yo’qligini hisobga olgan holda, yigitning kasbini toping ?

Javob: Veterinar
Veterinar – veteran – vegeterian
Bu uchalasini mutlaqo farqiga bormaydiganni axmoq demay nima deylik yana ( 😁 )

2342. O’zining Instagrammdagi sahifasida yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov «Liverpul» va Misr terma jamoasi hujumchisi Muxammad Salohni shu yil Rossiyada o’tadigan jahon chempionatida to’xtatib qolish uchun Rossiya terma jamoasi nima qilish lozimligi borasida xazil aralash maslahat berdi. Unga ko’ra shunchaki Salohga X bermaslik kerak. X-? 
Javob: Viza

2343. Ingliz yozuvchilaridan birining fikricha bu dunyoda haqiqiy insonlar juda kam, hayvonlar esa son sanoqsiz. Yozuvchi olamimizni nimaga o’xshatganini ikki so’zda ayting ?
Javob: Nuh kemasiga

2344. Bir sotuvchi shunday degan ekan: «Agarda o’rta va katta yoshli insonlar haqiqatni yashirishmaganida edi… yildan yilga ko’proq mol (tovar) sotar edim»
Savol: sotuvchi qanday tovar sotadi?

Javob: tug’ilgan kunlarda tort ustiga qo’yiladigan shamlar

2345. Rus shoiri uni shunday ta’riflaydi:
Uni – izhorlarning bir bo’lagi bo’lishga ham haqqi bor.
Uni – dasturxoningiz va likopchangizdan joy olishga ham haqqi bor.
Savol: shoir nimaga ta’rif bergan?

Javob: Gulkaram)
Afanasiy Fetning so’zlari edi bu

2346. Yapon xalqi o’zining an’anaviy odatlari bilan ajralib turuvchi xalq hisoblanadi. Hatto hozirgi kunda ham ayollarning o’z xurmatlarini yo’qotmasliklari uchun «bo’ysunishning» uch xil ko’rinishiga qat’iy amal qilishadi. Bular qizning – ota onasiga bo’ysunishi va ayolning eriga bo’ysunishi. Aytingchi, beva qolgan ayol kimga bo’ysunishga majbur?
Javob: to’ng’ich o’g’liga («o’g’liga» varianti qabul emas)

2347. Ingliz jentlmenlarida to’rtta narsa bo’lishi shart hisoblanadi. Bular: nikoh uzugi, galstug qistirgichi, qo’l soati va to’rtinchisini siz ayting?
Javob: ko’ylak yengi uchun bezakli tugma (zaponka)

2348. Qadimda Rimning obro’li xonadon egalari bazmlarda, yig’inlarda va hatto sayrga chiqqanida ham o’zi bilan maxsus xizmatkorni olib yurgan. U soliqlardan ozod qilingan bo’lib, xo’jayini bilan yonma-yon yurishga ham bemalol haddi siqqan. U tansoqchilik qilmagan, yugurdaklik qilmagan, sayr yoki bazm payti xo’jayinidan boshqasi bilan gaplashmagan.
Savol: uning vazifasi nimadan iborat bo’lgan?

Javob: Mehmonlarni, xo’jayini qarshisidagi odamlarni ismini, kimligini xo’jayiniga aytib turgan

2349. Bolgariya poytaxtida Rus-Turk urushida halok bo’lgan insonlar uchun yodgorlik o’rnatilgan bo’lib, undan 500 dan ortiq insonlarning familiyasi yozilgan. Qizig’i ro’yxatda uch xil ko’rinishda yozilgan familiyalarni ko’rish mumkin. Birinchisi ism sharifning bosh harflari va familiya ko’rinishida, ikkinchisi ismning bosh harfi va familiya ko’rinishida, uchinchi esa faqat familiya ko’rinishida yozilgan.
Savol: kimlarning faqatgina familiyasi yozib qo’yilgan?

