26 aprel kun tarixi

? BAYRAMLAR:

?? BMT – Butunjahon intellektual mulk kuni.
?? Xalqaro Chernobil fojiasini xotirlash kuni.
? Tashxis qo’yilmagan bolalar kuni.
? Xalqaro uchuvchilar kuni.
? Xalqaro kotibalar kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? AQSh – Milliy bolalar va uy hayvonlari kuni.
?? AQSh – Daraxt ekish kuni.
?? AQSh – Milliy dissertatsiya kuni.
?? Rossiya – Tatar tili kuni.
?? Tanzaniya – Milliy birlashuv kuni.
?? Armaniston – Chegarachilar kuni.
?? Rossiya – Radiatsiyaviy avariyalar va falokatlar qurbonlari xotirasi kuni.
?? Malayziya – Sulton Terengganuning tug’ilgan kuni.

? VOQEALAR:

  • Mil. av. 1457 – Megiddo jangi: Fir’avn Tutmos III qo’shinlari Shimoliy Suriya va Falastin shohlarining koalitsiyasini mag’lub etdi.
  • 1164 – Vladimirda knyaz Andrey Bogolyubskiy Kiyev darvozasi namunasida Oltin darvozani qurdi va Vladimir qal’a devorlarini qurishni yakunladi.
  • 1607 – Amerikaning birinchi ingliz ko’chmanchilari Genri burniga (Virjiniya) kelib tushishdi.
  • 1658 – Podsho Aleksey Mixaylovichning farmoni bilan Moskva Kremlining asosiy minorasi Spasskaya deb o’zgartirildi.
  • 1755 – Moskva davlat universiteti tashkil topdi.
  • 1792 – «Marselza» inqilobiy madhiyasining tug’ilgan kuni.
  • 1795 – Rossiya imperiyasi Kurlyandiyani qo’shib oldi.
  • 1798 – Fransiya Jeneva Respublikasini qo’shib oldi.
  • 1803 – L’Aigle shahri yaqinida minglab meteorit parchalari yerga tushdi. Bu hodisa Yevropa olimlarini meteoritlar mavjudligiga ishontirdi.
  • 1828 – Rossiya imperiyasi Usmonli imperiyasiga qarshi urush e’lon qildi.
  • 1912 – Rus animatorlari ilk bor qo‘g‘irchoq film yaratishdi.
  • 1920 – Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tashkil topdi.
  • 1921 – London ko‘chalarida ilk bor mototsiklda politsiya patrullari paydo bo‘ldi.
  • 1925 – Paul fon Gindenburg Veymar Respublikasi prezidenti etib saylandi.
  • 1954 – SSSR Oliy Kengashi o’z Prezidiumining Qrim viloyatini RSFSR tarkibidan Ukraina SSR tarkibiga o’tkazish to’g’risidagi farmonini tasdiqladi va SSSR Konstitutsiyasiga tegishli o’zgartirishlar kiritdi.
    Kun tarixi kanalidan olindi
  • 1964 -Tanganika va Zanzibarning Tanzaniya Respublikasiga birlashishi.
  • 1966 – Toshkentda 8 balli zilzila sodir bo‘ldi.
  • 1986 – Insoniyat tarixidagi eng katta texnogen falokatlardan biri: Chernobil AESda avariya ro‘y berdi.
  • 1991 – Riga shahrida Arkadiy Raykinning 80 yilligiga bag‘ishlangan “Kulgi-91” birinchi xalqaro satira va yumor festivali ochildi.
  • 1994 – so‘nggi asosiy zarracha t-kvark kashf qilindi.
  • 1994 – Janubiy Afrikada irqiy kamsitishlarsiz dastlabki saylov boʻldi. Unda Nelson Mandela boshchiligidagi Afrika Milliy Kongressi (AMK) g’olib chiqdi va Nelson Mandela Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti etib saylandi.
  • 1996 – “Amir Temur” ordeni ta’sis etildi.
  • 1996 – «O’zbekistan Respublikasida xizmat ko’rsatgan jurnalist» faxriy unvoni ta’sis etildi.
  • 1998 – Davlat Dumasi Sergey Kiriyenkoni RF hukumati boshligʻi lavozimiga tasdiqladi.
  • 1999 – “Chernobil” kompyuter virusi dunyo bo‘yicha taxminan yarim million kompyuterni zararladi.
  • 2002 – Erfurtdagi Gutenberg gimnaziyasidagi qirg’in, 17 kishi halok bo’ldi.
  • 2003 – 12 yillik tanaffusdan so’ng, Rossiya ekspeditsiyasi markaziy Arktikada – Shimoliy qutbdan 150 km uzoqlikda aylanib yuruvchi muz qatlamida joylashgan stantsiyada Rossiya bayrog‘i – trikolorni ko’tardi.
  • 2015 – Qozog’istonda prezidentlik saylovlari: 1991 yildan beri hokimiyat tepasida turgan Nursulton Nazarboyev 97,75% ovoz olgan.
  • 2019 – Tarixdagi eng ko’p daromad keltirgan filmlardan biri bo’lgan «Qasoskorlar: Endgame» AQSHda 2,8 milliard dollar yig’ib keng prokatga chiqdi.

