26 avgust kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Xalqaro aktyorlar kuni
🌏 Itlarga minnatdorchilik kuni
🌏 Xalqaro ko‘rshapalaklar kechasi
🌏 Omadni jalb qilish kuni

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇦🇷 Argentina – Birdamlik kuni (Ona Tereza tug’ilgan kun sharafiga).
🇺🇦 Ukraina – Aviatsiya kuni.
🇦🇷 Argentina – Argentina aktyorlari kuni.
🇮🇷 Eron – Mehnatkashlar kuni.
🇺🇸 AQSh – Ayollar tengligi kuni.
🇫🇮 Finlandiya – Fin tabiati kuni.
🇲🇾 Malayziya – Mustaqillik kuni.
🇵🇬 Papua-Yangi Gvineya – Tavba kuni.
🇹🇷 Turkiya – Turkiya qurolli kuchlari kuni.
🇳🇦 Namibiya – Qahramonlar kuni.

👉 VOQEALAR:

  • Mil. av. 55 – Yuliy Sezarning Britaniyaga birinchi bosqini.
  • 1071 – Mansikert jangi: imperator Roman IV turklarga asir tushdi.
  • 1346 – Kresi jangi.
  • 1382 – To’xtamishxon Moskvani bosib oldi.
  • 1542 – Lotaringiya Nyurnberg shartnomasi asosida Germaniyadan mustaqillikka erishdi.
  • 1728 – Vitus Bering Bering boʻgʻozini kashf etdi.
  • 1789 – Buyuk fransuz inqilobi davrida inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi qabul qilindi.
  • 1791 – AQShda Jon Fitch paroxod uchun patent olindi.
  • 1801 – Filipp Lebon ikki bosqichli ichki yonuv dvigateliga patent oldi.
  • 1858 – Telegraf orqali birinchi yangilik uatildi.
  • 1877 – Shipkadagi g‘alaba.
  • 1883 – Krakatau vulqoni minglab aholini halok qildi.
  • 1903 – Paleontolog Otto Xauzer mukammal saqlanib qolgan Kromanyon skeletini topdi.
  • 1936 – Toshkent shahrida Yunusobod tumani tashkil topdi.
  • 1963 – Qarshi cho‘lini o‘zlashtirish tadbirlari rasman boshlandi.
  • 1991 – O‘zbekiston Oliy Kengashi rayosati O‘zbekistonning davlat mustaqilligi to‘g‘risida qonun loyihasini tayyorlash haqida farmoyish chiqardi.
    -1991 – SSSRda butun mamlakat bo’ylab KPSS faoliyati to’xtatildi.
  • 1995 – Toshkentda O‘zbekiston hukumati bilan YUNESKO o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.
  • 1997 – Samarqandda birinchi xalqaro “Sharq taronalari” festivali boshlandi.
  • 1999 – Maykl Jonson 400 metrga yugurib jahon rekordini oʻrnatdi.
  • 2002 –  Yoxannesburgda (Janubiy Afrika) Yer sammiti ochildi.
    -2008 – Rossiya Abxaziya va Janubiy Osetiya mustaqilligini tan oldi.
  • 2011 – «Afrosiyob» tezyurar elektropoezdining ilk qatnovi amalga oshirilgan kun.
  • 2019 – Shavkat Mirziyoyev bloger va jurnalistlar bilan Samarqandda uchrashdi.
  • 2021 – Qozog’istonning Jambil viloyatining Bayzak tumanida harbiy o‘q-dorilar omborida portlash sodir bo’ldi. 13 kishi halok bo’ldi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 865 – Razes (925) – fors alkimyogari, tabib va faylasuf.
  • 1728 – Iogann Genrix Lambert (1777) – nemis astronomi, matematik, fizik, faylasuf.
  • 1743 – Antuan Lavuazye (1794) – fransuz olimi, zamonaviy kimyo asoschisi.
  • 1850 – Sharl Rishe (1935) – Fransuz fiziologi, immunolog, Nobel mukofoti sohibi (1913).
  • 1873 – Li De Forest (1961) –  «radioning otasi» laqabini olgan amerikalik ixtirochi, triod (audion) yaratuvchisi.
  • 1882 – Jeyms Frank (1964) – nemis fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1925).
  • 1906 – Vera Gubskaya (1953) – pedagog, baletmeyster,   O’zbekiston xalq artisti,
  • 1910 – Tereza ona (Agnes Gonje Boyajiu (1997) – Albaniyalik katolik ruhoniysi, «Mehribonlik» ordeni asoschisi, Tinchlik bo’yicha Nobel mukofoti sohibasi (1979).
  • 1919 – Stepan Badalov (2014) – mineralog va geokimyogar olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1977).
  • 1947 – Manzura Madaliyeva – ilgʻor oʻqituvchi,Oʻzbekiston Qahramoni (1997).
  • 1948 – Tatyana Karimova – Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning turmush oʻrtoʻgi, 1991-yildan 2016-yilgacha Oʻzbekiston birinchi xonimi lavozimini egallagan.
  • 1976 – Zemfira (Zemfira Ramazanova) – rus qo’shiqchisi, o’z qo’shiqlarining muallifi va ijrochisi.
  • 1987 – Kseniya Suxinova – rus modeli, «Miss Rossiya-2007», «Miss World 2008» tanlovlari g‘olibasi.
  • 1989 – Jeyms Xarden – amerikalik basketbolchi, Olimpiya chempioni (2012), jahon chempioni (2014).
  • 1998 – Chon Soyon – Janubiy Koreyalik qo‘shiqchi.