Javob: sanitarlar
531 kishi bular urushda Bolgariya zaminida halok bo’lgan tibbiyot hodimlari hisoblanadi. Ism sharif bosh harfi va familiyasi yozilganlar varachlardir. Ismining bosh harfi va familiyasi yozilganlar — hamshira va feldsherlar. Sanitarlarni esa faqatgina familiyasini yozib qo’yaqolishgan

2350. Aqshdagi milliy laboratoriya fizik olimlari o’tgan yillardan qolgan ichi bo’sh yopiq idishlarni, urushdan qolgan askarlar kiyimlaridagi yumaloq mis tugmalarni, qumsoatlarni, teleskop va binokol kabi predmetlarni yig’ishadi. Aytingchi, olimlar eski-tuski bu predmetlar orqali nimani o’rganishadi?
Javob: ular ichidagi o’n hatto yuz yillardan buyon saqlanib qolgan havoni tekshirishadi

2351. Savolda o’zgartirishlar bor.
Bir odam oxista qadam tashlab ketayotgan edi biroq yo’lidagi kichikroq toshga qoqilib yiqilib ko’ylagi yirtildi birozdan so’ng esa u shu joyda jon taslim qildi. Aslida toshga yiqilib jon taslim qilish Alloh tomonidan lekin siz mantiqan o’ylangchi bu odam nima sababdan o’ldi?

Javob: Bu odam Astronavt edi u oyda yiqildi skafandir yirtildi va kislorod yetishmaslik oqibatida olamdan o’tdi.

2352. Fransiyada yashovchi Fransisk ismli bir fermer jinoyatda ayblanib xibsga olindi surishtiruv ishlarida aybdorning fikri:»Men qanday ayb ish qilishim mumkin qishloqda xech kim bilan gaplashmasam sigirim mariya cho’chqa Napaleon bor xolos nima aybim deya xitob qilmoqda»!
Savol siz aytingchi uning aybi nimada?maksimal aniq javob qabul?

Javob: Napaleon nomi cho’chqalarga qo’yilishi Fransiya qonunchiligida ta’qiqlangan.!

2353. Londondagi bir Tv ko’rsatuvda muhlislarga savol berishmoqda. Siz uchun Angilya futboli afsonasi kim. Bobbi Charlton
Shunda muxbir agar shu savolni Argentinalikka berishganda ular UNI aytar edilar deb xazil qiladi
siz muxbir aytgan uni ismi familyasini aniq ayting?

Javob. Bogdan Dochev
Izoh: bu inson 1986-yilgi jahon chempionatida Maradonani qo’l bilan urgan golini xisoblaganini juda yaxshi bilamiz

2354. Bunday toifadagi kitoblar ko’pchilikga yoqmidi. Eynshteyn bu turdagi kitoblarni ko’rganida jazavasi qo’zigan. Ko’pchiligimizni uyimizda bu turdagi kitoblar bor ekanini hisobga olib qanday kitoblar ekanini toping ?
Javob : O’qilmagan kitoblar

2355. Bir mashhur aktyor shunday degan
«Ming afsuski u endi yo’q, juda ham yoqimli edi ayol kishi og’zini ochsa-yu …. «
Siz menga iborini to’ldirmang, balki gap nima haqida ketayotganini toping ?

Javob: Ovozsiz kino.
Ming afsuski u endi yo’q, juda ham yoqimli edi ayol kishi og’zini ochsayu sen uni eshitmasang. (CH. Chaplin).

2356. Bir aforizmga ko’ra «Inson shunday yashashi kerakki X ni hech kimga berishga xojat qolmasin»
p/s X ni mashxur uchlikdan biri ekanini hisobga olib X ni toping ?

Javob: Kechki ovqat.
Izoh. Ertalabki nonushtani o’zing yegin. Tushlikni do’sting bilan. Kechki ovqatni dushmaningga ber.

2357. «Bunday holat» X larni xursand qiladi Y larni esa xafa qiladi. X larning eng qimmati 222 mln turadi. Y larni esa Rafael boshqarib turibdi. Siz menga X Y ni emas «Bunday holat» ni bir xil xarf bilan boshlanuvchi uchta so’z bilan yozing ?
Javob: To’pning to’rga tegishi.!
X futbolistlar. 222 mln -Neymar.
Y tennischilar-. Rafael Nadal.

