25 aprel kun tarixi

? BAYRAMLAR:

?? Butunjahon bezgakka qarshi kurash kuni.
?? Xalqaro AKT sohasida qizlar kuni.
?? Xalqaro delegatlar kuni.
? Butunjahon pingvinlar kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Qozog‘iston – Futbol kuni.
?? Tailand – Qirol Naresuan kuni.
?? Rossiya – Chuvash tili kuni.
?? AQSh – DNK kuni.
?? Germaniya – Daraxt ekish kuni.
?? Islandiya – Yozning birinchi kuni.
?? KXDR – Koreya xalq armiyasi kuni.
?? Indoneziya – Mintaqaviy avtonomiya kuni.
?? Svazilend – Milliy bayroq kuni.
?? Yangi Zelandiya,
??Avstraliya – Vatan himoyachisi kuni.
?? Farer orollari – Bayroq kuni.
?? Misr – Sinayni ozod qilish kuni.
?? Portugaliya – Ozodlik kuni.
?? Italiya – Ozodlik kuni.

? VOQEALAR:

  • 1333 – Polshaning feodal bo’linishiga chek qo’ygan Buyuk Kazimir III Krakovda toj kiydi.
  • 1433 – Knyaz Yuriy Dmitrievich Klyazmadagi jangda Vasiliy II ni mag’lub etdi, shundan so’ng u Moskvada Buyuk knyaz taxtiga o’tirdi.
  • 1498 – Puli chirog‘ darasida Xuroson hukmdori Sulton Husayn Boyqaro va uning o‘ttiz yoshili o‘g‘li Badiuzzamon o’rtasida qattiq jang bo‘lib o‘tdi.
  • 1607 – Gibraltar jangida Gollandiya floti ispanlar flotini yo’q qildi.
  • 1626 – O’ttiz yillik urush: Dessau jangi bo’lib o’tdi.
  • 1707 – Bervikning 1-gersogi Jeyms Fitsjeyms Almans jangida g’alaba qozondi.
  • 1719 – Londonda Daniel Defoning “Robinzon Kruzo” romani birinchi nashri chop etildi.
  • 1783 – Fransiyada ilk bor havo shari kattalar vazniga teng yuk bilan osmonga ko‘tarildi.  
  • 1792 – Fransiyada gilyotinadan qatl etish vositasi sifatida birinchi marta foydalanish.
  • 1808 – Sharqiy Evropadagi birinchi Praga konservatoriyasi tashkil etildi.
  • 1822 – Liberiya tarixining poydevorini qo’ygan G’arbiy Afrikadagi Britaniya mustamlakasida AQSh bayrog’i ko’tarildi.
  • 1826 – Angliyada ichki yonuvchan dvigatelli birinchi avtomobilga patent berildi.
  • 1839 – Britaniya armiyasining Qandahorga (hozirgi Afg’oniston) kirishi.
  • 1859 – Port-Saidda fransuz muhandisi va diplomati Ferdinand Lesseps boshchiligida Suvaysh kanali qurilishi boshlandi.
  • 1867 – Tokio shahri birinchi bo‘lib tashqi savdo uchun ochildi.
  • 1895 – «Rossiya imperatori Aleksandr III muzeyi» (hozirgi Rossiya davlat muzeyi) ni tashkil etish to’g’risida qaror qabul qilindi.
  • 1901 – AQShda avtoulovlarning raqamlari rasmiy ravishda joriy etildi.
  • 1931 – Ferdinand Porshe «Porsche» kompaniyasiga asos solgan.
  • 1934 – SSSR Fanlar akademiyasini Moskvaga o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilindi.
  • 1945 – San-Fransiskoda BMT Nizomini tayyorlash bo’yicha 50 ta mamlakatning xalqaro konferentsiyasi boshlandi (26-iyungacha).
  • 1945 – Sovet va Amerika qo’shinlarining Elbadagi uchrashuvi.
  • 1945 – Sovet qo’shinlarining Sharqiy Prussiya strategik hujumi operatsiyasi yakunlandi.
  • 1954 – «Bell Phone»  kompaniyasining Amerika tadqiqot markazi quyosh batareyalarini yaratishni e’lon qildi.
