25 fevral kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Revolver tug‘ilgan kun.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇮🇷 Eron – Muhammad al-Mahdiy tavallud topgan kun.
🇮🇸 Islandiya – Ayollar kuni.
🇭🇺 Vengriya – Kommunistik rejim qurbonlarini xotirlash kuni.
🇬🇪 Gruziya – Sovet istilosi kuni.
🇹🇭 Tailand – Milliy radio kuni.
🇩🇴 Dominikan Respublikasi – Qurolli kuchlar kuni.
🇸🇷 Surinam – Inqilob kuni.
🇵🇭 Filippin – Xalq kuchi kuni.
🇰🇼 Quvayt – Milliy bayram kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 1221 – Marv shahri mo‘g‘ullar tomonidan egallandi.
  • 1570 – Rim papasi Piy V Yelizaveta I ni cherkovdan badarg‘a qildi.
  • 1791 – J. Vashington AQSh Milliy bankini tashkil etish haqidagi hujjatni imzoladi. 1811-yilgacha faoliyat yuritgan.
  • 1831 – ruslar va isyonchi qo’shinlar o’rtasida Groxov jangi bo’lib o’tdi (1830-yilgi Polsha qo’zg’olonini bostirish doirasida).
  • 1836 – Samuel Kolt revolver uchun birinchi patentni oldi.
  • 1848 – Fransiyada Ikkinchi Respublika e’lon qilindi.
  • 1856 – Parij kongressi ish boshladi.
  • 1904 – Akri Respublikasi Braziliya tarkibiga kirdi.
  • 1921 – Gruziya Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilganligi eʻlon qilindi.
  • 1951 – Birinchi Panamerika o’yinlari Argentina prezidenti Xuan Peron tomonidan Buenos-Ayresda rasman ochildi.
  • 1956 – Nikita Xrushchyov Stalin shaxsiga sigʻinish siyosatini fosh etdi.
  • 1964 – Muhammad Ali (CLay) Sonny Listonni mag’lub etib og’ir vaznda boks bo‘yicha jahon chempioni bo’ldi.
  • 1964 – Leningradda kardiojarroh Vasiliy Kolesov SSSRda ishlab turgan yurakda birinchi muvaffaqiyatli operatsiyani o’tkazdi.
  • 1977 – “Rossiya” mehmonxonasida yong‘in sodir bo‘ldi, 42 ta qurbon.
  • 1992 – Rossiyada Federal kosmik agentlik tuzildi.
  • 1993 – O‘zbekiston Respublikasi hamda Malta Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.
  • 1994 – Tashqi Ishlar vazirligi huzurida “Jahon axborot agentligi” tashkil etildi.
  • 1997 – «Oʻzagrosugʻurta» Davlat sugʻurta kompaniyasi tashkil etildi.
  • 2008 – Kubada hokimiyat tepasiga salomatligi yomonlashgan Fidel Kastro Rus oʻrniga uning ukasi Raul Kastro Rus keldi.
  • 2010 – Kiyevda Ukraina prezidenti Viktor Yanukovichning inaugratsiyasi bo‘lib o‘tdi.
  • 2022 – Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi: Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy umumiy safarbarlik e’lon qildi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1661 – Ahmed II (1695) – Usmonlilar imperiyasining hukmdori (1691-1695).
  • 1707 – Goldoni Karlo (1793) – italyan dramaturgi, italyan teatri islohotchisi, milliy komediya asoschisi.
  • 1778 – Xose de San-Martin (1850) – Lotin Amerikasi milliy- ozodlik harakati rahbarlaridan biri, Argentina milliy qahramoni.
  • 1841 – Pyer Ogyust Renuar (1919) – fransuz impressionist rassomi, grafikachi va haykaltarosh, impressionizm namoyandasi. 
  • 1891 – Korovin Yevgeniy (1963) – botanik olim, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (1947).
  • 1913 – Po‘lat Rasulov (1990) – kinooperator,  O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi.
    Kun tarixi kanalidan olindi
  • 1928 – Hushangi Ibtihoj (Soya) – zamonaviy fors she’riyatining yorqin yulduzlaridan biri.
  • 1943 – Shokir Axmedov – baletmeyster, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi (2000). 
  • 1948 – Vladimir Shapiro – rejissyor, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (2000). 
  • 1964 – Sobir O’nar – yozuvchi.
  • 1976 – Rashida Li Jons – amerikalik kino va televideniye aktrisasi, komiks va ssenariylar muallifi va qoʻshiqchi.
  • 1978 – Yuji Nakazava – yaponiyalik futbolchi.
  • 1997 – Yuki Soma – yaponiyalik futbolchi.
  • 1997 – Ana Mena Rojas – ispaniyalik aktrisa va qoʻshiqchi.
  • 1999 – Janluiji Donnarumma – italiyalik futbolchi, darvozabon.