2358. Harbiylikka tayyorlov konkursida Tayvan dengiz qo’shinlarida shunday shart bor «masofa 50 metr yo’lak o’tkir tosh va marjonlar bilan to’ldirilib ishtirokchilar yotgan va qo’llari bog’liq holatda manzilga yetib borishlari kerak» shart so’ngida ularni oilasini issiq quchoqlashishlari hamda maxsus yorliqlar kutib turadi, ushbu shartni ikki so’z bilan nomlang ?
Javob: Jannatga yo’l

2359. O’zbek adibi Muxammad Ali ning «Sarbadorlar» romanida shunday bir lavxa borki , u sarbadorlar jamoasida eng a’lo odatlardan biriga aylangan . » U birlashmaklikning ulug’ rusumlaridan , ota bobolarimizdan qolgan ezgu udumdir «. Diqqat savol : adib bu ta’rifni nimaga nisbatan bergan ?
Javob: Hasharga

2360. Otto Rehhagel kam imkoniyatga ega bo’lgan greklardan Evro-2004 da chempion ,,yasaganida» butun dunyo hayratdan yoqa ushlagandi.Lekin nemislar bu voqeadan unchalik xayron qolishmadi. Nima uchun nemislar unchalik xayratlanishmadi?
Javob: Chunki Rehhagel 1997/98 yilgi mavsumda Germaniya chempionati debyutanti ,,Kayzerlautern»ni Germaniya chempioniga aylantirgandi

2361. Malika Diana bilan shaхzoda Charlz ajralishgach Britaniyada krujkalar paydo bo’ldi. Bu krujkaga хеch qanday ilohiy so’zlar yozilmagan bo’lsa ham uni q’oliga olgan odam ularni ajralishganligini bilishgan. Savol: qayеrdan bilishgan ?
Javob: Malika Diana va Shaxzoda Charlz bir birlariga teskari turgan xolda tasvirlangan

2362. Uning go’zаl sаn’аti-yu, sаvlаti hаm bоr. U nаrsа аyniqsа bаhоrdа tаbiаt bilаn uyg’unlаshib аjib ko’rinish kаsb etаdi. Bоshqа fаsllаrdа hаm mаftunkоr qo’shig’i, bеtаkrоr rаqsi bilаn jilоlаnаdi. Yaqinigа bоrsаng bоshing vа sоchingni mаyin silаb, sеskаntirаdi. U nimа bo’lishi mumkin ?
Javob: Sharshara

2363. Amerika hindulari bilan bu voqea sodir bo’lsa, zudlik bilan daryoga yugirishadi.
:Nega?

Javob: Ilon chaqsa elektr baliqga chaqtirish uchun

2364. Buyuk ingliz dramaturgi Uilyam Shekspir davridagi pyesalarda ayol qahramon turli maqsadlarda erkak qiyofasida kiyinar edi. Aytishlaricha, shunday rollar o’sha paytlarda bugungidan ko’ra yaxshiroq va tabiiyroq o’ynalgan. Buning boisi nima edi?
Javob. O’sha paytda ayollar rollarini ham erkaklar ijro etishgan.

2365. O’zbek ayoli oilada doim eridan keyin turadi xurmat yuzasidan buni barchaga sir emas. Rus ayollari esa ustunroq ekan. Bir xazilda shunday deyiladi «O’zbek ayollari ushbu Toifada» erlaridan ustundir» savol qaysi Toifa?
Javob : Er va xotin yozuvining harflar sonida .
Er – 2 , Xotin – 5
Ruslarda : Муж – 3 , Жена – 4

2366. Tadqiqotchilarning fikricha, Dakota indeys qabilasi Osiyoxalqlari, xususan turkiylar va xun(xitoy)larga aloqador bo’lishi mumkin. Bunga 1-dalil, tillardagi yaqinlik: men- mi; ikki- ik, ichmoq- ichu, yutmoq- yuta degani.
2-dalil esa, qabilaning totem belgisidan.
Diqqat savol. Dakota qabilasining totem belgisi nima bo’lgan?

Javob: Ajdarho (surati).
Qozon shahri gerbida ajdarho surati bor. Qadimgi Xitoyda ham muqaddas sanalgan. Turkiy xalqlarda esa u to’g’rida ertaklar mavjud.

2367. Savol: ,,Sotsial tarmoq” filmida kotib Garvard universiteti binosidagi talabalarga shunday deyapdi: ,,Ehtiyot bo’linglar, bu bino yuz yilcha kattaroq…”.
Savol: Uch nuqta o’rnidagi so’zni toping?

