? BAYRAMLAR:
? Esperanto kuni.
? Mangrov ekotizimini saqlash xalqaro kuni.
? Butunjahon tofu kuni.
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? Barbados ‐ Milliy ahamiyatga molik kun.
?? Tojikiston ‐ Jazo tizimi xodimlari kuni.
?? Maldiv orollari – Mustaqillik kuni.
?? Liberiya – Mustaqillik kuni.
?? Kuba – Milliy isyon kuni.
?? Ispaniya, ?? Braziliya, ?? Portugaliya – Ota-bobolar kuni (Dia dos Avos).
? VOQEALAR:
- 657 – Siffin jangida sunniylar shialarni mag’lub etishdi
- 811 – Bolgariya xoni Krum Vizantiya imperiyasiga qaqshatqich zarba berdi.
- 1611 – Shvetsiya armiyasi Yakob Delagardiy qo’mondonligida Novgorodni egallab oldi.
- 1722 – Bostonda hindularga qarshi urush e’lon qilish to‘g‘risidagi deklaratsiya e’lon qilindi, hindlarning bosh terisi uchun 15 dan 100 funtgacha va’da qilingan.
- 1822 – Xose San-Martin va Simon Bolivar Janubiy Amerika kelajagini muhokama qilishdi.
- 1847 – Liberiya Respublikasi e’lon qilindi – qora Afrikadagi birinchi mustaqil davlat.
- 1887 – Varshavada Xalqaro esperanto tilidagi birinchi darslik (rus tilida) nashr etildi.
- 1918 – Ozarbayjonda eserlar bolsheviklar hukumatini ag’darib tashlashdi.
- 1918 – Intervensiya: Fransiya qo’shinlari Murmanskka tushirildi.
- 1922 – Turk armiyasi hujumga o’tib, Yunon qo’shinlarini Afos jangida mag’lub etdi.
- 1937 – Yaponiya Xitoyda urush harakatlarini boshladi.
- 1938 – NKVD boshlig’i Yejov Stalinga otish uchun Qizil Armiya va Dengiz kuchlarining 138 qo’mondonlari ro’yxatini yubordi. Stalin va Molotov qaror qabul qildilar: «Barcha 138 kishi qatl etilsin».
- 1948 – Buyuk Britaniya va AQSh tomonidan «Marshall rejasi» ni amalga oshirish shartlari imzolandi (Yevropa davlatlariga yordam berish rejasi).
- 1957 – SSSR birinchi ko’p bosqichli qit’alararo ballistik raketani uchirdi.
- 1963 – Skopye zilzilasi: mingdan oshiq odam halok boʻldi.
- 1965 – Maldiv orollari mustaqilligi e’lon qilindi.
- 1973 – AQSh BMT Xavfsizlik Kengashining Isroilning Yaqin Sharqdagi harakatlarini qoralovchi qaroriga veto qo’ydi.
- 1982 – AQSh Falastinni ozod qilish tashkilotini tan olmasligini e’lon qildi.
- 1990 – «Lindvurm» («Ajdaho») operatsiyasi: GFR hududidan Amerika kimyoviy qurollarini olib chiqish boshlandi.
- 1993 – Ozarbayjon manati respublikadagi yagona milliy valyutaga aylandi.
- 1994 – Rossiya va Estoniya o’zaro chegaralarni tan olish to’g’risida bitim imzoladilar.
- 1995 – Yevropa Ittifoqining 15 ta mamlakati vakillari Yevropolni tuzish to‘g‘risidagi konvensiyani imzoladilar.
- 1999 – Kargil urushi tugadi.
? TAVALLUDLAR:
- 1782 – Djon Fild (1837) – Irlandiyalik pianinochi va bastakor.
- 1791 – Frans Xaver Volfgang Motsart (1844) – Bastakor va pianinochi, Volfgang Amadeus Motsartning o’g’li.
- 1856 – Jorj Bernard Shou (1950) – Irlandiyalik yozuvchi, Nobel mukofoti sohibi (1925).
- 1885 – Andre Maurois (1967) – Fransuz yozuvchisi, Fransiya akademiyasining a’zosi.
- 1921 – Rahim Ahmedov – rangtasvir ustasi, O’zbekiston xalq rassomi.
- 1922 – Tuygʻunoy Yunusxoʻjayeva (1998) – diktor, Oʻzbekiston xalq artisti (1953).
- 1928 – Franchesko Kossiga (2010) – Italiyalik siyosatchi, Italiya Prezidenti (1985-1992).
- 1945 – Helen Mirren – Oskar mukofotiga sazovor bo’lgan britaniyalik aktrisa.
- 1949 – Ozad Xabibulin – monumental rangtasvir ustasi, Oʻzbekiston xalq rassomi (2004).
- 1955 – Osif Ali Zardoriy – Pokiston Prezidenti (2008-2013).
- 1962 – Sergey Kirienko – rus davlat va siyosiy arbobi.
- 1964 – Sandra Ballok – amerikalik aktrisa, Oskar mukofoti sovrindori.
- 1967 – Jeyson Stetxem – angliyalik aktiyor, koʻplab jangari filmlarda salbiy rollar bilan tanilgan.
- 1968 – Natalya Biystrova – rossiyalik sportchi, 4 karra mutlaq jahon chempioni, fitness bo’yicha 3 karra «Dunyo go‘zali».
- 1968 – Frederik Difental – fransuz aktyori.
- 1968 – Oliviya Uilyams – ingliz aktrisasi.
- 1987 – Jasur Mavlonov – oʻzbek qoʻshiqchisi.
- 1988 – Diego Perotti, argentinalik futbolchi