25 avgust kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🌐 “Linux” operatsion tizimining tug’ilgan kuni.
🌏 Konserva bankasi tug’ilgan kun.

🔷 MILLIY BAYRAMLAR:

🇫🇷 Fransiya – Parij ozod etilgan kun.
🇵🇪 Peru ‐ Qahva kuni.
🇵🇭 Filippin ‐ Milliy texnologik-kasbiy ta’lim kuni.
🇺🇸 AQSh ‐ Milliy bog’ xizmati asoschilari kuni.
🇧🇷 Braziliya – Askarlar kuni.
🇰🇵 Shimoliy Koreya – Songun kuni
🇺🇾 Urugvay – Mustaqillik kuni.
🇲🇳 Mo‘g‘uliston – Yoshlar kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 357 – Rim qo’shinlari Alemanlarni Strasburgda mag’lub etib, ularni ortiga, Reynning u qirg‘og‘iga quvib yuborishda.
  • 1388 – Deffingen jangida Vyurtemberg grafi Eberxard II ning Shvabiya ittifoqi ustidan g’alaba qozonishi.
  • 1580 – Ispanlar Lissabonni egallab, Portugaliyani Ispaniyaga qo’shib olishdi.
  • 1609 – Galileo Galiley yangi uskuna – teleskopni namoyish etdi.
  • 1793 – Fransuz inqilobiy qo’shinlari Marselni egallashdi.
  • 1810 – Angliyalik Piter Durand metal qutilarda ovqatni saqlash jarayonini patentladi.
  • 1825 – Urugvay Braziliyadan o’z mustaqilligini e’lon qildi.
  • 1906 – Rossiya hukumati rahbari P. Stolipinga suiqasd uyushtirildi
  • 1912 – Xitoyda Gomindan partiyasi tashkil etildi.
  • 1915 – Nemis qo’shinlari Brest-Litovskni egallab olishdi.
  • 1921 – AQSh Germaniya bilan tinchlik shartnomasini imzoladi.
  • 1928 – Albaniya qirollik deb e’lon qilindi.
  • 1941 – Sovet va ingliz qo’shinlari Eronni bosib oldilar.
  • 1944 – Parij nemislardan ozod qilindi.
  • 1960 – Rimda XVII Olimpiya o’yinlari boshlandi.
  • 1968 – Moskvada Sovet Ittifoqining Chexoslovakiyadagi intervensiyasiga qarshi namoyishlar boʻldi.
  • 1969 – Arab davlatlari ligasining Qohiradagi yig’ilishida arablarning Isroilga qarshi muqaddas urushi rejasi qabul qilindi.
  • 1991 – Belarus o’z mustaqillik deklaratsiyasiga konstitutsiyaviy qonun maqomini berdi.
  • 1991 – OʻzSSR Davlat xavfsizligi qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi ixtiyoriga oʻtdi.
  • 1991 – «Linux» operatsion tizimi yaratildi.
  • 1992 – Qirg’izlarning Butunjahon birinchi s’ezdi boʻldi.
  • 2001 – Toshkentdagi Yapon bog’i tashkil topgan kun.
    -2007 – Samarqand shahrining 2750 yil­lik yubileyiga bag’ishlangan tantanali marosim oʻtkazildi.
  • 2021 – Moskvada trolleybuslar harakati to‘xtatildi (muzey marshruti Tdan tashqari).

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1530 – Ivan IV Vasilyevich Grozniy (1584) – birinchi rus podshosi (1547-1575 va 1576 yildan).
  • 1767 – Lui Antuan Sen-Jyust (1794)- Buyuk Fransuz inqilobining yetakchilaridan.
  • 1819 – Alan Pinkerton (1884) – Amerikalik izquvar, dunyodagi birinchi detektiv agentlikning asoschisi.
  • 1841 – Emil Teodor Koxer (1917) – Shveysariyalik jarroh, Nobel mukofoti sohibi (1909).
  • 1870 – Sharl Rishe (1935) – Fransuz immunologi va fiziologi, Nobel mukofoti sohibi (1913).
  • 1900 – Xans Adolf Krebs (1981) – Nemis va ingliz biokimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1953).
  • 1912 – Erix Xonekker (1994) – GDRning so’nggi rahbari (1971-1989).
  • 1916 – Frederik Chapmen Robbins (2003) – Amerikalik virusolog, Nobel mukofoti sohibi (1972).
  • 1923 – Mamadaliev Fattohxon – Xonanda va sozanda.
  • 1928 – Gerbert Kryomer – nemis fizigi, Nobel mukofoti sohibi (2000).
  • 1930 – Shon Konneri (2020) – Buyuk Britaniyalik aktyor va prodyuser.
  • 1934 – Ali Akbar Hoshimiy Rafsanjoniy – Eronlik siyosiy va diniy arbob, Eron Prezidenti (1989 -1997).
  • 1946 – Otanazar Matyoqubov – musiqashunos, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1988), Qoraqalpogiston sanʼat arbobi (2001).
  • 1955 – Hojiboy (Hojimurod) Tojiboyev (2008) – taniqli oʻzbek kino va teatr aktyori, soʻz ustasi, qiziqchi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist.
    – 1962 – Moʻtabar Tojiboyeva – oʻzbekistonlik mustaqil jurnalist va taniqli huquq himoyachisi,„Oʻtyuraklar klubi“ inson huquqlarini himoya qilish xalqaro tashkiloti asoschisi. 
  • 1970 – Klaudiya Shiffer – nemis top modeli, aktrisa, jamoat arbobi.
  • 1987 – Bleyk Layvli – amerikalik aktrisa va model.
  • 1992 – Anjelika Mendi – britaniyalik kinoaktrisa.