Javob: Bu mamlakatdan(AQSH)

2368. Topishmoq savol:
Uch hamkasb o’rtoq
Uchchovi axil inoq.
Biri go’zal rus qizi
O’z ishining ustasi.
Biri betob shekilli
Tez-tez nafas oladi.
Qorni ham och qolganmi
G’aldur-g’uldur qiladi.
Uchinchisi ajoyib
Bitta joyda turmaydi
Paypog’ini kiymasdan
Bironta ish qilmaydi?

Javob: Supurgi , Plisos , Shvabra

2369. Angliyaga kontranbadachilar katta miqdorda noqonuniy pul olib kirmoqchi bo`lishadi. Ammo ular hatto sellofan ichiga joylagan pullarni ham Labrador va kokker-spaniel itlari bojxonada topib oladi. Diqqat savol: Bu voqea qaysi mashhur shaxs fikrining xato ekanini isbotladi?
Javob: Vespasian , Pulni xidi bo’lmaydi !

2370. SSSR paytida esimda qolgan ko’pgina munosabatlar X ga bog’liq. Nozik masalalar muhim ishlar ham X qadrini oshirib yuborgan edi. Aslida X ni narxi juda past ediyu lekin Bir Ish tufayli X bo’lishi juda muhim bo’lgandi. X bo’lmasa muhum ishlar o’z vaqtida bitmay qolgan. X ni ikki so’zda yozing?
Javob: Ikki tiyin.!
Izoh uchun. Ikki tiyinli tanga telefon uchun kerak bo’lganini eslang.

2371. Yapon xokkusini tinglang.!
Bo’rilar to’q,
Qo’ylar shod.
Cho’ponga….
Savol nuqtalar o’rnidagi so’zni toping ?

Javob: Xotira.
Bo’rilar to’q,
Qo’ylar shod
Cho’ponga abadiy xotira

2372. X grek mifologiyasiga oid qahramon nomi. Bu nom ostida ЦКИБ (ikkitadan bitta) shiori ostida mahsulotlar chiqarilgan. Tabiatda uni Megostobil va Mikrostobil (ayol erkak) turlari bor. Tabiatdagi X ni bu turi Plutarxni barcha qonunlarini o’z ichiga oladi. Savol X nima?
Javob: Kiparis
ЦКИБ tomonidan Kiparis nomli pulemyot pistolet ishlab chiqarilgan. Kiparis daraxti ham ayol ham erkak jinsini o’zida mujassamlashtirgan. Plutarxni barcha asarlari aynan Kiparis daraxti yog’ochidan ishlangan ekan.!

2373. Bir shaharda aka uka singillar yashardi. Dilshod Sardor Charos Po’lat Jamila Shomurot Yaxyo Otasi ularni teng ko’rib ularga bir xil muomila qilar xattoki bir xil kiyim va bir xil miqdorda ovqat ham berilardi. Buni qarangki ular bir xil bo’yli bir xil vaznda balog’atga yetishdi. Biroq ularni ko’rgan boshqa qishloqdagilar senlarning orangda eng kattasi eng yo’g’oni Dilshod ekan bu senlarni akangmi ? Deya gaplari aka -ukalarni ko’nglini xira tortdi?. Buni otasiga yetkazishdi Ota..
Endi savol Sizlar menga Otasi qanday chora ko’rganini emas Gap nima haqida ekanini yozib bering?

Javob: hafta kunlari.
Dilshod-Dushanba.
Sardor-Seshanba
Charos -Chorshanba
Po’lat Payshanba
Jamila -Juma
Shomurot -Shanba
Yaxyo- Yakshanba.
Dushanba kimlar uchundir og’ir kun hisoblanadi(studentlar misol uchun) yana kim uchun oddiy kun. Biz uchun esa barobar hammasi.

2374. Moyem pyesasida qariya jentlmen va yosh xonim o‘rtasida quyidagi suhbat boradi:
Qariya: Men 30 yoshdan katta ayollarga e’tibor bermayman!
Qiz: Men 25 yoshdaman. Demak mening hisobimda 10 yil vaqt bor!
Qariya: Siz arifmetikani yaxshi bilasizmi o‘zi?
Qiz: Yo‘q. Ammo bir sohadan yaxshi xabardorman.
Diqqat savol: Qaysi?

