26 sentabr kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🌎 Butunjahon kontratseptsiya kuni.
🌏 Butunjahon atrof-muhit salomatligi kuni‌‌.
🇪🇺 Yevropa tillari kuni.
🇺🇳 Xalqaro yadro qurolini butunlay yo’q qilish kuni.
🌏 Chuchvara kuni.
🌏 Gramafon tug’ilgan kun.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇿 O‘zbekiston – Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari kuni.
🇪🇨 Ekvador – Milliy bayroq kuni.
🇮🇩 Indoneziya ‐ Milliy statistika kuni.
🇾🇪 Yaman – Sentyabr inqilobi kuni.
🇹🇷 Turkiya – Turk tili kuni.

👉 26-SENTABRDA SODIR BO’LGAN VOQEALAR:

  • 976 – Nuh ibn Mansur (963—997) Somoniylar davlati­ taxtiga o‘tirdi.
  • 1580 – Fransis Drake Plimutga qaytib keldi.
  • 1629 – Rech Pospolita va Shvetsiya o‘rtasida Altmark sulh shartnomasi imzolandi.
  • 1687 – Franchesko Morozini Parfenonni vayron qildi.
  • 1815 – Parijda Avstriya, Prussiya va Rossiya imperatorlari Muqaddas Ittifoq tuzish to’g’risida shartnomani imzolashdi.
  • 1832  Shvedlar tomonidan Gyota kanali qurib bitkazildi.
  • 1887 – Amerikalik ixtirochi Emil Berliper grammafonni patentladi.
  • 1907 – Yangi Zelandiya va Nyufaundlend dominionlik huquqini oldi.
  • 1950 – Indoneziya BMTga qabul qilindi.
  • 1981 – Boeing 767 samolyotining ilk parvozi.
  • 1983 – podpolkovnik Stanislav Petrov yadroviy urushni oldini oldi.
  • 1991 – O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati tashkil etildi. 2018-yildan O’zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati.
  • 1991 – Toshkentda Jahon o‘zbeklari(turkistonliklar)ning xalqaro anjumani o‘tkazildi.
    -1991 – „Biosfera-2“ sinovining boshlanishi.
  • 1992 – O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi­ning loyihasi puxta ishlovlardan so‘ng Konstitusiyaviy komissiya qarori bilan umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi.
  • 1995 – Ukraina Yevropa Kengashiga qabul qilindi.
  • 2003 – Vikipediyaning o’tmishdoshi Nupediya faoliyati to’xtadi.
  • 2008 – Mo’g’ulistonda Chingizxonning eng ulkan haykali ochildi.
  • 2016 – Kolumbiya hukumati va isyonchilar o’rtasida sulh bitimi imzolandi. Kolumbiyadagi fuqarolar urushining haqiqiy tugashi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1141 – Nizomiy Ganjaviy (1209) – ozarbayjon shoiri va yozuvchisi, faylasuf, mutafakkir.
  • 1641 – Neyemiya Gryu (1712) – ingliz botanigi va shifokori, o’simlik anatomiyasining asoschisi.
  • 1791 – Jeriko Teodor (1824) – Fransuz rassomi va grafigi, fransuz rassomlik san`atida romantizm asoschisi.
  • 1849 – Ivan Pavlov (1936) – rus fiziologi, odam va hayvonlar oliy nerv faoliyati taʼlimoti asoschilaridan, Nobel mukofoti sohibi (1904).
  • 1886 – Archibald Hill (1977) – ingliz fiziologi, Nobel mukofoti sohibi (1922).
    Kun tarixi kanalidan olindi
  • 1888 – Tomas Stearnz Eliot (1965) – ingliz va amerika shoiri, Nobel mukofoti sovrindori (1948).
  • 1898 – Gershvin Jorj (1937) – Аmerika kompozitori va pianinochi.
  • 1907 – Afanasyeva Zinaida (1975) – balet o’qituvchisi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1955). 
  • 1965 – Pyotr Poroshenko – ukrainalik tadbirkor, siyosatchi va davlat arbobi, Ukrainaning 5-prezidenti (2014-2019).
  • 1981 – Serena Uilyams – amerikalik tennischi, 4 karra Olimpiya chempioni, «Katta dubulg’a» turnirining ko’p karra g’olibasi.
  • 1985 – Talulah Riley – ingliz aktrisasi va yozuvchi, Ilon Maskning turmush o‘rtog‘i.
  • 1988 – Milena Madmusayeva – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist.
    -1997 – Özge Yağız ‐ turk aktrisasi.