25 yanvar kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🇷🇺 Rossiya – Dengiz floti navigatori kuni
🇮🇳 Hindiston – Saylovchilar kuni.
🇺🇸 AQSh – NASAning Xotira kuni.
🇮🇳 Hindiston – Himachal-Pradesh shtati kuni.
🇦🇴 Angola – Luanda shahri kuni.
🇮🇩 Indoneziya – Oziq-ovqat va ovqatlanish kuni.
🏴󠁧󠁢󠁳󠁣󠁴󠁿 Shotlandiya – Robert Byorns milliy bayrami.
🇮🇳 Hindiston – Turizm kuni.
🇺🇸 AQSh – Milliy IV hamshiralar kuni.
🇹🇯 Tojikiston – Ijtimoiy ishchilar kuni.
🇪🇬 Misr – Politsiya kuni.
🇷🇺 Rossiya – Talabalar kuni.
🇦🇼 Aruba – Betiko Krosning tavallud kuni.
🇪🇬 Misr – 2011-yilgi inqilob kuni.
🇭🇳 Gonduras – Xotin-qizlar kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 41 – Senat Klavdiyni Rim imperatori deb e’lon qildi.
  • 750 – Ummaviylar va abbosiylar o‘rtasida Katta Zab daryosi bo‘yidagi jang.
  • 1479 – Venetsiya Respublikasi va Usmonli imperiyasi o’rtasidagi 15 yillik urush Konstantinopol shartnomasi bilan yakunlandi.
  • 1533 – Genrix VIII va Anne Boleyn xufiyona turmush qurdilar.
  • 1554 – Portugal Iyezuitlari San-Paulu shahriga asos solishdi.
  • 1658 – Yangi Amsterdam gubernatori tennisni taqiqladi, chunki u odamlarni ibodatdan chalg’itgan.
  • 1701 – Moskvada matematika va navigatsiya fanlari maktabiga asos solindi.
  • 1708 – Moskvada fuqarolik shriftida bosilgan birinchi rus kitobi – «Slavyan yer o’lchash geometriyasi» – Rossiyada geometriya bo’yicha birinchi bosma darslik nashr etildi.
  • 1755 – Moskva davlat universiteti tashkil topdi.
  • 1763 – Yekaterina II farmoniga ko‘ra Rossiya imperiyasi QK Bosh shtabi tashkil etildi.
  • 1791 – Angliya parlamenti Kvebekni Yuqori va Quyi Kanadaga (hozirgi Ontario va Kvebek) ajratdi.
  • 1799 – AQShda mexanik ekish mashinasi (seyalka) patentlandi.
  • 1802 – Napoleon I Italiya prezidenti etib saylandi.
  • 1807 – Morungen jangi.
  • 1813 – Napoleon I Papa Piy VII ni Papa davlatining anneksiyasini tan olgan ikkinchi konkordatni imzolashga majbur qildi.
  • 1831 – Polsha Seymi imperator Nikolay I ning Polsha taxtidan ag’darilganini e’lon qildi.
  • 1878 – Leyden universitetida dunyodagi birinchi nazariy fizika kafedrasi ochildi.
  • 1905 – JAR da 3106 karat keladigan „Kullinan“ olmosi topildi.
  • 1908 – Bokuda Uzeyir Hojibekovning “Layli va Majnun” operasi – islom olamidagi birinchi opera qoʻyildi.
  • 1914 – Armaniston (780) asteroidi topildi.
  • 1915 – ixtirochi Aleksandr Bell birinchi trans-Amerika (Nyu-York – San-Fransisko) telefon seansini o’tkazdi.
  • 1918 – Toshkent Xalq  xo‘jaligi xizmati soveti o‘z faoliyatini boshladi.
  • 1919 – Parij tinchlik konferensiyasida Millatlar ligasining prinsiplari tasdiqlandi.
  • 1919 – Nyu-Yorkda dunyodagi eng katta «Pensilvaniya» mehmonxonasi (2200 xonali) ochildi.
  • 1921 – Turkiston Respublikasi Xalq Komissarlari Sovetining “Viloyat arxivi jamg‘armalari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
    -1924 – Shamonida 1-Qishki olimpiya oʻyinlari boshlandi.
  • 1942 – Tailand AQSh va Buyuk Britaniyaga urush e’lon qildi.
  • 1957 – Kashmir Hindistonga qo‘shib olindi.
  • 1960 – SSSRda GULAG (Axloq tuzatish mehnat lagerlari, mehnat posyolkalari va qamoqxonalar bosh boshqarmasi) yopildi.
  • 1964 – AQShda Exo-2 sun’iy yo’ldoshi uchirildi, u AQSh va SSSR o’rtasida sun’iy yo’ldosh aloqasini o’rnatdi.
  • 1971 – Idi Amin Ugandada davlat to‘ntarishini amalga oshirdi.
  • 1972 – Sobiq SSSR va Bangladesh o’rtasida diplomatik aloqalar o’rnatildi.
  • 1983 – Natsist jinoyatchisi Klaus Barbye Boliviyada hibsga olindi.