Javob: Kasmetolog. Remont qiladi yuzni

2375. Birinchining va’dasi Xudoga shukrki, hali amalga oshmadi. Lekin, yoshi ulug’ otaxonlar bilan gaplashganimizda ular bu va’da amalga oshishiga yaqin qolganini turli misollar bilan isbotlamoqchi bo’lishadi. Ikkinchi Birinchidan farqli ravishda bir necha bor o’z va’dasi ustidan chiqqan. Bunga sabab u insoniylik nima ekanidan bexabar. Siz menga birinchi va ikkinchi aynan nimani va’da qilishganini aytib bering?
Javob: Qaytib kelish.
Izoh: 1. Iso Masih. U qaytishni va’da qilgan, u qaytsa oxir zamon bo’ladi. 2. Terminator. U ham I’ll be back degan. Va bir necha bor o’z va’dasini bajargan.

2376. Xristian diniga mansub bir ayol Zakir Naykdan so’radi: Xristian bilan musulmonni farqi nimada? Men xristianman men jannatga tushanmanmi deb?
Zokir Nayk:» Iso Alayxissalomga ergashgan uning aytgan yaxshi amallarini bajargan jamiki xristian jannatidir. Musulmon va xristian o’rtasidagi farq (biroz kulib) sizlar Isoga ishonasiz unga ergashasiz bilingki musulmonlar xristianlarning X dir»
X ni bir so’zda toping?

Javob: Xristianidir
«Xristianlarning xristiani»
Xaqiqiy xristian Isoning aytgan yaxshi amalini bajarganlar jannatidir. «Yohandas» kitobidan «Mendan keyin bir zot keladi u kelishi uchun men ketishim kerak u sizlarga meni ulug’laydi sizlarni xaqiqat yo’liga chorlaydi» bu shaxs Muhammad s.a.v.dir.

2377. Barchamiz bilgan «Alpomish» dostoni qaysi xalqqa tegishli? Xuddi shu bahs uzoq yillar davomida o’zbek va qozoq millati o’rtasida tortishuvlarga sabab bo’lgan. Yozuvchi Nosir Fozilov esa dostondagi bir holatdan kelib chiqqan holatda Alpomish qozoq xalqiga emas, o’zbek xalqiga tegishli qaxramon degan fikrni isbotlab bergan.
Dostonni eslaga holatda aniq ayting, N.Fozilov aynan qaysi holatga tayangan holda bu fikrni isbotlagan?

Javob: Qozoqlarning qarindoshga qiz bermasligi
Izoh: Bilamizki, Alpomish va Barchinoy amakivachcha bo’lishgan. Qozoqlarda esa aka-uka kabi yaqin qarindoshlar quda bo’lishmaydi.

2378. Tibbiyotda tekshiruvning Perkussiya usuli mavjud. Unga ko’ra shifokor bemorning ichki a’zolari (jigar, o’pka va hkz)larni chegaralari, qorinda suv miqdorini aniqlash maqsadida bemor tanasiga chap qo’l o’rta barmog’ini qo’yadi va o’ng qo’l o’rta barmog’i to’qillatib urib tekshiruvni amalga oshiradi.
Perkussiya usulini kashf etgan doktor Leopold Auenbrugger hisoblanar ekan. Eng qiziq tomoni, bu usul kashf etilishiga yoshlikda otasining kasbida bergan yordamlari asos bo’lganligi aytiladi.
L.Auenbruggerning otasining kasbini toping ?

Javob: Vino sotuvchi.
Izoh: bo’lajak shifokor yoshligida bochkalarda qancha vino qolganini bilish uchun bochkaga qo’lini qo’yib ustidan urib ko’rgan, keyinchalik esa bu Perkussiya usuliga asos bo’lgan.

2379. Ushbu kunda uchta buyuk najot kuni birlashdi. Ularning birinchi ibtidoning najot topgan kuni, ikkinchisi ota-bolaning najot topgan kuni, uchinchisi esa xalqning najot topgan kuni.
Siz menga ushbu kunning sanasini maksimal aniqlikda yozib bering?