  • 1974 – “Chinnigullar inqilobi” ning g’alabasi. Portugaliyada fashistik tuzumning ag’darilishi.
  • 1983 – SSSR rahbari Yu.V. Andropov amerikalik qiz Samanta Smitni Sovet Ittifoqiga taklif qildi.
  • 2005 – Bolgariya va Ruminiya Evropa Ittifoqiga qo’shilish to’g’risidagi bitimni imzolashdi.
  • 2007 – Rossiyaning birinchi Prezidenti B. N. Yeltsinning dafn marosimi.
  • 2015 – 7.8 Mvt kuchga ega zilzila Nepalda sodir bo’lgan. Takroriy zilzilalar 28-aprelga qadar davom etdi.
  • 2022 – Ilon Mask Twitterni 44 milliard dollarga sotib oldi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1214 – Lyudovik IX Avliyo (1270) – Fransiya qiroli (1226-yildan). Kapetinglar sulolasidan, 1248 yil va 1270 yildagi 7 va 8 – salib yurishlariga rahbarlik qilgan.
  • 1228 – Konrad IV (1254) – Germaniya qiroli (1237-yildan), Sitsiliya qiroli (1250-yildan), Quddus qiroli (1228-yildan).
  • 1873 – Feliks D’Erel (1949) – mikrobiolog olim, yuqumli bakteriyalar sohasidagi yirik tadqiqotchi.
  • 1874 – Guglielmo Markoni (1937) – italiyalik radiotexnika muhandisi, radio ixtirochilaridan biri, Nobel mukofoti sohibi (1909).
  • 1883 – Semyon Budyonniy (1973) – Sovet harbiy qo’mondoni, Fuqarolar urushi qahramoni, Sovet Ittifoqi marshali.
  • 1900 – Volfgang Pauli (1958) – Shveytsariyalik fizik, kvant mexanikasining asoschilaridan biri, Nobel mukofoti sohibi (1945).
  • 1903 – Andrey Kolmogorov (1987) – sovet matematigi. 
  • 1907 – Vasiliy Solovyov-Sedoy (1979) – Sovet qo’shiq yozuvchisi, SSSR xalq artisti.
  • 1919 – Hamid Gʻulom (2008) – Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1979), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1969). 
  • 1921 – Adham Tenishev (2004) – turkiyshunos olim.
  • 1928 – Yuriy Yakovlev (2013) – sovet va rus kino va teatr aktyori, SSSR xalq artisti.
  • 1940 – Al Pachino – amerikalik teatr va kino aktyori, rejissyor, prodyuser.
  • 1946 – Vladimir Jirinovskiy – (2022) – rossiyalik siyosatchi, Liberal-demokratik partiya asoschisi va raisi.
  • 1949 – Dominik Gaston Andre Stross-Kan – fransuz iqtisodchisi, huquqshunos va siyosatchi.
  • 1952 – Vladislav Tretyak – sovet xokkeychisi, uch karra Olimpiya chempioni, Rossiyaning jamoat arbobi.
  • 1969 – Rene Zellveger – amerikalik kinoaktrisa. 
  • 1988 – Sara Pakston – amerikalik aktrisa, model va qo’shiqchi
  • 1991 – Aleks Shibutani – amerikalik figurali uchish ustasi (muzda raqs, singlisi Mayya Shibutani bilan birgalikda ijro etadi), to’rt qit’aning chempioni (2016).
  • 1993 – Rafael Varan – fransuz futbolchisi, jahon chempioni (2018).
  • 1994 – Yelena Ilinix – rossiyalik figurali uchish ustasi (muzda raqs), Olimpiya chempioni (2014).
  • 1996 – Ellison Eshli Arm – amerikalik televideniye va kino aktrisasi, komediyachi va qo’shiqchi.
  • 2002 – Kamola Irnazarova – badiiy gimnastika boʻyicha oʻzbek sportchisi, xalqaro toifadagi Oʻzbekiston sport ustasi, Oʻzbekiston terma jamoasi sardori.