  • 1992 – G‘arbiy Afrikadagi Burkina-Faso davlati O’zbekiston Respublikasi va suverenitetini tan oldi.
  • 1992 – Oʻzbekiston Moʻgʻuliston va Daniya bilan diplomatik aloqalar oʻrnatdi.
  • 1994 – Toshkentda Yevropa va  Osiyo mamlakatlari sanoatchilar va ishbilarmonlar xalqaro kongressi kengashining yigʻilishi ish boshladi.
  • 1995 – Norvegiya qirg’oqlari yaqinida meteorologik raketaning uchirilishi dunyoni Rossiya va AQSh o’rtasidagi yadroviy zarba almashinuvi tahdidiga duchor qildi.
  • 1999 – Kolumbiyadagi zilzila tufayli mingga yaqin odam halok bo’ldi.

👉 VOQEALAR:

  • 2004 – «Opportunity» fazo kemasi Marsga qoʻndi.
  • 2006 – Sankt-Peterburg sammitida Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga Oʻzbekiston Respublikasi rasman a’zo boʻldi.
  • 2010 – Bayrut yaqinida Ethiopian Airlines aviakompaniyasiga tegishli Boeing-737 halokati; 90 ta qurbon.
  • 2017 – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘grisida”gi qarori qabul qilindi.
  • 2018 – O‘zbekiston Respublikasining Ma‘muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi tasdiqlandi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 750 – Lev IV Xazar (780) – Vizantiya imperatori (775-780).
  • 1585 – Xendrik Averkamp (1634) – golland rassomi, muz ustida uchayotga odamlar tasvirlangan qishki manzaralar muallifi.
  • 1627 – Robert Boyl (1691) – taniqli ingliz ximigi, fizik va faylasufi.
  • 1736 –  Jozef Lui Lagranj (1813) – matematika va mexanika fanlariga oid kashfiyotlar qilgan fransuz olimi.
  • 1739 – Sharl Dyumurye (1823) – Buyuk fransuz inqilobiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan general.
  • 1759 – Robert Byorns (1796) – taniqli shotland shoiri va folklorshunosi.
  • 1783 – Uilyam Kolgeyt (1857) – amerikalik tadbirkor, Colgate kompaniyasi asoschisi.
  • 1787 – Semyon Korsakov (1853) – rossiyalik mexanik qurilmalar ixtirochisi, dunyodagi birinchi kibernetik olimlardandan biri.
  • 1832 – Ivan Shishkin (1898) – rus rassomi.
  • 1874 – Somerset Moyem (1965) – mashhur ingliz yozuvchisi va dramaturgi.
  • 1882 – Virjiniya Vulf (1941) – Ingliz yozuvchisi.
  • 1902 – Sobir Rahimov (1945) – harbiy arbob, general-mayor (1943), Sovet Ittifoqi qahramoni (1965).
  • 1905 – Sharif Qayumov (1973) – rejissyor va aktyor, O‘zbekiston xalq artisti.
  • 1917 – Ilya Prigojin (2003) – kelib chiqishi rus bo‘lgan belgiyalik fizik va kimyogar,  Nobel mukofoti sohibi (1977). 
  • 1928 – Abdunabiyev Abdulla – tarixchi olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1978). 
  • 1928 – Eduard Shevarnadze – Gruziya sobiq prezidenti.
  • 1934 – Umarbekov O‘lmas (1994) – O’zbekiston xalq yozuvchisi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi.
  • 1938 – Visotskiy Vladimir  (1980) – rus aktyori, shoir, qo‘shiqlar muallifi va ijrochisi.
  • 1942 – Eysibio Ferreyra da Silva – futbolchi, Portugaliya futbol afsonasi.
  • 1948 – Xalifa ibn Zayd al Nahayon – BAA Prezidenti va Abu Dabi amiri (2004-yildan).
  • 1951 – Ergasheva Ma’mura – raqqosa, baletmeyster, O‘zbekiston xalq artisti (1983).
  • 1952 – Vayl Makr – rejissyor, teatrshunos, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1989).
  • 1954 – Kay Koti – avstraliyalik dengiz sayyohi, dunyoni yakka tarzda aylanib chiqishni yakunlagan birinchi ayol.
    Kun tarixi kanalidan olindi
  • 1978 – Vladimir Zelenskiy – Ukrainalik siyosatchi, aktyor, qiziqchi va rejissor, Ukraina Prezidenti (2019-yildan).
  • 1974 – Oʻtkirbek Haydarov – bokschi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi (2000), «Oʻzbekiston iftixori» (1999).
  • 1980 – Xaver Ernandes Kreus – ispaniyalik futbolchi, jahon 2010) va Yevropa chempioni (2008, 2012).
  • 1981 – Alisha Ojello Kuk – amerikalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis va aktrisa.
  • 1982 – Sin Aovey – Xitoylik gimnastikachi, Olimpiada chempioni (2000).
  • 1982 – Noemi – Italiyalik qoʻshiqchi.