Javob: 01/09/2017
Izoh: Otam Atoning tavbasi Juma kuni qabul bo’lgan, Qurbon hayiti kunidagi Ibrohim a.s. va Ismoil a.s. qissasi va yurtimiz mustaqilligi.

2380. Fransiyadagi bu orol haqida Yuliy Sezar quyidagicha fikr bildirgan: 《Har xil qalang’i va qasang’ilar to’planadigan joy》. Bu orol o’z navbatida bir inshooti orqali mashhur. Bu orolning eng mashhur mehmoni bir badavlat insondir.
Siz orol nomini va mehmon kimligini topdingizmi siz bu mehmon haqida yozilgan asar muallifi kim ekanini ayting?

JAVOB: ALEKSANDR DYUMA
Izoh: Graf De Monte Kristo mehmon bo’lgan If oroli haqida edi

2381. XX asr o’rtalaridan Gana poytaxti Akkrada bir anana urfga kirgan. Unga ko’ra X baliqchilar uchun – Ulkan baliq shaklida , Tegirmonchilar uchun – Un saqlaydigan qop shaklida , Uchuvchilar uchun – Qanoti ochiladigan samalyot shaklida, Barmenlar uchun – Bahaybat shisha shaklida , Etikdo’zlar uchun – Ulkan oyoq kiyim shaklida tayyorlangan . Diqqat savol X ni toping ?
Javob: Tobut

2382. Karikaturada eshik oldida psixiatr va uning qabulida navbat kutib o‘tirgan insonlarni bosh qismini bir predmetga o‘zgartirib tasvirlangan. Barchasida bir predmet biroq psixiatr va mijozlarda farqli ko‘rinishda.
Predmetni toping ?

Javob: kubik rubik

2383. 2017 yil sentabr oyida Aqshni Eldarodo konyonida bir ajoyib do’kon ochildi do’kondagi barcha mahsulotlar bepul hisoblanib u do’kon faqat 1 turdagi shaxslarga xizmat qiladi. U toifadagilardan yagona talab o’zi turga joydan 100 metrga harakatlanishi xolos. Savol bu do’kon kimlar uchun bepul xizmat qiladi?
Javob: Alpinistlar.
100 metr balandlikda joylashgan ushbu do’kon

2384. 2016 yilgi Olimpia o’yinlaridagi Pele nutqidan:Men Braziliya uchun jonimni beraman, Braziliya sporti uchun qo’limdan kelgan ishni qilaman lekin Maykl Jekson uchun hech narsa deyolmayman» deya nutqini tugatar ekan kuzatuvchilar va jurnalistlar kulgusiga qoladi nima uchun ekanini siz toping ?
Javob: Pele aytgan gapda Maykl Jekson emas Maylk Jordon bo’lishi kerak edi Pele bilan birga nutq so’zlayotgan shaxs M. Jordon

2385. Amerikada O’lgan odamning X ni yo’qotish uchun uning; O’lganlik haqida guvohnomasi, o’likning rasmi va dafn marosimining rasmi kerak bo’ladi. Aytingchi bu hujjatlar nima uchun kerak ?
Javob: Facebook profilini o’chirish uchun.

2386. Dunyo sud qarorlariga nazar solsak eng ajoyib qaror 1474 yilda Bazel shaxrida amalga oshirilgan bo’lib bunda X Bu Ishni qilganligi uchun sudlanib olovda yoqib o’ldiriladi. Oradan 500 yil o’tgan olimlar X ning tana organlari o’zgarishini aniqlab Bu Ish oddiy xolligini isbotlab 500 yil oldin yoqilgan X ni oqlaydilar. Aytingchi X nima ish qilgan edi ?
Javob: Tuxum qo’yish
X bu xo’roz bo’lib organlari o’zgarishi sabab tuxum qo’yib turar ekan.

2387. Savolda o’zgartirishlar bor.
Qadim emas yaqin o’tfan zamonda bir qirol bo’lgan ekan. Uning boyliklar ko’p bo’lib ularni qirol xazinasiga olib kelishda qaroqchilar o’maraverib ancha qiynalibdi. Shunda u muammoni xal qilishda xazinasini olib keluvchi foytunlarga «Margaret Tetcher» «Amir Temur» «Robert Downey» «Nejati Shashmaz» kabilarni qo’riqchilikga yo’nlabdi. Buni qarangki bu ish beribdi va muammo bir muncha xal qilinibdi biroq 7 yil o’tgach yana bu talonchilik ro’y berdi. Savol bu qanday talonchilik edi ?