? TAVALLUDLAR:

  • 121 – Mark Avreliy – Rim imperatori (161-180), faylasuf
  • 1575 – Mariya Medichi – Fransiya qirolichasi (1600-1614), Genrix IV ning rafiqasi, Lyudovik XIII ning onasi.
  • 1660 – Defo Daniel (1731) – ingiliz yozuvchisi, publisist, realistik nasr asoschilaridan biri.
  • 1710 – Tomas Rid (1796) – Shotlandiya «sog’lom aql» falsafa maktabining asoschisi.
  • 1798 – Viktor Ejen (1863) – fransuz rassomi, progressiv romantizmning yirik namoyandasi. 
  • 1812 – Alfred Krupp (1887) – nemis sanoatchisi va ixtirochi, “Krupp” metallurgiya va muhandislik konserni asoschisi.
  • 1886 – Abdulla To‘qay (1913) – tatar shoiri, adabiyotshunos, publitsist va tarjimon.
  • 1886 – Ma Reyni (haqiqiy ismi Gertrude Pridjitt; 1939) – amerikalik qoʻshiqchi, “blyuzlar onasi”.
  • 1889 – Vitgenshteyn Lyudvig (1951) – avstriyalik faylasuf va mantiqshunos, analitik falsafa namoyandasi.
     – 1896 – Lutfixonim Sarimsoqova (1991) – O‘zbek teatr va kino san’atining yorqin yulduzi.
  • 1898 – Visente Aleysandre (1984) – ispan shoiri, Nobel mukofoti sohibi (1977).
  • 1918 – Fanny Blankers- Kun (2004) – gollandiyalik sportchi, to’rt karra Olimpiya chempioni.
  • 1925 – Mikel Ferrero – italiyalik tadbirkor, otasi Pietro Ferrero tomonidan asos solingan qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Ferrero shirkatining egasi.
  • 1925 – Rahim Nurmuhamedov – xirurg va gerontolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1975).
  • 1932 – Maykl Smit (2000) – kanadalik biokimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1993).
  • 1933 – Arno Allan Penzias – nemis-amerikalik astrofizik, Nobel mukofoti sohibi (1978).
  • 1936 – Botir Zokirov (1985) –  O’zbekistan xalq artisti.
  • 1938 – Jamol Kamol – O’zbekiston xalq shoiri (1992). 
  • 1954 – Muhammad Yusuf – (2001) – Oʻzbekiston xalq shoiri (1998), jamoat arbobi.
  • 1963 – Jet Li – Xitoylik kinoaktyor, ushu ustasi.
  • 1970 – Melaniya Tramp – amerikalik fotomodel va dizayner, Donald Trampning rafiqasi.
  • 1972 – Nikolay Luganskiy – rus pianinochisi, o’qituvchi, Rossiya xalq artisti.
  • 1974 – Ilhom Farmonov – xonanda, O‘zbekiston Respublkasida xizmat ko‘rsatgan artist.
  • 1980 – Bekzod Tojiyev – Oʻzbekistonlik aktyor va rejissyor.
  • 1991 – Yorgen Grobak – norvegiyalik biatlonchi, ikki karra Olimpiya chempioni (2014).
  • 2006 – Kamila Valiyeva – rossiyalik figurali uchish ustasi, Olimpiya chempioni (2022).