26 yanvar kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 Xalqaro toza energiya kuni.
🌏 Xalqaro bojxona kuni.
🌏 Butunjahon atrof-muhit ta’limi kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇿 O‘zbekiston – Bojxonachilar kuni.
🇦🇺 Avstraliya – Avstraliya kuni.
🇮🇸 Islandiya – Erkaklar kuni.
🇺🇦 Ukraina – Davlat audit xizmati kuni.
🇵🇦 Panama – Muhandislar va arxitektorlar kuni.
🇱🇻 Latviya – Xalqaro tan olinish kuni.
🇺🇬 Uganda – Ozodlik kuni.
🇵🇭 Filippin – Napoleon Abuevaning tug’ilgan kuni.
🇮🇳 Hindiston – Respublika kuni.
🇩🇴 Dominikan Respublikasi – Duarte kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 1340 – Eduard III Fransiya qiroli deb e’lon qilindi.
  • 1500 – Y. Pinson Amazonkani tadqiq etdi.
  • 1525 – Rusning birinchi xaritasi – Moskva yerlari xaritasi bosmadan chiqdi.
  • 1582 – Livon urushi tugatildi.
  • 1699 – Usmoniylar davlati Avstriya, Venetsiya va Lehiston qirolligi bilan tinchlik shartnomasi sifatida Karlofcha bitimini imzoladi.
  • 1788 – Yevropaliklarning Avstraliyadagi birinchi aholi punkti – Sidney shahri tashkil topdi.
  • 1808 – Avstraliyada «rom isyoni» bo’lib o’tdi.
  • 1871 – Fransiya-Prussiya urushi: Qamaldagi Parij garnizoni va Prussiya qo’shinlari o’rtasida sulh tuzildi.
  • 1924 – Sovetlarning 2-s’ezdi qarori bilan Petrograd Leningrad deb o’zgartirildi.
  • 1934 – Germaniya va Polsha oʻrtasida o‘zaro hujum qilmaslik haqida bitim tuzildi.
  • 1939 – Nil Bor uranning bo’linishini kashf etganligini e’lon qildi.
  • 1943 – Kemerovo viloyati tashkil etildi.
  • 1950 – 200 yil davomida Angliyaning mustamlakasi bo’lgan Hindiston Respublikasi e’lon qilindi.
  • 1965 – Hind tili Hindistonda rasmiy tilga aylandi.
  • 1967 – xitoylik talabalarni Moskvadan chiqarib yuborilishiga javob sifatida Sovet Ittifoqining Pekindagi elchixonasi hibsga olingan.
  • 1980 – Isroil va Misr o’rtasida diplomatik aloqalar o’rnatildi.
    @Kun_tarixi_TV24
  • 1983 – AQShda «Lotus 1-2-3» elektron jadvali yaratildi.
  • 1987 – Coca-Cola Amerikada 1-raqamli milliy ichimlik sifatida tan olingan. 
  • 1992 – Oʻzbekiston va Yaponiya davlatlari oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi.
  • 1992 – Rossiya prezidenti Boris Yelsin Rossiya AQSh shaharlariga yadro qurolini yo’naltirishni to’xtatishini e’lon qildi.
  • 1997 – Aslan Masxadov Chechenistondagi prezidentlik saylovlarida 65% ovoz bilan g’olib bo’ldi.
  • 2018 – Nepal Federativ Demokratik Republikasi va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi.
  • 2001 – G’arbiy Hindistonda yuz bergan kuchli zilzila kamida 10 ming kishini hayotdan olib ketdi.
  • 2004 – Afg’oniston Konstitutsiyasi Prezident Hamid Karzay tomonidan rasman imzolandi.
  • 2005 – AQSh harbiy-havo kuchlari vertolyoti Iroqning Rutba shahri yaqinida qulab tushdi va 31 dengiz piyodasi halok bo’ldi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1714 – Jan-Batist Pugal (1785) – fransuz haykaltaroshi
  • 1799 – Klapeyron Bernua Pol Emil (1864) – fransuz fizigi va muhandisi.
  • 1831 – Anton de Bari (1888) – nemis botaniki va mikrobiologi, mikologiya va fitopatologiya asoschisi.
  • 1846 – Makovskiy Vladimir (1920) – rus rassomi, rus rangtasvirida maishiy janrning yirik ustasi.
  • 1904 – Shon Makbrayd (1988) – irland siyosatchisi va jamoat arbobi, Nobel mukofoti sohibi (1974).
  • 1911 – Kush Polikarp (1993) – amerikalik fizik, Nobel mukofati laureati (1955).
  • 1914 – Fozil Amirov (1979) – topanatom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1971).
  • 1918 – Nikolaye Chaushesku (1989) – rumin davlat va siyosat arbobi, Ruminiya prezidenti.
  • 1921 – Yuriy Ozerov (2001) –  kinorejissyor, SSSR xalq artisti.
  • 1921 – Akio Morita (1999) – yaponiyalik tadbirkor, Sony kompaniyasining asoschisi.
  • 1944 – Anjela Devis – amerikalik inson huquqlari faoli, kommunistik faol, sotsiolog va yozuvchi.
  • 1961 – Ueyn Gretzki – kanadalik xokkeychi, 20-asrning eng taniqli sportchilaridan biri.
  • 1963 – Joze Mourino – portugaliyalik futbolchi, futbol murabbiyi, ko’plab sovrinlarni qo’lga kiritgan.
  • 1967 – Koul Nidxem – IMDb asoschilaridan biri va bosh direktori.
  • 1971 – Aygün Kazımova -ozarbayjon qoʻshiqchisi.
  • 1977 – Vinsent Lamar Karter – amerikalik basketbolchi, olimpiya chempioni.
  • 1990 – Serxio Peres – meksikalik poygachi, Formula 1 haydovchisi.