Javob: Ilk bronlangan inkasator mashinaning o’marilishi edi.
Yuqorida keltirilgan nomlar «Metal»ga aloqador ism va laqabligi uchun yozildi. 1920 yilda metal bronlangan inkasator mashina paydo bo’ldi biroq 7 yil o’tgan uni o’g’rilar tomonidan o’marildi.

2388. Tarixdan bilamizki juda ko’p janglar bo’lib o’tgan. Lekin bu jang to’g’risida 2013 yilning 10 sentyabr kuni O’zbekiston matbuotida » 11 ta o’lik va 30 million yaradorlar » deb nomlangan maqola chop etilgan edi . Diqqat savol : Maqola nima haqidaligini toping ?
Javob : Iordaniya va O’zbekiston haqida !
Izoh : JCH 2014 saralash o’yinidagi pley off bosqichi

2389. XX asr boshlarida jadidlar matbuoti ham rivojlana bordi. Turkistonda jadidlarning “Taraqqiy”, “Shuhrat”, “Xurshid”, “Buxoroi sharif”, “Sadoi Turkiston” va boshqa gazeta va jurnallari nashr etila boshlandi. 1906 – yil 27 – iyunda “Taraqqiy” gazetasining birinchi soni chiqdi. Bu kun O’zbekiston Respublikasida Matbuotchilar kuni sifatida nishonlanadi. Ushbu gazeta kimning tahriri ostida chiqdi?
Javob: Ismoil Odilov!

2390. Latifa: Bemor vrachga murojaat qilyapti: – Operatsiya uchun 20 ming dollar olasizmi, bu juda qimmatku? – Ana, hamkasbim kelyapti, u sizdan 1 sent ham olmasdan operatsiya qiladi. – Nahotki, u bepul operatsiya qiladimi? – Yo’q, odatda unga pulni … … to’lashadi? Savol, nuqtalar o’rnini 2 ta so’z bilan to’ldiring?
Javob: Bemorning merosxo’rlari !

2391. 1917 – yil mart oyi boshlarida jadidlar Toshkentda barcha erkparvar tshkilotlarni umumiy dasturiga ega bo’lgan yagona tashkilotga birlashtirishi lozim bo’lgan yangi tashkilot tuzdilar. Uning ta’sis syezdida 350 delegat qatnashgan, ularning orasida ozarbayjonlar, tatarlar, turkmanlar, boshqirdlar va boshqa musulmon xalqlarining vakillari bo’lgan. Hurmatli bilimdonlar, ushbu tashkilot nomi nima deb ataladi?
Javob: Musulmon markaziy sho’rosi” ( Milliy markaz ).

2392. Bir suhbatda biri yulduzlar bu vafot etib ketgan ajdodlar ekanligini aytsa, ikkinchi buni rad qilib, shunchaki ular osmonda yopishib turgan yonar qurtlar ekanligini aytadi. Savol: Suhbat kimlar orasida bo’lgan?
Javob: Simba va Pumba

2393. “Yuventus” klubining o’yinini tanqid qilar ekan NTV+ sharhlovchisi klubning o’yini faqat g’alaba uchun ekanini, chiroyli o’yin uchun umuman o’ynamasligini aytib o’tadi. Bu hatto klubning ruscha nomida ham ko’rinib turarkan. Savol: klub nomida nimani ko’rish mumkin ?
Javob : Klub odatda qayd qiladigan hisobni: 1-0
Izoh: “Ювентус” so’zidagi “Ю” harfi 1-0 ni eslatadi

2394. Savolda o’zgartirish: Maktab vaqtlarimiz Pushkinni «MERGAN Pushkin» deb atardik. U paytlari MERGANning ma’nosini bilmasdikam. Bir adabiyotchi domlamizni ta’kidlashicha u haqiqatanam MERGAN. Aytgancha bunga men ham aminman, ammo maktab paytlada tushunmaganman. Almashtirilgan so’zni ayting?
Javob : AS
Izoh : A.S.Pushkindan uni as deganmiz . U haqiqatdan o’z ishining ustasi – AS

2395. Bir necha oylar muqaddam Eron prezidenti Rimga rasmiy tashrif buyuradi. Shu munosobat bilan Rimdagi Kapitoliu muzeyi xodimlari muzey va shaxarda bir ishni amalga oshirishadi. Bu Eron prezidentiga hurmat va madaniyatning yuksak ko’rinishi deyish mumkin. Savol Qanday ish amalga oshirilgandi?
Javob: Yalang’och haykallar yopib ( o’rab ) qo’yilgan !

2396. Rimliklarning hayot tarzi, kundalik ehtiyojida 2 ta soha ya’ni X va Y katta ahamiyat kasb etgan. O‘yin kulgu va podshohlik shu 2 ta soha kishilariga bevosita bog’liq bo‘lgan! «Qirol Lir» qahramonlaridan birining: «Agar Rimda bõlsam edi.juda obro‘li bo‘lar edim. Chunki men ham X ham Y man,ham U man degan xitobi bor!»
Qaysi sohalar X va Y bilan ifodalangan ?

Javob: X nonvoy
Y masxaraboz.
Qirol Lirning masaxarabozi: Rim meni yoqtiradi, chunki men ham masxaraboz, ham nonvoyman, degan.

2397. Sovg’alar hammaga yoqadi. Sovg’alar har doim biron bir ma’noni ifodalagan. Masalan matroslarga o‘yin kartalarini sovg’a qilish «baxtsizlikni», misrliklarga mushuk sovg’a qilish » go‘zallikni ifodalagan. Sohibqiron Amir Temur esa «X» ni ifodalash uchun «TERMIZ QOVUNI» ni sovg’a qilgan. «X» ni topgan bo‘lsangiz, unda menga «X» ni Yevropada nima orqali ifodalashganini ayting? 
Javob: OQ KABUTAR PATLARI. 
Izoh: Amir Temur qo‘rqoqlikni ifodalash uchun Termiz qovunini Qora Yusufga jo‘natadi. ( u yakkama yakka jangdan bosh tortadi)  Termiz qadimdan mardlar yurti sanalgan. Temur bu orqali qovundan yeb senga ham mardlik yuqsin demoqchi edi. Yaqinda Termiz shahri » Amir Temur ordeni» bilan mukofotlangani bejiz emas. Yevropada esa urushdan qochgan askarlarga qo‘rqoqlik ramzida » OQ PATLAR » jo‘natilgan.

2398. Mirzo Bedilning ,,Hayrat oynasi” asaridan hikmat.
O’z foydasiga qolganda hech kim birovning maslahatiga muhtoj emas, zero, FIL o’zining yo’lini QAMCHISIZ ham topadi! Almashtirilgan ikki so’z boshqa bir maqolda ham yonma-yon kelgan. Diqqat savol: Hikmatdagi ikki so’zni yozib bering?

Javob: Ko’r va Hassa
Izoh: Ko‘r hassasini bir marta yo‘qotadi maqoli bor. Ko‘r so‘zi bilan Fil ni almashtirishga sabab mashhur ,,Ko‘rlar va Fil” masali bor!

2399. Daniya Prinsessasi, Rubi Red, Triumf, Laki Strayk, Prins Sharl. Bu ro’yxatda nima keltirilganin topgan xolda menga 1952 yili ekran yuzini ko’rgan filmni ayting?
Javob: Fanfan Lola
Izoh: Yuqoridagilar Lolaning turlari. Fanfan Lola filmi esa 1952-yili ekranga chiqqan edi.

2400. Bir Norveg oilasida ota ona qizini noodatiy “Yunva” ismi bilan atashibdi. Endi har dam olish kunlari, ota uyda televizorni yolg’iz ko’rmaydigan bo’libdi. Savol: Mantiqan o’ylab bu qiziqqon oila 2015 yil yevropaning qaysi shaxrida bo’lishganin ayting?
Javob: Liverpul
Izoh: Ynva ya’ni YNWA – You’ll Newer Walk Alone Liverpul fc muxlislari qo’shig’i edi, qizning otasi Liverpulga muxlislik qilib shu ismni qo’ygan, 2015 yilda esa oilasi bilan Liverpul shaxriga kelgan ekan.